BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.16K subscribers
19.2K photos
1.63K videos
6 files
6.25K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Jarayon

Ko'p qavatli uylarda yuzaga kelgan muammo bartaraf etildi.


💧 Bo'ka tuman suv ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan "Yangibog'" mahallasida joylashgan ko'p qavatli uy oqava suv quvurida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.

🔸 Ayni vaqtda muammo to'liq bartaraf etilgan.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

🔺 Ertaga, 27-fevral kuni soat 9:00 da tuman hokimi tashabbusi bilan “TNA AGROINVEST” korxonasi hamkorligida tadbirkor, savdo va boshqaruv bo’yicha mutaxassis, Sales Doctor, RoboKidz va Milliard klubi asoschisi Alisher Isayev ishtirokida “Xodimlarni boshqarishda KPI ni qo’llash” mavzusida seminar-trening o’tkaziladi.

🔸 Ushbu seminarda tadbirkorlar, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan fuqarolar, boshqaruv organlari rahbarlari va barcha qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

📍 Manzil: 19-son Bolalar musiqa va san’at maktabi

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоғанни қутлуғ 70 ёшга тўлгани билан дилдан қутлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев сердечно поздравил Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана с 70-летним юбилеем.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#muhokama
#hokimlik_soati

Dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" yig'ilishi o'tkazildi.


🔹 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida bugungi kunning eng dolzarb masalalari muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" yig'ilishi bo'lib o'tdi.

💠 Tuman hokimi Baxtiyor Begmatov raisligida o'tkazilgan "Hokimlik soati"da sektor rahbarlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, hokimlik apparat xodimlari, tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

🔹 Kun tartibiga asosan byudjet tushumlari, ijro intizomi, ijtimoiy nafaqalar uchun olinadigan arizalar bilan ishlash, shuningdek yoshlarga yer ajratish, muddatli xarbiy xizmatga borishga talabgorlar bilan ishlash hamda "8-Mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayramini ko'tarinki ruhda o'tkazish kabi masalalar yuzasidan mas'ullarning axboroti tinglandi.

🔺 Shuningdek, ushbu yo'nalishlarda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlashda mas'ullar tomonidan sustkashlikka yo'l qo'yilayotganligi tanqid qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook  🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar

Yoshlar bilan ishlashda amalga oshiriladigan aniq yo’nalishlar belgilab olindi.


🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Sh.Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 12-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi belgilangan vazifalardan kelib chiqib, huquq-tartibot va mudofaa organlariga respublika miqyosida 4 million yoshlarni biriktirib, ularni otaliqqa olish tizimi joriy etildi.

🔺 Bugun ushbu yig’ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, yoshlar bilan tizimli ishlash amaliyotini yo’lga qo’yish maqsadida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida yig’ilish o’tkazildi.

🔺 Sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, mas’ul korxona-tashkilotlar rahbarlari va yoshlar yetakchilari ishtirokida o’tgan mazkur yig’ilishda otaliqqa olinadigan yoshlar quyidagi 7 ta toifaga ajratilib, ular bilan manzilli tadbirlar amalga oshirilishi belgilab olindi:
1. Alohida eʼtiborga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar;
2. Jinoyatga moyil yoshlar (Hukumatning 468-son qarori / Qo‘qon tajribasi);
3. Ishsiz yoshlar;
4. Tashqi migratsiyadagi yoshlar;
5. Oliy taʼlim muassasalari talabalari;
6. Professional taʼlim muassasalari o‘quvchilari;
7. Maktab o‘quvchilari (9, 10, 11-sinf).

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

"Jag'albayli" mahallasi aholisi uchun sayyor qabul tashkil qilindi.

🔸 Bugun Bo'ka tumani hokimi B.Begmatov va Xalq qabulxonasi mudiri Z.Rahmonqulov boshchiligida hamkor tashkilotlar ishtirokida 1-sektor hududidagi "Jag'albayli" mahallasida fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi.

🔺 Qabulda jami 11 nafar fuqarolar ishtirok etib, ular tomonidan sud, ichki ishlar tizimi, moddiy yordam va tadbirkorlik masalalari bilan bog'liq 14 ta murojaatlar kelib tushdi.

💠 Murojaatlar asosida nazorat reja ishlab chiqildi va ijroga yo'naltirilib, natijasi bo'yicha murojaatchilarga ma'lum qilinishi tushuntirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM