BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.12K subscribers
21.3K photos
1.81K videos
8 files
6.98K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#ob_havo

⛅️ Ertaga, 21-may kuni Bo'ka tumanida kutilayotgan ob-havo ma'lumoti. (Quyoshli)

🌔 Quyosh chiqishi: 05:01
🌘 Quyosh botishi: 19:40


✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallada_hisobot
#Bunyodkor_mahallasi

Bo‘ka tumanining "Bunyodkor" mahallasida bugungi kunda 1188 ta xonadonlar, 1348 ta oilalar mavjud bo‘lib, unda 4452 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda.

🔺 “Mahalla yettiligi” vakillari aholi murojaatlari, muammolarini hal etishda hamjihatlikda ish olib borishayapti.

🔸 Bugun ularning har biri fuqarolar yig‘ini Kengashi vakillari oldida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berishdi. Tadbirda mahalla faollari tomonidan kelib tushgan talab va takliflar ham o‘rganilib, kelgusi oydagi rejalar sarhisob qilindi.

Jarayonlar videolavhada

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Abdurasul Abdullayev boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.

Bugun viloyat hokimligida Zoyir Mirzayev Abdurasul Abdullayev bilan samimiy xayrlashib, kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Erkin Madorbekovich Muhiddinov Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Erkin Muhiddinov bunga qadar Ohangaron tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhokama
#hokimlik_soati

Dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" o'tkazildi.


🔹 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida bugungi kunning eng dolzarb masalalari muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" bo'lib o'tdi.

💠 Tuman hokimi B.Begmatov raisligida o'tkazilgan "Hokimlik soati"da hokim o'rinbosarlari, hokimlik xodimlari, tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari, maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

🔹 Kun tartibiga asosan
🔸 Byudjet tushumlarining may oyiga belgilangan prognoz ko'rsatkichlari bajarilishi;
🔸 Bandlik dasturi 5 oylik rejasi bajarilishining borishi;
🔸 Mehnat migratsiyasi bo'yicha ishlarni tashkil qilish va xatlovdan o'tkazish;
🔸 Obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, "Bo'ka - Bekobod" yo'nalishi bo'yicha avtomagistral yo'l atroflarini obodonlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔸 Pilla xom-ashyosini yetishtirish holati;
🔸 Umumta'lim maktablarida so'ngi qo'ng'iroq tadbirlarini o'tkazishga tayyorgarlik ko’rish;
🔸 Ijro intizomi kabi masalalar yuzasidan mas'ullarning axboroti tinglandi.

💠 Yig'ilish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soha

Tuman hokimining o'rinbosari tomonidan ijtimoiy soha obyektlarida o'rganish ishlari davom ettirilmoqda.


🔺 Bo'ka tumani hokimining o'rinbosari Odil Djo'rayev tumandagi ijtimoiy soha obyektlari, jumladan umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, madaniyat markazlari va tibbiyot maskanlarida bo'lib, o'z yo'nalishlari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.

🔹 O'rganish davomida 10- va 11-Maktabgacha ta'lim muassasalarida bo'lib, oziq-ovqat mahsulotlari sifati, bolalar taomnomalari, obodonlashtirish holati kabi masalalar ko'rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat!

Prezident maktablariga hujjatlar qabuli 1-iyundan boshlanadi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024-2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Talabgorning:

➡️ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➡️ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➡️ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➡️ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Diqqat: Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (aʼlo) boʻlishi lozim.

Eslatib oʻtamiz, Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bandlik

Probatsiya nazoratidagi fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.


🇺🇿 Bo’ka tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turib jazo o’tayotgan nazorat ostidagi fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi bilan hamkorlikda tuman hududida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar hamda Toshkent shahrida joylashgan Artel korxonasidagi mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan tanishtirishdi.

🔸 Yarmarka davomida 6 nafar fuqaroga o'zlariga ma’qul bo’lgan hamda mutaxassisligiga to’g’ri keladigan bo’sh ish o’rinlariga ishga joylashish uchun yo’llanmalar rasmiylashtirildi, 2 nafar mahkumlar ishga joylashtirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM