BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.16K subscribers
19K photos
1.61K videos
6 files
6.17K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#muhokama

Topshiriq ijrosini ta'minlashga kirishildi.


🔺 Maʼlumki, Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 6-mart kuni Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish chora-tadbirlari yuzasidan o’tkazilgan yig‘ilishda bir qator topshiriqlar belgilab berildi.

🔺 Bo’ka tumanida ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlashga kirishildi.

🔸 Unda 4 ta sektor kesimida hududning 44 ta mahallasida mavjud imkoniyatlar va muhitga mos ravishda  “o‘sish nuqtasi”ni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔸 Bo’ka tumani hokimi - 1-sektor rahbari B.Begmatov, tuman prokurori B.Yuldashev, IIB boshlig‘i - 3-sektor rahbari J.Manazarov, DSI boshlig‘i - 4-sektor rahbari Sh.Xazratovlar sektorlar kesimida mahallalar raislari, hokim yordamchilari va ishchi guruh aʼzolari bilan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida har bir mahallani o‘rganish va uning “o‘sish nuqtasi”ni aniqlash bo‘yicha bajariladigan ishlarni muhokama qildilar.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimlik_soati

Hokimlik soati: Hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab olish maqsadida yig'ilish o'tkazildi.


🔹 Bugun tuman hokimligi katta majlsilar zalida hokimning birinchi o'rinbosari M.Saydullayev boshchiligida topshiriqlar ijrosi, bandlik dasturi va byudjet tushumlarining bajarilishi, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, 16-18 mart kunlari o'tkazilishi belgilangan umumxalq xayriya hasharini tashkil qilish va uyushqoqlikda o'tkazish, qabristonlarda hasharlar tashkil etish, ijtimoiy nafaqalar hamda hududlarda o‘tkazilgan qabullardagi masalalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

🔹 Sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, hokimlik xodimlari, tegishli korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari ishtirokida o'tgan mazkur yig'ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglanib, hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim vazifalar belgilab berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

🔺 Elektr ta'minotida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida ertaga, 12-mart kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha

⚡️ "Yangixayot"
⚡️ "Yangibog'"
⚡️ "Ramadon"
⚡️ "Shodlik"
⚡️ "Kiyikchi"

mahallalaridagi ayrim ko’chalarda elektr ta'minotida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi. Ta'mirlash ishlari yakunlangach elektr ta'minoti qayta tiklanishini ma'lum qilamiz.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!

Bo'ka tuman elektr ta'minoti korxonasi

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ramazon

🔹 Bo'ka tumanida Muqaddas Ramazon oyini ko’tarinki ruhda o’tkazish, mahlallalardagi jome masjidlarda namozxonlarning taroveh namozini emin-erkin ado etishlari uchun harakat xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash bo’yicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tuman hokimi B.Begmatov, IIB boshlig'i J.Manazarov va tuman hokimi o'rinbosari O.Djo'rayev boshchiligida vazifalar belgilab berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM