BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.1K subscribers
19.6K photos
1.67K videos
7 files
6.39K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Yoshlar_daftari
#Subsidiya

✔️ Bo'ka tumani 1-sektor hududidagi "Parkent" MFY "Do‘stlik-1" ko‘chasi 59-uyda yashovchi fuqaro Gulzira Abdullayeva ishsizligi sababli "Yoshlar daftari"ga kiritilgan edi.

🔹 Hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi hamkorlikda fuqaroga subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berildi.

Hozirgi kunda G.Abdullayeva singlisi bilan birgalikda mahalladagi aholidan buyurtmalar olib, kiyim-kechak, to‘y marosimlariga sarpo va pardalar tikib daromad olib kelmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Targ'ibot

Bo‘ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan aholi yashash xonadonlarida is gazi, botulizm va ovqatdan zaharlanish kabi ko'ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida fuqarolarga doimiy ravishda tushuntirish ishlari va profilaktik tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

⚠️ Yo'riqnoma berish davomida ularga elektr va gaz jihozlarini sozligiga e’tibor qaratishlari hamda nosoz, qo‘lbola elektr, gaz jihozlaridan foydalanmaslik va ularning ayanchli oqibatlari haqida to'xtalib o'tildi.

🔹 Suhbat davomida fuqarolarga mavzuga doir eslatma, buklet va boshqa tarqatma materiallari tarqatilmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Sessiya

✔️ Ayni vaqtda tuman hokimligida Xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashining 68-sessiyasi bo'lib o'tmoqda.

📄 Sessiya kun tartibidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408-sonli qarorining tumandagi ijrosi, tuman mahalliy byudjetining 2023-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag'lari hisobidan mablag' ajratish, fuqarolarni "Temir daftar"ga kiritish va Bo'ka tumanini 2023 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to'g'risidagi masalalar o'rin olgan.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
"TNA AGROINVEST" yirik xalqaro ko'rgazmada ishtirok etmoqda

🇦🇪 Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 20-24 fevral kunlari “GulFood 2023” Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

✔️ Ushbu ko‘rgazmada dunyoning turli mamlakatlaridagi halol oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z mahsulotlari va yangiliklarini namoyish etishadi.

🔰 E'tiborli jihati shundaki, "GulFood-2023" ko'rgazmasida Bo‘ka tumanida faoliyat yuritayotgan "TNA AGROINVEST" korxonasi tijorat direktori Islom Boqijonov ham ishtirok etmoqda.

♻️ Ko‘rgazma doirasida "TNA AGROINVEST" korxonasi tomonidan ko‘plab kelishuvlar imzolanishi, ishlab chiqarishga yangi innovatsion texnologiyalar va yangi loyihalarni tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, har yili o'tkaziladigan Gulfood ko'rgazmasi dunyodagi, ayniqsa Fors ko'rfazi va Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik savdo ko'rgazmasi bo'lib, unda 120 mamlakatdan 5000 dan ortiq kompaniyalar va 185 mamlakatdan 97 000 dan ortiq tashrif buyuruvchilar ishtirok etishadi.

Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sel xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlarni amalaga oshirish kerak?

Ushbu videorolik orqali muhim tavsiyalarni
bilib olish mumkin.

Bo'ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi
#Jarayon

💧 Bo'ka tuman suv ta'minoti bo'limi xodimlari tomonidan "Yangixayot" MFY dan o'tuvchi ichimlik suvi tarmog'ida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Onlayn

✔️ Ayni vaqtda Bo'ka tuman hokimligi binosida tuman hokimi Nizomiddin Abbosovning fuqarolar qabuli bo'lib o'tmoqda.

🔹 Qabulda ayni vaqtga qadar 128 nafar fuqarolar ro'yhati shakllantirilgan bo'lib, har bir fuqaro o'z masalasi yuzasidan hokimga murojaat qilmoqda.

Hokim qabulida Xalq qabulxonasi mudiri Qidirali Po'latov, hokim o'rinbosarlari, hududiy deputatlar, tegishli tashkilot rahbarlari va fuqarolar ishtirok etishmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt