#fvb
Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.
🔺 Bo‘ka tumani hokimi - Toshqinga qarshi tuman komissiyasi raisining 2024-yil 19-martdagi "Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalarini xavfini kamaytirish" bo‘yicha tuman komissiyasi majlisining 1-son bayoni ijrosini ta’minlash hamda Respublikamizda 15-martdan 15-aprelga qadar “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va Fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.
🔸 Jumladan, tadbirlar doirasida tuman markazidagi Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida targ'ibot tadbiri o'tkazilib, zilzila, sel-suv toshqini, botulizm, zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanishlari bo‘yicha jamlangan video roliklarnamoyish etildi.
🔹 Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhokama
Tuman hokimi raisligida hafta davomida amalga oshiriladigan muhim masalalar muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" yig'ilishi o'tkazildi
🔺 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida Bo'ka tumani hokimi B.Begmatov raisligida o'tgan haftada amalga oshirilgan ishlar va hafta davomida bajariladigan tadbirlar muhokamasiga bag'ishlangan hokimlik soati yig'ilishi o'tkazildi.
🔸 Sektorlar, hokim o'rinbosarlari, hokimlik apparat xodimlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari ishtirok etgan mazkur yig'ilishda
🔹 Tumanda aholi tomorqalari, dehqon xo'jaligi yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etishda "mahalla yettiligi" tomonidan olib borilgan ishlar;
🔹 Bandlik dasturining 1-chorak ijrosi bajarilishini tanqidiy ko’rib chiqish;
🔹 Mahalliy byudjet tushumlari 1-chorak ijrosi, jumladan mart oyiga belgilangan prognoz ko'rsatkichlarining bajarilishi;
🔹 "Bo'ka-Bekobod" yo'nalishi bo'yicha avtomagistral yo'l atrofini obodonlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 Pilla hosili uchun ipak qurti boqish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil qilish va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.
🔸 Yig'ilish davomida reglamentga rioya qilmagan korxona-tashkilot rahbarlari va mahalla vakillariga tanbeh berildi.
🔹 Shuningdek, korxona-tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning mavjud soliq qarzdorliklarini undirishda jonbozlik ko’rsatgan Obodonlashtirish boshqarmasi, Irrigatsiya va MMT bo'limi boshliqlari qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.
🔹 Bandlik dasturi rejasi bajarilshida sustkashlikka yo'l qo'yganliklari tufayli qator mas'ullarga xayfsan intizomiy jazosi qo'llanildi.
🔺 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish, ko‘rilgan masalalar ijrosini ta'minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Tuman hokimi raisligida hafta davomida amalga oshiriladigan muhim masalalar muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" yig'ilishi o'tkazildi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#agrar_soha
Bo'kada 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish ishlariga qizg‘in kirishildi.
🔸 Bugun "Do'stlik" hududidagi "APK Bo'ka" MChJ dala maydonida tuman hokimi B.Begmatov, sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi masʼullari, fermerlar, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari rahbarlari hamda nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmali amaliy seminarda mavsum oldidan agrotexnik chora-tadbirlar belgilab olindi.
🔹 Dastlab jonliq so‘yilib, dehqonlarning ishiga unum, el dasturxoniga to‘kinlik, yurtimizga tinchlik tilab, duolar qilindi.
🔸 Joriy yilda tumanda jami 11 ming 900 gektar maydonga chigit ekilib, sanoat uchun qimmatbaho xomashyo yetishtirish maqsad qilingan.
🔹 Seminarda soha mutaxassislari tomonidan chigitni qisqa muddatlarda sifatli ekib, 10-aprelga qadar yakunlash hamda undirib olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
🇹🇷 Shuningdek, seminarda Turkiyalik mutaxassislar tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, tomchilatib sug'orish va g'allani parvarishlashda kimyoviy o'g'itlarni qo'llash kabi mavzularda muhim ma'lumotlar berildi.
🔹 Mas'ullar tomonidan bugungi kunda kuzatilayotgan suv tanqisligi muammosidan kelib chiqqan holda ilg'or suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va shu orqali sug'orishni tashkil qilish bo'yicha topshiriq berildi.
🔸 Seminar doirasida yuqori hosildor chigit va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, kimyoviy o‘g‘itlar namunalari, texnikalardan iborat qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Bo'kada 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish ishlariga qizg‘in kirishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM