BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.14K subscribers
21.1K photos
1.8K videos
8 files
6.94K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
"TNA AGROINVEST" yirik xalqaro ko'rgazmada ishtirok etmoqda

🇦🇪 Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 20-24 fevral kunlari “GulFood 2023” Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

✔️ Ushbu ko‘rgazmada dunyoning turli mamlakatlaridagi halol oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z mahsulotlari va yangiliklarini namoyish etishadi.

🔰 E'tiborli jihati shundaki, "GulFood-2023" ko'rgazmasida Bo‘ka tumanida faoliyat yuritayotgan "TNA AGROINVEST" korxonasi tijorat direktori Islom Boqijonov ham ishtirok etmoqda.

♻️ Ko‘rgazma doirasida "TNA AGROINVEST" korxonasi tomonidan ko‘plab kelishuvlar imzolanishi, ishlab chiqarishga yangi innovatsion texnologiyalar va yangi loyihalarni tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, har yili o'tkaziladigan Gulfood ko'rgazmasi dunyodagi, ayniqsa Fors ko'rfazi va Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik savdo ko'rgazmasi bo'lib, unda 120 mamlakatdan 5000 dan ortiq kompaniyalar va 185 mamlakatdan 97 000 dan ortiq tashrif buyuruvchilar ishtirok etishadi.

Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sel xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlarni amalaga oshirish kerak?

Ushbu videorolik orqali muhim tavsiyalarni
bilib olish mumkin.

Bo'ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi
#Jarayon

💧 Bo'ka tuman suv ta'minoti bo'limi xodimlari tomonidan "Yangixayot" MFY dan o'tuvchi ichimlik suvi tarmog'ida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Onlayn

✔️ Ayni vaqtda Bo'ka tuman hokimligi binosida tuman hokimi Nizomiddin Abbosovning fuqarolar qabuli bo'lib o'tmoqda.

🔹 Qabulda ayni vaqtga qadar 128 nafar fuqarolar ro'yhati shakllantirilgan bo'lib, har bir fuqaro o'z masalasi yuzasidan hokimga murojaat qilmoqda.

Hokim qabulida Xalq qabulxonasi mudiri Qidirali Po'latov, hokim o'rinbosarlari, hududiy deputatlar, tegishli tashkilot rahbarlari va fuqarolar ishtirok etishmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#IbratFarzandlari

✔️Bo‘ka tumani 3-sektor hududidagi "O‘rta tepa" mahallasida joylashgan 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi oʻquvchilari va ularning ota-onalari uchun mahalla Yoshlar yetakchisi Boburjon Isokov hamda maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari A.Muxamedov tomonidan Xorijiy tillarni "Ibrat farzandlari" loyihasi bilan sodda va kreativ usulda bepul oʻrganish mumkinligi yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.

Ma'lumot uchun, Yoshlar ishlari agentligi yoshlarning chet tillarini mustaqil oʻrganishiga yordam berish maqsadida “Ibrat farzandlari” loyihasini yoʻlga qoʻygan bo'lib, ushbu loyiha YouYube platformasida 100 ming+ obunachi yig'ishga ulgurdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Jarayon
#Qaror_ijrosi
#PQ_408

✔️ 3-sektor hududidagi "Katta Ravot" MFY Markaziy ko'chasidan o'tuvchi 4K775 "Qoraquduq - Rovot" avtomobil yo'lini joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt