#probatsiya
Bir guruh shaxslarga insonparvarlik dalolatnomalari qo’lanildi.
🔺 Jinoyat ishlari bo’yicha Bo‘ka tuman sudi raisi Sh.Abduqodirov tomonidan Probatsiya nazorati ostida turuvchi 19 nafar shaxslarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar ma’zmunan ko’rib chiqildi.
🔸 Avval sodir etgan jinoyatidan o’ziga tegishli xulosa chiqarib, jazo o’tash tartib qoidalariga amal qilgan va tuzalish yo’liga o’tgan 19 nafar nazorat ostidagi shaxslar O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan o’talmay qolgan jazolaridan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.
🔹 Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi «Oʻzbekiston - 2030» strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-sonli Farmoni va shu Farmonining ijrosini ta'minlash boʻyicha PQ-300-sonli qarori mazmun-mohiyati, hududlarda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni holati va oldini olish chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va oiladagi maishiy zoʻravonlik uchun javobgarlik, “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat-prosessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 27.09.2023 yildagi OʻRQ-869-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi va tumanda koʻp sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha suhbat oʻtkazildi, ularning shu mavzudagi savollariga javob berildi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Bir guruh shaxslarga insonparvarlik dalolatnomalari qo’lanildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muloqot
Tuman hokimi tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.
🔸 Bugun tuman hokimi B.Begmatov tumanda joylashgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari va mas’ul mutasaddilari bilan uchrashdi.
🔺 Hokimning tegishli o'rinbosarlari, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari, muassasa rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirokida o'tgan mazkur uchrashuvda sohada yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar va mavjud muammolar tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, muassasa rahbarlari bolalarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishlarini nazorat qilishlari, tashkilot hududini obodonlashtirishlari ishlarini olib borishlari, ta’lim-tarbiya sifatiga alohida e’tibor qaratishlari lozimligi, tajribali, namunali rahbarlarni nisbatan og’ir holatdagi tashkilotlar rahbarligiga almashtirish (rotatsiya qilish) masalasini ko’rib chiqish bo’yicha alohida topshiriq berildi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O.Djo'rayev tomonidan nazorat tadbirlari olib borilishi, o'z navbatida bu ishlar shaxsan tuman hokimi tomonidan nazorat qilib borilishi aytib o'tildi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Tuman hokimi tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
2024-yil hosili uchun yaratilgan urug'lik chigit zahiralari ko'zdan kechirilmoqda.
🔻 O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazriligi huzuridagi Aggrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Bo'ka tumani bo'limi xodimlari tomonidan 2024-yil hosili uchun chigitlik urug'lar zahirasi va sifati ko'zdan kechirilmoqda.
🔺 Nazorat jarayonida urug'lik chigitning seleksion navlari, yaratilgan zahira holati va urug'lar sifati ko'zdan kechirilmoqda.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
2024-yil hosili uchun yaratilgan urug'lik chigit zahiralari ko'zdan kechirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish
🔺 Tuman hokimi tomonidan har haftaning seshanba kunlari tuman hokimligida o'tkaziladigan fuqarolar qabuli endilikda haftaning shanba kunlari o'tkaziladi.
🔺 2-mart kuni "Qoraqo'yli" mahalla fuqarolar yig'inida mahalla fuqarolari uchun tuman hokimining sayyor qabuli bo'lib o'tadi.
🔸 Haftaning shanba kunlari har bir mahalla binosida mahalla yettiligining fuqarolar qabulini o'tkazish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
🔹 Shuningdek, tuman hokimining qabullari har bir mahalla fuqarolar yig'inlari hududida har hafta grafik asosida o'tkazilishini ma'lum qilamiz.
🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maktab
Maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, davomat va obodonlashtirish holati o’rganilmoqda.
🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida hokim o’rinbosari O.Djo’rayev va mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 29 va 51-umumiy oʻrta taʼlim maktabida bo’lib, maktabdagi taʼlim-tarbiya jarayoni va o’quvchilar davomati o’rganildi.
🔺 O’rganish davomida maktabdagi dars mashgʻulotlari bilan tanishib, oʻquvchilar davomatini qatʼiy nazorat qilish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli sport musobaqalarini oʻtkazish, shuningdek maktab hududida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish kerakligi boʻyicha maktab masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, davomat va obodonlashtirish holati o’rganilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM