BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.18K subscribers
20.7K photos
1.74K videos
7 files
6.76K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Jarayon

Hududlarda elektr ta'minotini yaxshilash bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bo’ka tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan hududlarda tuman hokimi qabulida kelib tushgan murojaatlarga asosan temir-beton ustunlarni o’rnatish, nosoz holatga kelib qolgan transformatorlarni ta’mirlash va tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot qanchani tashkil etdi?

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 35 703,7 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 3,1 %ga o‘sdi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

🔺 Elektr ta'minotida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida ertaga, 07.02.2024 yil kuni soat 07:00 dan 17:00 gacha

⚡️ "Mirzabek"
⚡️ "Samarqand"
⚡️ "Chavlisoy"
⚡️ "Cho'lobod"
⚡️ "Parkent"
⚡️ "Bo'ka"

mahallalaridagi ayrim ko’chalarda elektr ta'minotida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi. Ta'mirlash ishlari yakunlangach elektr ta'minoti qayta tiklanishini ma'lum qilamiz.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!

Bo'ka tuman elektr ta'minoti korxonasi

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#topshiriq_ijrosi

Qishloq xo'jaligi: Berilgan topshiriqlar ijrosi ta'minlanmoqda.


🔺 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yoʻqotishlarni kamaytirish chora–tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi o'tkazilgan edi.

🔹 Selektorda boshqa masalalar qatori joriy yilni qishloq xo'jaligi sohasida "Kanallarni betonlashtirish boʻyicha zarbdor yil" deb e'lon qilinganligi tufayli hududlarda ichki ariqlarni beton qoplamasi bilan tartibga keltirish boʻyicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

🔺 Jumladan, 3-sektor hududida joylashgan fermer xo'jaliklari dala maydonlaridagi ichki ariqlarda betonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🇺🇿 Tuman hokimi B.Begmatov va 3-sektor rahbari J.Manazarov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olinib, davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, dala madaniyatini shakllantirish, fermerlik faoliyatini tashkil etishda agrotexnik tadbirlar va ariq-zovurlarni tartibga keltirishni o'z vaqtida tashkil etish bo'yicha bajarilayotgan ishlar ko'zdan kechirilmoqda.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Tadbirkorlar diqqatiga!

Bo'ka tumani hokimligi Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq tumanida amalga oshiriladigan investitsion loyihalar bo'yicha tashabbuskor tadbirkorlar uchun manfaatli takliflarni e'lon qiladi.

Mo'ynoq tumanida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun ko'plab imtiyozlar mavjud. Jumladan:

💠 1. 2023-2024 yillarda Mo‘ynoq tumanida 300 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish majburiyati bilan loyiha tashabbuskorlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarori asosida yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzoq muddatli ijara huquqi bilan beriladi;
💠 2. Hududda ommaviy savdolarda turgan davlat mulki obyektlari 3 oy muddatda sotilmagan taqdirda ularni elektron tanlov asosida eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyati bilan beriladi.
💠 3. Tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga 2025 yil 1 yanvarga qadar «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan, istisno tariqasida, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda aylanma mablag‘larni shakllantirish maqsadlariga milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq 5 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi;

Batafsil ma'lumot uchun: +998997370202

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_sud

Ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

🔺 Kuni kecha Bo'ka tumani IIB binosida ochiq sayyorsud majlisi o'tkazildi. Ushbu sayyor sudda Bo‘ka tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan 58 nafar nazorat ostidagi shaxslar qatnashdi.

🔴 Sud tomonidan o‘rnatilgan cheklov va majburiyatlarga rioya qilishdan bo‘yin tovlab yurgan 2 nafar shaxslarning jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

🔸 Sud majlisida qatnashgan Probatsiya nazorat ostidagi shaxslarga takroriy jinoyat sodir etmaslik va sud tomonidan o‘rnatilgan tartib-qoidalarini buzmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#barkamol_avlod

Bo'ka tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garak a'zolari respublika ochiq olimpiadasi g'olibligini qo'lga kiritishdi.


🔹 Kuni kecha Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi "Ziyo SAMM academy" tomonidan Mental arifmetika bo'yicha Respublika ochiq olimpiadasi o'tkazildi.

💠 Olimpiadada Bo'ka tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabining 24-umumta'lim maktabida tashkil etilgan Dildora Razzokova rahbarligidagi "Mental arifmetika" to'garagi a'zolari faol ishtirok etishdi.

🔺 Musobaqa yakunlariga ko'ra, A kategoriya bo'yicha to'garak az'olaridan:

- Avazbek Ahmadov va Sevinch Vahobova 1-o'rinni, Hayotillo Majidov esa 2-o'rinni qo'lga kiritib, tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM