BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.14K subscribers
19.3K photos
1.64K videos
6 files
6.28K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#hokimlik_soati

Hokimlik soati: Bugungi kunning muhim masalalari muhokama qilindi
.

🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida joriy haftadagi vazifalarni belgilab olish hamda muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi "Hokimlik soati" o'tkazildi.

🔸 Sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, hokimlik apparat xodimlari, korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari ishtirokida o'tgan mazkur yig'ilishda
🔸 Byudjet tushumlari va bandlik dasturi rejalarining bajarilishi;
🔸 Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, issiqxonalar tashkil qilish va baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik kabi yo'nalishlarni rivojlantirish;
🔸 Obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi;
🔸 “Ramazon hayiti” bayramini munosib kutib olish;
🔸 2024-yil pilla hosili uchun ipak qurti boqish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil qilish;
🔸 Hududlarda o‘tkazilgan qabullardagi murojaatlar va mas’ullarga berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.

🔹 Yig'ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi. Tuman hokimi tomonidan mazkur yo'nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mas'ullarga ishlarni tashkillashtirish bo'yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maktab

Maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, davomat va obodonlashtirish holati o’rganilmoqda.


🔺 Tuman IIB boshlig'i J.Manazarov mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birga 3-sektor hududidagi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida bo’lib, maktabdagi taʼlim-tarbiya jarayoni va o’quvchilar davomatini ko'zdan kechirdi.  

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2024-yil 1-mavsumi yakuni boʻyicha Bo'ka tumanida eng ko'p ovoz koʻp toʻplagan 11 ta loyiha gʻolib deb topildi.

🔹 “Navobod” MFY hududidagi 55-umumiy o'rta ta'lim maktabiga 6092 ta ovoz bilan 1 mlrd. 360 mln. so‘mlik zamonaviy mini-stadion qurish.

🔹 “Moytepa” MFY dagi "Moytepa" hamda "O'zbekiston" ko‘chalariga 5539 ta ovoz bilan 1 mlrd. 360 mln. so‘mlik 2,9 km asfalt qoplamasi yotqizish.

🔹 “Xo'jaqo'rg'on” MFY dagi "Qatortol" hamda "Boyto'pi" ko'chalariga 5162 ta ovoz bilan 1 mlrd. 360 mln. so‘mlik 2,9 km asfalt qoplamasi yotqizish.

🔹 “Ezgulik" MFY dagi "Qorasuv" koʻchasiga 4773 ta ovoz bilan 1 mlrd. 360 mln. so‘mlik 2,9 km asfalt qoplamasi yotqizish.

🔹 “Yangiobod" MFY dagi "Uchtepa" hamda "Bodomzor" koʻchalariga 4602 ta ovoz bilan 1 mlrd. 360 mln. so‘mlik 2,9 km asfalt qoplamasi yotqizish.

🔹 “Bo'ston” MFY hududidagi 39-umumiy o'rta ta'lim maktabiga 4591 ta ovoz bilan 1 mlrd. 360 mln. so‘mlik mini-stadion va basketbol maydonchasi qurish.

🔹 “Yangiobod" MFY dagi "Sog'lom avlod" hamda "Yangiobod" koʻchalariga 4566 ta ovoz bilan 1 mlrd. 360 mln. so‘mlik 2,9 km asfalt qoplamasi yotqizish.

🔹 “Ravot" MFY dagi "Guliston", "Eshtoybobo", "Mustaqillik", "Hurriyat-1", "Hurriyat-2", "Bog'-1" hamda "Bog'-2" koʻchalariga 4315 ta ovoz bilan 1 mlrd. 360 mln. so‘mlik 2,9 km asfalt qoplamasi yotqizish.

🔹 “Moytepa” MFY hududidagi 49-umumiy o'rta ta'lim maktabiga 4305 ta ovoz bilan 862 mln. 930 ming so‘mlik modiy texnik bazasini yaxshilash.

🔹 “Istiqlol" MFY dagi "Porloq", "Do'stlik", "Shodlik", "Buyuk ipak yo'li" hamda "Madaniyat" koʻchalariga 3767 ta ovoz bilan 1 mlrd. 360 mln. so‘mlik 2,9 km asfalt qoplamasi yotqizish.

🔹 “Yangiqo'rg'on" MFY dagi "Istiqlol-2", "Zarafshon", "Davlatovul" hamda "Yoshlik" koʻchalariga 3313 ta ovoz bilan 1 mlrd. 360 mln. so‘mlik 2,9 km asfalt qoplamasi yotqizish.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#issiqxona_faoliyati

"Oltish"da qulupnay pishdi.


🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov "Oltish" mahallasida yashovchi Ulug'bek Dexqonboyev xonadonida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi.

🔹 Fuqaro U.Dexqonboyev dastlab biogomus ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi "Best Biogomus" korxonasi faoliyatini yo'lga qo'yib, faoliyati davomida 50 nafardan ziyod shogirdlariga biogomus ishlab chiqarishni o’rgatdi. Ushbu tadbirkor yiliga 100 tonnagacha biogomus ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan.

🍓 Shuningdek, tomorqasidagi 3 sotix yer maydonida issiqxona tashkil qildi. Bugungi kunda ushbu issiqxonada tomchilatib sug'orish usulida 5000 tup qulupnay ko'chatlari ekilgan bo’lib, dastlabki hosilni yig'ib olish ishlari boshlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra ushbu 3 sotixlik issiqxonada o'rtacha 1 tonna qulupnay yetishtirish va 60-70 mln. so'mgacha daromad olish rejalashtirilmoqda.

🔻 Tuman hokimi tomonidan aholi xonadonlarida tomorqachilikni rivojlantirish, bu orqali ichki bozorni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash imkoniyatlarini ham ko'rib chiqish lozimligi ta'kidlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#iftorlik

Tuman faollari va nuroniylar uchun iftorlik dasturxoni tashkil qilindi.


🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida Nuroniylar va ma'naviyat maskanida ilgari tumanda turli rahbar lavozimlarida faoliyat yuritgan nuroniylar ishtirokida iftorlik dasturxoni yozildi.

🔸 Fayzli dasturxon atrofida kechgan suhbat jarayonida tuman imom xatibi boshchiligida Ramazon oyining fazilatlari haqida soʻz yuritildi. Yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik tilab, paxtachilik, g’allachilik, chorvachilik, meva-sabzavotchilik yo’nalishlarida faoliyat yuritib kelayotgan barcha dehqonlarimizga joriy yil yuqori hosil olishlari, nafaqat tuman, balki viloyat ravnaqi uchun munosib hissa qo’shishlarini tilab duolar qilindi.

🔺 Faxriylar bilan o'tgan qizg'in suhbat jarayonida sektor rahbarlari, nuroniylar kengashi va hokim o'rinbosarlari ham ishtirok etishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM