Screenshot 2025-04-16 at 15.25.50.png
56.6 KB
Bunisi ham kechga chiqib qolsa aytaman yuklab ola verasizlar
Forwarded from Techie's Blog
Flutterda Deeplink.
Deeplink - bu link (URL linkka o'xshash) bo'lib, foydalanuvchilarni dasturni faqat ochish yoki asosiy oynasiga emas balki uning malum oynasiga yo'naltiradi va bu sotuvni yoki foydalanuvchining qiziqishini yanada orttiradi.
Flutterda deeplinklarning 4 hil turi mavjud:
1. Custom Scheme (URL sxema).
buchetapp://product/pionovidnye-rozy-659 ko'rinishida bo'ladi. Bu yerdagi buchetapp - custom protocol bo'lib dastur tomonidan registratsiya qilinadi. Va bu usul faqat dastur o'rnatilgan bo'lsagina ishlaydi aks holda xatolik yoki hech narsa yuz bermaydi. Bundan tashqari bu usul havfsiz emas chunki boshqa bir dastur ham sizning custom protocolingizdan foydalanishi mumkin.
2. App Links (Andrid specific)
https://buchet.uz/en/product/pionovidnye-rozy-659 ko'rinishda bo'ladi va faqat Android uchun ishlaydi. Ushbu link Digital Asset Links orqali verifikatsiya qilingan bo'linishi kerak. Shuning uchun bu havfsiz. Ushbu usul ham faqat dastur o'rnatilgan holatdagina ishlaydi. Agar o'rnatilmagan bo'lsa mos ravishda websitega o'tib ham ketishi mumkin.
3. Unversal Link (iOS specific)
https://buchet.uz/en/product/pionovidnye-rozy-659 ko'rinishida bo'ladi va App Link bilan bir hil ishlaydi faqat iOS uchun ishlaydi. Agar dastur o'rnatilgan bo'lsa dastur ochiladi aks holda Safari orqali website ochiladi. Domen orqali apple-app-site-association fayl o'rnatilgan bo'lishi kerak.
4. Deferred Link (Android&iOS)
Ushbu usul barcha turdagi linklarni qo'llab quvvatlaydi va asosan marketing va reklamalar uchun ishlatiladi. Bu usulning ustunlik tomoni dastur o'rnatilmagan bo'lsa mos ravishda PlayMarket yoki AppStoredan yuklashga o'tkazadi va birinchi ochilishidayoq malum oynaga yo'naltiriladi. Bu orqali foydalanuvchini birinchi marttadayoq yo'naltirilgan oynaga o'tkazish taminlanadi. Buning uchun malum servislardan foydanalish mumkin. Masalan Firebase Dynamic Links (bu yildan qo'llab quvvatlash to'xtalinadi), Branch, Adjust yoki Facebook Meta.

👍9
Forwarded from #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
- Past sifatli va keraksiz ilovalarga qarshi kurash
- Sun’iy intellekt orqali zararli ilovalarni aniqlash
- Yevropa Ittifoqining yangi talablariga javob bermagan ilovalarning bloklanishi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😁2🤯2
Forwarded from IT with Bobur👨💻
Dart tilida Kolleksiyalar va Funksiyalar mavzusiga chuqur kiramiz. Bu mavzu Dart dasturlashda ma'lumotlarni boshqarish va funksional dasturlash uslublarini qo'llash uchun juda muhim. Har bir savolga qisqacha izoh berilgan, va savollar o'rta darajadagi Flutter/Dart dasturchilari uchun mos keladi.
Kolleksiyalar (List, Set, Map)
1. Dart’da List, Set va Map o‘rtasidagi asosiy farqlar nima?
-
2. List.generate() qanday ishlaydi va qachon foydali?
- Dinamik ro‘yxat yaratadi:
3. Dart’da List ga oldindan hajm belgilash xotira sarfini qanday optimallashtiradi?
-
4. Set da elementlarning yagona bo‘lishi qanday ta’minlanadi?
-
5. Dart’da Map da kalit sifatida custom obyektlardan foydalanish uchun nimalarni hisobga olish kerak?
-
6. List dan Set ga yoki aksincha o‘tkazish qanday amalga oshiriladi?
-
7. Dart’da List ni deep copy qilish uchun qanday yondashuvlardan foydalanasiz?
-
8. Map ni JSON ga aylantirish yoki aksincha qanday amalga oshiriladi?
-
9. Dart’da Iterable nima va u kolleksiyalar bilan qanday ishlaydi?
-
10. List da binary search qanday qo‘llaniladi va bu qanday optimallashtiradi?
- Tartiblangan ro‘yxatda
🚀 @ITwithBobur
Kolleksiyalar (List, Set, Map)
1. Dart’da List, Set va Map o‘rtasidagi asosiy farqlar nima?
-
List tartibli elementlar ro‘yxati, Set takrorlanmaydigan elementlar to‘plami, Map esa kalit-qiymat juftliklari.2. List.generate() qanday ishlaydi va qachon foydali?
- Dinamik ro‘yxat yaratadi:
List<int> numbers = List.generate(5, (index) => index * 2); // [0, 2, 4, 6, 8].3. Dart’da List ga oldindan hajm belgilash xotira sarfini qanday optimallashtiradi?
-
List.filled(100, 0) yoki List.withCapacity() bilan ro‘yxat kengayishi oldini oladi.4. Set da elementlarning yagona bo‘lishi qanday ta’minlanadi?
-
Set ichki hashCode va == operatorlaridan foydalanadi: Set<int> unique = {1, 2, 2}; // {1, 2}.5. Dart’da Map da kalit sifatida custom obyektlardan foydalanish uchun nimalarni hisobga olish kerak?
-
hashCode va == metodlarini qayta aniqlash kerak: class Key { @override bool operator ==(Object other) => ... }.6. List dan Set ga yoki aksincha o‘tkazish qanday amalga oshiriladi?
-
List.toSet() yoki Set.toList(): List<int> list = [1, 2, 2]; Set<int> set = list.toSet(); // {1, 2}.7. Dart’da List ni deep copy qilish uchun qanday yondashuvlardan foydalanasiz?
-
List.from() yoki map bilan: List<int> copy = original.map((e) => e).toList();.8. Map ni JSON ga aylantirish yoki aksincha qanday amalga oshiriladi?
-
jsonEncode(map) va jsonDecode(json) bilan: Map<String, dynamic> map = jsonDecode('{"key": "value"}');.9. Dart’da Iterable nima va u kolleksiyalar bilan qanday ishlaydi?
-
Iterable kolleksiyalar uchun umumiy interfeys: List<int> list = [1, 2, 3]; Iterable<int> iter = list;.10. List da binary search qanday qo‘llaniladi va bu qanday optimallashtiradi?
- Tartiblangan ro‘yxatda
binarySearch ishlatiladi: list.indexWhere((e) => e >= target, start).Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥3❤2
Vanihoyat yangi applarim publish bo'ldi😰 20 kundan oshib ketdi menimcha o'rnatib ishlatib ko'rishlaringiz mumkin
👍7🔥1🆒1
2025-yilda publish qilgan applarim
1 :https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.ayyubxon.sajda_app
2:https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.vocab_master
3:https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.tic_tac_toe
4:https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.tezkoronline.courier
5:https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.tezkoronline
6:https://play.google.com/store/apps/details?id=com.dic.randomic

Google Play
Sajda Mobile - Apps on Google Play
Sajda – bu islomiy ibodatni yengil va oson bajarish uchun mo'ljallangan ilova
🔥6👍5
Flutter | Dev
10 tadan oshmasa kerak deb o'ylagandim,yaxshi natija, yuklanishlar 100 taga yaqinlashayapti😁
100 tadan oshibdi qoyilee🥳
🔥5👍4🆒4
Forwarded from IT with Bobur👨💻
Vanihoyat kutgan kunlarimiz keldi!
Shanba kuni, soat 21:00 da, biz bilan birga Akmaljon ustoz (@itwithakmaljon) ishtirokida podcast suhbat bo‘lib o‘tadi! 🎙
Savollar va takliflaringizni komentariyada kutamiz! 👇

⚡4❤3🔥2🤯2
Forwarded from Samandar Ahadjonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dartdosh #podcast
🤔 O'zbekistonda Rekruiterlarga oson emasmi?
Dartdosh podkastining bugungi sonida tajribali HR Muborak Babayeva bilan suhbat qurdik.
Suhbat davomida:
- Xodim qidirish va topishdagi qiyinchiliklar
- Dasturchilardagi rekruiterlarga nisbatan e'tirozlar
- Ishga topshirishdagi e'tibor qilinishi shart bo'lgan holatlar
- Rezyume va ijtimoiy profilllarni yuritish bo'yicha yo'riqlar
- Ish suhbatidan oson o'tish yo'llari
- Umumiy xatolar, kamchiliklar va yutuqlar
borasida tahliliy va tanqidiy ohangda dardlashdik.
🔗 Podkast uchun havola: https://youtu.be/bOkMgJsh2Ko?si=mmgG9DABRzhjRusn
P.s: Postni tarqatishni va videoga like bosib, izoh yozishni unutmang.
@ahadjonovss

🔥7
Akmaljon Abdirakhimov bilan suhbat
IT with Bobur👨💻
Shanba kungi @itwithakmaljon bilan bo'lgan interview audiosi vaqtingiz bo'lsa ko'rib chiqing juda foydali bo'lgan
👍5🔥4
Assalomu Alaykum amaliyot uchun flutter dasturchi qidirlmoqda TezkorOnline proekt yaqinda production ga chiqqan yangi narsalar qoʻshilishi kerak yaxshi tajriba orttirsa boʻladi, kandidat
Bloc,Cubit,Rest Api bilan ishlay olishi kerak.
Bogʻlanish uchun:@Shohbozbek_dev

👍11🔥1👌1
🔄 Flutter’da ValueListenableBuilder — setState'ga yengil alternativ!
Ko‘p hollarda setState ishlatamiz. Lekin kamroq resurs talab qiladigan, toza va reaktiv usul bormi?
✅ Ha – bu ValueListenableBuilder!
🧠 U nima qiladi?
ValueListenableBuilder – bu ValueNotifier ga ulangan widget.
U value o‘zgargan zahoti UI’ni avtomatik rebuild qiladi.
📦 Misol:
✨ Real hayotdagi ishlatilish:
ValueNotifier ni global yoki shared joyda saqlasangiz, uni bir nechta page/screen larda ishlatishingiz mumkin.
📌 Masalan:
Foydalanuvchi profile photo yoki full nameni o‘zgartirsa — asosiy ekran, drawer va settings sahifalarida avtomatik yangilanadi!
theme, language, yoki badge count kabi o‘zgarishlar uchun juda qulay.
🧩 Qachon ishlatish kerak?
setState bilan ishlash og‘ir bo‘lsa
Kichik interaktiv o‘zgarishlar (toggle, counter, like, theme, form)
Provider, Bloc ishlatmasdan yengil state kerak bo‘lsa
⚡ Eng oddiy state management!
Boshqa murakkab arxitekturalarsiz:
ValueNotifier – qiymatni saqlaydi
ValueListenableBuilder – qiymat o‘zgarsa UI’ni yangilaydi
@ayubxondevapps

final counter = ValueNotifier<int>(0);
ValueListenableBuilder<int>(
valueListenable: counter,
builder: (context, value, _) {
return Text('Qiymat: $value');
},
);
ElevatedButton(
onPressed: () => counter.value++,
child: Text('+'),
);
✨ Real hayotdagi ishlatilish:
ValueNotifier ni global yoki shared joyda saqlasangiz, uni bir nechta page/screen larda ishlatishingiz mumkin.
📌 Masalan:
Foydalanuvchi profile photo yoki full nameni o‘zgartirsa — asosiy ekran, drawer va settings sahifalarida avtomatik yangilanadi!
theme, language, yoki badge count kabi o‘zgarishlar uchun juda qulay.
🧩 Qachon ishlatish kerak?
setState bilan ishlash og‘ir bo‘lsa
Kichik interaktiv o‘zgarishlar (toggle, counter, like, theme, form)
Provider, Bloc ishlatmasdan yengil state kerak bo‘lsa
⚡ Eng oddiy state management!
Boshqa murakkab arxitekturalarsiz:
ValueNotifier – qiymatni saqlaydi
ValueListenableBuilder – qiymat o‘zgarsa UI’ni yangilaydi
@ayubxondevapps
👍4🔥4😁2😎1
Forwarded from Flutterverse (Jahongir Eshonqulov)
🔁 Debounce – foydalanuvchi harakatlarini boshqarish usuli
Flutter’da debounce nima va nega kerak?
Misol: Foydalanuvchi qidiruvga harflar yozmoqda. Har bir harfdan keyin API chaqirilsa — bu keraksiz so‘rovlar sonini oshiradi va performansga salbiy ta’sir qiladi.
👨💻 Buni hal qilish uchun Debounce klassidan foydalanamiz:
📌 Foydalanish:
✅ Natija: faqat foydalanuvchi yozishni to‘xtatgandan 1 soniya o‘tib so‘rov yuboriladi.
@Johon_mobile_dev

class Debounce {
Timer? _timer;
void run(VoidCallback action, [int milliseconds = 1000]) {
_timer?.cancel();
_timer = Timer(Duration(milliseconds: milliseconds), action);
}
void cancel() {
_timer?.cancel();
}
}
📌 Foydalanish:
final _debounce = Debounce();
onChanged: (value) {
_debounce.run(() {
// Qidiruvni ishga tushirish
search(value);
});
}
✅ Natija: faqat foydalanuvchi yozishni to‘xtatgandan 1 soniya o‘tib so‘rov yuboriladi.
@Johon_mobile_dev
👍8🔥2⚡1😎1
Forwarded from Flutterverse (Jahongir Eshonqulov)
Google Docs
Flutter interview questions
Flutter interview questions Dart Junior questions: 1.final va const farqi? 2.dynamic va var farqi nimada? 3. List va set farqi nimada? 4. enum qanday afzalliklari bor? 5. map haqida batafsil? 6. for, while va do while haqida batafsil? 7. async va sync…
👍6🔥5❤🔥1🦄1
Forwarded from Samandar Ahadjonov
Agar kuniga 10 soatlab ishlab, dam olmay, sport bilan shug'ullanmay, shanba-yakshanba ham tinmayotkan bo'lsangiz, 5 yildan keyin shu postni siz ham yozasiz.
@ahadjonovss
@ahadjonovss
🔥4👍3🆒2 1 1
🔒 #ShaxsiyFikr #GooglePlayConsole
So‘nggi haftalarda 3 ta yangi ilovani Play Console orqali chiqardim. Shunda bir narsani aniq sezdim:
👉 Google endi har bir mayda detalgacha sinchkovlik bilan tekshirmoqda.
Privacy Policy, Data Safety, ilova tavsifi (description) — bularning barchasiga endi yengil qaralmaydi.
📌 Hatto bugun ilova description’ida yozilgan noto‘g‘ri ibora sabab app rejected bo‘ldi.
Bu holat bir necha marta takrorlangani uchun Play Console:
“Ilova suspend qilinishi va bu holat ko'p takrorlansa akkaunt bloklanishi mumkin”
— degan ogohlantirish yubordi
📣 Shuning uchun sizga maslahat:
✅ Ilova publish qilishda bu detallarni jiddiy e’tiborga oling.
❌ Privacy Policy’ni AI’dan olib, ko‘r-ko‘rona qo‘shib qo‘ymang.
📝 Har bir gapni diqqat bilan o‘qing, kerak bo‘lsa tahrirlang yoki custom yozing.
📌 Bugungi kunda Google Play — oddiy marketplace emas, ishonchli ekotizim bo‘lishga intilyapti.Ko‘rinib turibdiki, Google bizdan ancha sinchkovlikni kutyapti — biz esa bunga tayyor bo‘lishimiz kerak.

🔥4 2 2❤1👍1🆒1 1
Forwarded from Flutterverse (Jahongir Eshonqulov)
🚀 Flutter’da Isolate nima va qachon ishlatish kerak?
Dart (va Flutter) da isolate — bu alohida ishchi oqim (thread) bo‘lib, u o‘zining xotira maydoni va event loopiga ega.
🔹 Xotira bo‘lishilmaydi — faqat xabar yuborish orqali aloqa qilinadi.
Oddiy qilib aytganda:
👉 Isolate — bu Flutter’ning asosiy UI oqimini to‘xtatmasdan, og‘ir hisob-kitob ishlarini bajaradigan yordamchi ishchi.
💡 Nega isolate kerak?
Flutter ilovalari odatda bitta asosiy isolate (UI thread) da ishlaydi.
Agar shu yerda og‘ir CPU ishlari (katta hisoblash, fayl ishlov berish) qilinsa:
⚠️ UI lag qiladi yoki freym tashlaydi.
Shuning uchun Dart isolates orqali bunday ishlarga parallel ravishda ishlov berishga imkon beradi.
⚙️ Isolate qanday ishlaydi?
🖥 Main isolate → UI, foydalanuvchi interaktsiyasi, animatsiyalar.
⚡ Worker isolate(lar) → Og‘ir hisoblash ishlarini bajaradi.
📩 Aloqa → SendPort va ReceivePort orqali.
📌 Flutter loyihalarida isolate qachon ishlatiladi?
Asosan CPU yuklama katta bo‘lgan ishlar uchun.
(I/O ishlar — HTTP so‘rov, DB query — allaqachon async ishlaydi, UI’ni to‘sib qo‘ymaydi.)
🔹 Haqiqiy misollar:
📄 Katta JSON fayllarni parse qilish
Masalan, 50MB JSON parse qilinsa, UI qotib qoladi → isolate’da bajarish kerak.
🖼 Rasmga ishlov berish
Crop, resize, filter qo‘yish.
📦 Faylni siqish yoki ochish
ZIP/Unzip katta hajmli fayllar.
🔐 Ma’lumotni shifrlash/de-shifrlash
Masalan, AES shifrlash.
📑 PDF yoki katta hisobot generatsiya qilish
Minglab qatorli PDF yaratish.
🔢 Og‘ir matematik hisob-kitoblar
AI modeli ishlatish, ilmiy hisoblashlar.

🔥3👍2 2 2🤣1 1