BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.16K subscribers
19.2K photos
1.63K videos
6 files
6.25K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#hokimlik_soati

Muhim masalalar muhokamasiga bag'ishlangan navbatdagi "Hokimlik soati" o'tkazildi.

🟢 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida joriy haftadagi vazifalarni belgilab olish hamda muhim masalalar muhokamasiga bag'ishlangan navbatdagi "Hokimlik soati" o'tkazildi.

🔺 Hokim o'rinbosarlari, hokimlik xodimlari, korxona-tashkilot rahbarlari va "mahalla yettiligi" ishtirokida o'tgan mazkur yig'ilishda
🔸 Byudjet tushumlarining may oyiga belgilangan prognoz ko'rsatkichlari bajarilishi;
🔸 Bandlik dasturi 1- va 2-chorak rejasi bajarilishining borishi;
🔸 Aholini daromadli qilish bo'yicha Sayxunobod tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar holati;
🔸 Mehnat migratsiyasi bo'yicha ishlarni tashkil qilish va xatlovdan o'tkazish;
🔸 Obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, ""Bo'ka - Bekobod" yo'nalishi bo'yicha avtomagistral yo'l atroflarini obodonlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati;
🔸 Pilla xom-ashyosini yetishtirish holati;
🔸 Ijro intizomi kabi masalalar muhokama qilindi.

🔸 Tuman hokimi tomonidan mazkur yo'nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar tanqid qilinib, mas'ullarga kamchiliklarni bartaraf etish topshirig‘i berildi va belgilangan vazifalar bajarilmagan taqdirda qat'iy choralar ko'rilishi to'g'risida ogohlantirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#pillachilik

Bo'kada pilla topshirish boshlandi.


🟢 Bo'ka tumani “kumush” tola ijodkorlari bugundan yilning birinchi mahsuloti – pilla xomashyosini topshirishga kirishdi.

🔸 Joriy qishloq xo‘jaligi mavsumida tumanda tarqatilgan 3 ming 636 quti ipak qurtidan davlatga 215 tonna qimmatbaho xomashyo yetkazib berishni rejalashtirgan.

🔺 Tumanning barcha hududlarida ilg‘or pillakorlar ipak qurtini parvarish qilishdagi barcha zarur agrotexnik tadbirlariga amal qilib, o‘z peshona terlari evaziga yetishtirgan “kumush” tolani “Tashkent Silk Pro” MChJ qabul punktiga topshirishni boshlab yuborishdi.

🔸 Tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida sektor rahbarlari, nuroniylar va qishloq xo’jaligi tashkilotlari vakillari ishtirokida pilla qabul qilish oldidan ehson dasturxoni yozildi. Mutasaddilar tomonidan ilg‘or pillakorlar mehnati yuqori baholandi va ularga samimiy minnatdorchilik bildirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq

Bo'ka tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlariga zamonaviy planshetlar topshirildi.


🟢 Bo'ka tumani Davlat soliq inspeksiyasi binosida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida tumandagi 44 ta mahallalarga biriktirilgan 20 nafar soliq inspeksiyasi xodimlariga soliq xizmatlarini ko'rsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla byudjetining daromadlarini shakllantirish vazifalarini bajarishlari uchun 20 dona zamonaviy planshetlar topshirildi.

🔹 Tuman hokimi tomonidan har bir xodim o'ziga bildirilgan ishonch va yaratib berilayotgan imkoniyatlardan foydalangan holda o'z vazifasini sidqidildan bajarishlari, soliqlarni undirishda namuna bo'lishlari, fuqarolar orasida soliq to'lash madaniyatini shakllantirishda ham o'zlarining hissalarini qo'shishlari lozimligi ta'kidlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM