BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.12K subscribers
21.3K photos
1.81K videos
8 files
6.98K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
Аҳолига бўлиб берилган ер майдонлари ҳамда томорқа ерларига саноат ва кооперацияни кенг олиб кириб, қўшимча 1 миллиард долларлик маҳсулот етиштириш мумкинлиги қайд этилди.

Бунинг учун 1 триллион сўм кредит учун ресурс ажратилади. Ушбу кредитлар кооперация асосида маҳсулот етиштириш, техника, айланма маблағ учун 100 миллион сўмгача гаровсиз, 150 миллион сўмгача гаров таъминоти 50 фоизга пасайтирилган ҳолда берилади.

Шунингдек, жами 10 мингта техника фермер ва деҳқонларга 10 йил муддатга 3 йил имтиёзли давр билан лизингга берилади. Четдан олиб келиниб, лизингга бериладиган мотокультиватор ва минитракторларга божхона имтиёзи 3 йилга узайтирилади.

Facebook|Instagram|X
Йиғилишда 25 турдаги талаб энг юқори бўлган озиқ-овқат маҳсулотларни мамлакатимизда ишлаб чиқаришни ташкиллаштириш муҳимлиги таъкидланди. Бу бўйича 7 триллион сўмлик 342 та лойиҳа ишлаб чиқилган.

Келгуси икки йилда 5 та халқаро брендни жалб қилиб, ишлаб чиқаришни йўлга қўйиш топширилди.

Шунингдек, Жаҳон банкидан жалб қилинган маблағлар ҳисобидан янги лойиҳалар учун 10 йил муддатга, айланма маблағ учун 2 йилга миллий валютада 18 фоиздан кредит ажратилади.

Машҳур брендлар буюртмаларини бизнинг корхоналарга жойлаштириш билан шуғулланадиган сорсинг компанияларни жалб қилиш харажатининг 50 фоизи қопланади. Бунда, ҳар бир брендга 500 миллион сўмгача субсидия берилади.

Facebook|Instagram|X
Forwarded from Sport vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning sport musobaqalarida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi

Mart oyidan boshlanadigan sport musobaqalarida ishtirok etish uchun hoziroq 5tashabbus.uz saytidan ro’yxatdan o'ting.

Bu yilgi mavsumda Yengil atletika, Stol tennis, Workout, Mini futbol, Futbol, Armrestling, Voleybol, Stritbol, Kurash, Shashka, Shaxmat, Gimnastrada va Besh tashabbus paralimpiadasi musobaqalari o’tkaziladi.

Batafsil ma'lumotni 5tashabbus.uz saytidan olishingiz mumkin.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида қишлоқ хўжалигида ишга солинмаган янги захираларни сафарбар этиш чора-тадбирлари муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам задействования новых резервов в сельском хозяйстве.

#Mirziyoyev #videoselektor #qishloqxujaligi #oziqovqat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#hokimlik_soati

Hokimlik soati: Hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab olish maqsadida yig'ilish o'tkazildi.


🔹 Bugun tuman hokimligi katta majlsilar zalida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida topshiriqlar ijrosi, bandlik dasturi va byudjet tushumlarining bajarilishi, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, qabristonlarda hasharlar tashkil etish, ijtimoiy nafaqalar hamda hududlarda o‘tkazilgan qabullardagi masalalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

🔹 Tuman prokurori B.Yuldashev, IIB boshlig'i J.Manazarov, DSI boshlig'i Sh.Xazratov, hokim o'rinbosarlari, hokimlik xodimlari, tegishli korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari ishtirokida o'tgan mazkur yig'ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi.

🔸 Shuningdek, faoliyati davomida kamchiliklarga yo'l qo'yayotgan korxona-tashkilot rahbarlari, mahallalar raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari qat'iy ogohlantirilib, o'zlariga ishonib topshirilgan vazifalarni vijdonan bajarishlari lozimligi ta'kidlandi. O'z navbatida tegishli hokim o'rinbosarlari tomonidan o'zlarining yo'nalishlari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ustidan yetarlicha nazorat o'rnatilmaganligi tanqid qilindi.

🔹 Yig'ilish yakunida tuman hokimi tomonidan ma'naviy muhitni yaxshilash, tinchlikni qadriga yetish, uni saqlash hushyorlik va ogohlikni talab qilishi, bugungi kunda tinchlikni ta’minlash faqat davlatning vakolatli idoralari vazifasi degan noto‘g‘ri tushunchalardan voz kechib, yig’ilishda ishtirok etayotgan har bir rahbar tuman taqdiri uchun astoydil vijdonan mehnat qilib, shaxsiy namuna bo'lishi lozimligi aytib o'tildi va mavzuga doir videoroliklar namoyish etildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Qishloq xo'jaligida agrotexnik tadbirlar va irrigatsiya tizimlarini betonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.


🔺 Ayni kunlarda tuman hokimi B.Begmatov va sektor rahbarlari nazorati ostida har bir hududda tegishli hokim o'rinbosarlari hamda qishloq xo'jaligi tashkilotlari boshchiligida agrotexnik tadbirlar uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

🔸 Bo'ka tumani bo'ylab agrar sohadagi ishlarni jadallik bilan amalga oshirish, ariq-zovurlarni tozalash, irrigatsiya tizimlarini betonlashtirish, shuningdek g'allani biosimulyator sepish orqali oziqlantirish kabi tadbirlarning o'z vaqtida bajarilishi yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, tumanda faoliyat yuritib kelayotgan paxta-g'allachilik, bog'dorchilik va meva-sabzavotchilik yo'nalishlaridagi barcha fermer xo'jaliklari tomonidan bugungi islohotlar va ko'zlangan maqsadni to'g'ri tushungan holda zarur agrotexnik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔸 Bu esa o'z navbatida kelgusida mo'l hosildorlikka erishish bilan bir qatorda bu orqali oziq-ovqat xavfsizligini ham ta'minlashga zamin yaratadi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM