BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.17K subscribers
19.8K photos
1.69K videos
7 files
6.46K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#bozor
#nazorat

Bozorlardagi yaratilgan imkoniyatlar, narx-navo va oziq-ovqat mahsulotlari rastalaridagi sanitariya holati o'rganildi.

🔺 Bugun tuman hokimi Baxtiyor Begmatov boshchiligida hokim o'rinbosarlari va tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tuman hududidagi savdo nuqtalarida aholi uchun yaratilgan imkoniyatlar, narx-navo barqarorligi va oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan joylardagi sanitariya holati ko'zdan kechirildi.

🔺 Tuman hokimi tomonidan ayrim savdo nuqtalarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya talablariga javob bermasligi, ba'zi sotuvchilar esa belgilanmagan, avtomobil yo'llariga yaqin joylarda noqonuniy savdo faoliyati bilan shug'ullanayotganligi tanqid qilindi.

💠 Shuningdek, tuman markazini tartibga keltirish, belgilanmagan joylarda savdo qilish holatlariga chek qo'yish, narx-navo barqarorligini ta'minlash lozimligi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2024 йилда уй-жой, қурилиш, коммунал хўжалиги, транспорт ва экология соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в сферах жилья, строительства, коммунального хозяйства, транспорта и экологии на 2024 год.

Facebook|Instagram|X
#Tezkor #Diqqat

Bo'ka tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi ogohlantiradi.


⚡️ Bugun Oʻzbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda

Xususan, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida uning tezligi 25-28 metr/sekundgacha etishi mumkin.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент раислигида уй-жой, қурилиш, коммунал хўжалиги, транспорт ва экология соҳаларида амалга оширилган ишлар ва устувор вазифалар юзасидан йиғилиш бошланди.

Ушбу тизимда 3 та вазирлик ва идора, 3 та инспекция, 5 та компания, ҳудудларда қурилиш, уй-жой ва коммунал хўжалиги соҳаларига масъул ҳоким ўринбосарлари борлиги, пойтахт ва Тошкент вилояти ҳокимларига қурилиш ва коммунал соҳага алоҳида ўринбосар берилганига қарамай, бу комплекс халқимиз энг кўп норози бўлиб мурожаат қиладиган соҳалардан бири экани қайд этилди.

Давлатимиз раҳбари қурилиш соҳасига замонавий стандартларни жорий қилиб, қурилиш нормаларини янгилаш, ичимлик суви таннархи ва тармоқдаги йўқотишларни камайтириш, маҳаллий авиарейсларни кўпайтириш, Тошкент шаҳрида тирбандликни камайтириш ва жамоат транспортини яхшилашдаги камчиликларни бирма-бир санаб, мутасаддиларнинг бу борадаги ишлари қониқарсиз эканлигини қайд этди.

Шу муносабат билан транспорт вазири И.Маҳкамов, унинг биринчи ўринбосари М.Омаров, ИИВ Йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати бошлиғи О.Саидов ва “Тошшаҳартрансхизмат” АЖ раиси А.Жўраевга ҳайфсан эълон қилинди ва охирги огоҳлантириш берилди.

Facebook|Instagram|X
Президент раислигидаги йиғилишда Иқтисодиёт ва молия вазирининг ўринбосари лавозимида ишлаб келаётган Адиз Музаффарович Бобоев Ҳисоб палатаси раиси лавозимига, палата раиси ўринбосари лавозимини эгаллаб келган Меҳриддин Раззоқович Абдуллаев палата раисининг биринчи ўринбосари лавозимига тайинлангани эълон қилинди.

Facebook|Instagram|X
#mental_arifmetika

Bo'kalik o'quvchilar Mental arifmetika bo'yicha Respublika saralash bosqichida munosib ishtirok etishdi.

🔸 Boʻka tumani ʼʼBarkamol avlodʼʼ bolalar maktabining 24-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan Dildora Razzoqova rahbarligidagi "Mental arifmetika" tarmoq toʻgaragining 9 nafar oʻquvchilari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida oʻtkazilgan "Mental arifmetika" musobaqasining Respublika saralash bosqichida qatnashishdi.

🔺 E'tiborli jihati shundaki, 9 nafar o'quvchilarning 1 nafari oliy oʻrin, 5 nafari 1-oʻrin, 2 nafari 2-o'rin va yana 1 nafari 3-o'rinni egallashdi va musobaqa tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🔺 Musobaqa nizomiga ko'ra oliy o'rinni egallagan o'quvchi Turkiya, Ozarbayjon, Birlashgan Arab amirliklari va Qirg'iziston respublikalarida oʻtkaziladigan Xalqaro Mental arifmetika musobaqasida qatnashish uchun 50 % li, 5 nafar 1-oʻrinni egallagan oʻquvchilar 20% li yoʻllanmalarni qoʻlga kiritishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook  🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!


🔹 2023-yil yakunlari boʻyicha yillik 1-kb shakli, 1-fx shakli hamda 1-mehnat shakli statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga hisobotlarini taqdim etishda uslubiy yordam berish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan “On-line” muloqot tashkil etiladi.

“Оn-line” muloqotda 1-kb shakli, 1-fx shakli hamda 1-mehnat shakli hisobotlarining har bir boʻlimi, ulardagi koʻrsatkichlar boʻyicha savollarga javob beriladi.

O‘z navbatida, “On-line” muloqotlar Statistika agentligining https://stat.uz rasmiy sayti hamda “STATISTIKA” telegram kanalida 2024-yilning 29-yanvaridan 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 11:30 ga qadar tashkil etiladi.

Eslatib oʻtamiz, 1- mehnat shakli statistika hisobotini taqdim etish muddati 2024-yilning 1-fevral sanasida hamda 1- kb shakli va 1- fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etish muddati 2024-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.

“On-line” muloqotlarda faol ishtirok eting!

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook  🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бош вазир А.Ариповга 2025 йилдан Аи-80 маркали бензиндан воз кечиш масаласини узил-кесил ҳал қилиш бўйича топшириқ берилди.

Facebook|Instagram|X
#muhokama
#hokimlik_soati

Dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" yig'ilishi o'tkazildi.


🔹 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida bugungi kunning eng dolzarb masalalari muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" yig'ilishi bo'lib o'tdi.

💠 Tuman hokimi Baxtiyor Begmatov raisligida o'tkazilgan "Hokimlik soati"da sektor rahbarlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, hokimlik apparat xodimlari, tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

🔹 Kun tartibiga asosan byudjet tushumlari, kommunal to'lovlar, ijro intizomi, shuningdek yoshlar yetakchilari tomonidan barcha mahallalarda o'tkazilgan xatlov ma'lumotlarini platformaga kiritish holati kabi masalalar yuzasidan mas'ullarning axboroti tinglandi.

🔺 Shuningdek, ushbu yo'nalishlarda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlashda mas'ullar tomonidan sustkashlikka yo'l qo'yilayotganligi tanqid qilinib, mahallarda o'tkazilgan fuqarolar qabullarini lozim darajada tashkil etmaganligi hamda ijrosini ta'minlamaganligi uchun Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i J.Raxmonovga "xayfsan" intizomiy chorasini ko'rish bo'yicha topshiriq berildi.

🔹 Qabullar bo'yicha berilgan topshiriq ijrosini nazorat qilmaganligi uchun tuman hokimining birinchi o'rinbosari M.Saydullayev, byudjet tushumlari ijrosining bajarilishi va soliqlarning undirilishi bo'yicha ishlarni yetarlicha tashkil etmaganligi uchun Iqtisoyot va moliya bo'limi boshlig'i M.Xaqberdiyev hamda tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbari Sh.Xazratov qat'iy ogohlantirildi.

💠 Yig'ilish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook  🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan Niyozov Xolmirza Oʻzgenovich viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Zoyir Mirzayevning tegishli qarori bilan Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Botir Bahodirovich Alimbekov vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter