BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.17K subscribers
19.8K photos
1.69K videos
7 files
6.46K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида қишлоқ хўжалигида ишга солинмаган янги захираларни сафарбар этиш чора-тадбирлари муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам задействования новых резервов в сельском хозяйстве.

#Mirziyoyev #videoselektor #qishloqxujaligi #oziqovqat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#hokimlik_soati

Hokimlik soati: Hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab olish maqsadida yig'ilish o'tkazildi.


🔹 Bugun tuman hokimligi katta majlsilar zalida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida topshiriqlar ijrosi, bandlik dasturi va byudjet tushumlarining bajarilishi, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, qabristonlarda hasharlar tashkil etish, ijtimoiy nafaqalar hamda hududlarda o‘tkazilgan qabullardagi masalalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

🔹 Tuman prokurori B.Yuldashev, IIB boshlig'i J.Manazarov, DSI boshlig'i Sh.Xazratov, hokim o'rinbosarlari, hokimlik xodimlari, tegishli korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari ishtirokida o'tgan mazkur yig'ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi.

🔸 Shuningdek, faoliyati davomida kamchiliklarga yo'l qo'yayotgan korxona-tashkilot rahbarlari, mahallalar raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari qat'iy ogohlantirilib, o'zlariga ishonib topshirilgan vazifalarni vijdonan bajarishlari lozimligi ta'kidlandi. O'z navbatida tegishli hokim o'rinbosarlari tomonidan o'zlarining yo'nalishlari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ustidan yetarlicha nazorat o'rnatilmaganligi tanqid qilindi.

🔹 Yig'ilish yakunida tuman hokimi tomonidan ma'naviy muhitni yaxshilash, tinchlikni qadriga yetish, uni saqlash hushyorlik va ogohlikni talab qilishi, bugungi kunda tinchlikni ta’minlash faqat davlatning vakolatli idoralari vazifasi degan noto‘g‘ri tushunchalardan voz kechib, yig’ilishda ishtirok etayotgan har bir rahbar tuman taqdiri uchun astoydil vijdonan mehnat qilib, shaxsiy namuna bo'lishi lozimligi aytib o'tildi va mavzuga doir videoroliklar namoyish etildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Qishloq xo'jaligida agrotexnik tadbirlar va irrigatsiya tizimlarini betonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.


🔺 Ayni kunlarda tuman hokimi B.Begmatov va sektor rahbarlari nazorati ostida har bir hududda tegishli hokim o'rinbosarlari hamda qishloq xo'jaligi tashkilotlari boshchiligida agrotexnik tadbirlar uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

🔸 Bo'ka tumani bo'ylab agrar sohadagi ishlarni jadallik bilan amalga oshirish, ariq-zovurlarni tozalash, irrigatsiya tizimlarini betonlashtirish, shuningdek g'allani biosimulyator sepish orqali oziqlantirish kabi tadbirlarning o'z vaqtida bajarilishi yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, tumanda faoliyat yuritib kelayotgan paxta-g'allachilik, bog'dorchilik va meva-sabzavotchilik yo'nalishlaridagi barcha fermer xo'jaliklari tomonidan bugungi islohotlar va ko'zlangan maqsadni to'g'ri tushungan holda zarur agrotexnik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔸 Bu esa o'z navbatida kelgusida mo'l hosildorlikka erishish bilan bir qatorda bu orqali oziq-ovqat xavfsizligini ham ta'minlashga zamin yaratadi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy videomaterialga Bo'ka tumani hokimligining rasmiy munosabati

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Bo'ka tumani hokimligi tomonidan ehtiyojmand oilalar foydalanishlari uchun umuman ishlamaydigan quyosh panellari qo'yib ketilganligi, bu ishlar shunchaki ko'zbo'yamachilik va "rasmga tushish" uchun amalga oshirilganligi qayd etilgan material e'lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi PF-220-sonli farmoni asosida Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayevning farmoyishi imzolangan. Unga ko'ra viloyat mahalliy byudjeti hisobidan "Temir daftar"larga kiritilgan ehtiyojmand oilalarni qayta tiklanuvchi energiya manbaalari bilan ta'minlash maqsadida quyosh panellarini o'rnatish ishlari boshlangan.

Belgilangan tartibda (ro'yhat asosida) xonadonlarga 1 kV quvvatga ega quyosh panellari o'rnatilgan va soz holatda foydalanishga topshirilgan. (Panellar o'rnatilgan vaqtda video mualliflari tomonidan ham lavhalar tayyorlangan) Biroq ushbu xonadon egalariga panellardan foydalanish tartibi tushuntirilishiga qaramasdan, ehtiyotsizlik oqibatida elektr energiyasi va quyosh paneli bir vaqtda ulanib, qisqa tutashuv natijasida nosoz holatga kelib qolgan. Ayni vaqtda ularni ta'mirlash choralari ko'rilmoqda.

Video mualliflari va panellar o'rnatilgan xonadon egalarining o'zaro suhbatlari davomida xonadon egalari tomonidan panellar o'zlarining ehtiyotsizliklari natijasida ishlamayotganligi bo'yicha aniq holat aytib o'tilgan. (Videoasoslar mavjud) Biroq videomaterial uning mualliflari tomonidan noholislik bilan aniq holatni noto'g'ri talqin qilib tayyorlangan.

Shu o'rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va kanallar mualliflaridan asossiz va tasdiqlanmagan ma'lumotlarni tarqatmasliklarini, bu kabi yolg'on ma'lumotlar tufayli davlat organlarini obro'sizlantirish va fuqarolarda davlatga nisbatan ishonchsizlik uyg'otishga sabab bo'lib qolmasliklarini so'rab qolamiz.

Bo'ka tumani hokimligi Axborot xizmati

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Қишлоқ хўжалигида янги захираларни ишга солиш ҳамда 2024 йилги устувор вазифалар юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|X