Flutter | Dev
97 subscribers
120 photos
7 videos
24 files
45 links
Siz bu yerda Flutter yordamida yaratilgan koplab qiziqarli ilovalarni va malumotlarni topishingiz mumkin

murojat uchun: @ayyubxon_akhmadjonov
Download Telegram
10 tadan oshmasa kerak deb o'ylagandim,yaxshi natija, yuklanishlar 100 taga yaqinlashayapti😁
🆒64👍3
Assalomu Alaykum hammaga ,yangi app chiqarayotgandim play marketga,tester kerak bo'layapti,gmailingizni commentda yozib qoldirsangiz tester sifatida qo'shib qo'yardim,oldindan raxmat😊

android uchun:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.vocab_master

Web uchun:
https://play.google.com/apps/testing/uz.vocab_master/
👍4👌4
Screenshot 2025-04-16 at 15.25.50.png
56.6 KB
Bunisi ham kechga chiqib qolsa aytaman yuklab ola verasizlar
Forwarded from Techie's Blog
Flutterda Deeplink.

Deeplink - bu link (URL linkka o'xshash) bo'lib, foydalanuvchilarni dasturni faqat ochish yoki asosiy oynasiga emas balki uning malum oynasiga yo'naltiradi va bu sotuvni yoki foydalanuvchining qiziqishini yanada orttiradi.

Flutterda deeplinklarning 4 hil turi mavjud:

1. Custom Scheme (URL sxema).
buchetapp://product/pionovidnye-rozy-659 ko'rinishida bo'ladi. Bu yerdagi buchetapp - custom protocol bo'lib dastur tomonidan registratsiya qilinadi. Va bu usul faqat dastur o'rnatilgan bo'lsagina ishlaydi aks holda xatolik yoki hech narsa yuz bermaydi. Bundan tashqari bu usul havfsiz emas chunki boshqa bir dastur ham sizning custom protocolingizdan foydalanishi mumkin.

2. App Links (Andrid specific)
https://buchet.uz/en/product/pionovidnye-rozy-659 ko'rinishda bo'ladi va faqat Android uchun ishlaydi. Ushbu link Digital Asset Links orqali verifikatsiya qilingan bo'linishi kerak. Shuning uchun bu havfsiz. Ushbu usul ham faqat dastur o'rnatilgan holatdagina ishlaydi. Agar o'rnatilmagan bo'lsa mos ravishda websitega o'tib ham ketishi mumkin.

3. Unversal Link (iOS specific)
https://buchet.uz/en/product/pionovidnye-rozy-659 ko'rinishida bo'ladi va App Link bilan bir hil ishlaydi faqat iOS uchun ishlaydi. Agar dastur o'rnatilgan bo'lsa dastur ochiladi aks holda Safari orqali website ochiladi. Domen orqali apple-app-site-association fayl o'rnatilgan bo'lishi kerak.

4. Deferred Link (Android&iOS)
Ushbu usul barcha turdagi linklarni qo'llab quvvatlaydi va asosan marketing va reklamalar uchun ishlatiladi. Bu usulning ustunlik tomoni dastur o'rnatilmagan bo'lsa mos ravishda PlayMarket yoki AppStoredan yuklashga o'tkazadi va birinchi ochilishidayoq malum oynaga yo'naltiriladi. Bu orqali foydalanuvchini birinchi marttadayoq yo'naltirilgan oynaga o'tkazish taminlanadi. Buning uchun malum servislardan foydanalish mumkin. Masalan Firebase Dynamic Links (bu yildan qo'llab quvvatlash to'xtalinadi), Branch, Adjust yoki Facebook Meta.
👍9
Forwarded from Techie's Blog
👍8
▶️ Google Play do‘konidan 1,8 million ilova olib tashlandi!

🧹 2024-yil boshidan beri Google ilovalar do‘konida tozalash ishlari boshlandi. Natijada mavjud ilovalar soni 47% ga kamaydi.

🛡 Sabablari:
- Past sifatli va keraksiz ilovalarga qarshi kurash
- Sun’iy intellekt orqali zararli ilovalarni aniqlash
- Yevropa Ittifoqining yangi talablariga javob bermagan ilovalarning bloklanishi

Har bir yangi ilova endi 20 ta test foydalanuvchisi bilan 2 hafta sinovdan o‘tishi shart

📊 Qaysi ilovalar ketdi?
🎮 O‘yinlar — 200 ming+
📚 Ta’lim — 160 ming+
🏢 Biznes — 115 ming+

🚫 158 mingdan ortiq ishlab chiquvchilar bloklandi.

📈 Shunga qaramay, yangi ilovalar soni 7,1% ga oshgan — endi raqamlar kam, lekin sifat yuqori!

🎥 #googleplay | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😁2🤯2
Forwarded from IT with Bobur👨‍💻
Dart tilida Kolleksiyalar va Funksiyalar mavzusiga chuqur kiramiz. Bu mavzu Dart dasturlashda ma'lumotlarni boshqarish va funksional dasturlash uslublarini qo'llash uchun juda muhim. Har bir savolga qisqacha izoh berilgan, va savollar o'rta darajadagi Flutter/Dart dasturchilari uchun mos keladi.

Kolleksiyalar (List, Set, Map)
1. Dart’da List, Set va Map o‘rtasidagi asosiy farqlar nima?
- List tartibli elementlar ro‘yxati, Set takrorlanmaydigan elementlar to‘plami, Map esa kalit-qiymat juftliklari.

2. List.generate() qanday ishlaydi va qachon foydali?
- Dinamik ro‘yxat yaratadi: List<int> numbers = List.generate(5, (index) => index * 2); // [0, 2, 4, 6, 8].

3. Dart’da List ga oldindan hajm belgilash xotira sarfini qanday optimallashtiradi?
- List.filled(100, 0) yoki List.withCapacity() bilan ro‘yxat kengayishi oldini oladi.

4. Set da elementlarning yagona bo‘lishi qanday ta’minlanadi?
- Set ichki hashCode va == operatorlaridan foydalanadi: Set<int> unique = {1, 2, 2}; // {1, 2}.

5. Dart’da Map da kalit sifatida custom obyektlardan foydalanish uchun nimalarni hisobga olish kerak?
- hashCode va == metodlarini qayta aniqlash kerak: class Key { @override bool operator ==(Object other) => ... }.

6. List dan Set ga yoki aksincha o‘tkazish qanday amalga oshiriladi?
- List.toSet() yoki Set.toList(): List<int> list = [1, 2, 2]; Set<int> set = list.toSet(); // {1, 2}.

7. Dart’da List ni deep copy qilish uchun qanday yondashuvlardan foydalanasiz?
- List.from() yoki map bilan: List<int> copy = original.map((e) => e).toList();.

8. Map ni JSON ga aylantirish yoki aksincha qanday amalga oshiriladi?
- jsonEncode(map) va jsonDecode(json) bilan: Map<String, dynamic> map = jsonDecode('{"key": "value"}');.

9. Dart’da Iterable nima va u kolleksiyalar bilan qanday ishlaydi?
- Iterable kolleksiyalar uchun umumiy interfeys: List<int> list = [1, 2, 3]; Iterable<int> iter = list;.

10. List da binary search qanday qo‘llaniladi va bu qanday optimallashtiradi?
- Tartiblangan ro‘yxatda binarySearch ishlatiladi: list.indexWhere((e) => e >= target, start).


🚀 @ITwithBobur
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vanihoyat yangi applarim publish bo'ldi😰 20 kundan oshib ketdi menimcha o'rnatib ishlatib ko'rishlaringiz mumkin
👍7🔥1🆒1
Forwarded from IT with Bobur👨‍💻
Vanihoyat kutgan kunlarimiz keldi!

Shanba kuni, soat 21:00 da, biz bilan birga Akmaljon ustoz (@itwithakmaljon) ishtirokida podcast suhbat bo‘lib o‘tadi! 🎙

Savollar va takliflaringizni komentariyada kutamiz! 👇
43🔥2🤯2
Forwarded from Samandar Ahadjonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dartdosh #podcast

🤔 O'zbekistonda Rekruiterlarga oson emasmi?

Dartdosh podkastining bugungi sonida tajribali HR Muborak Babayeva bilan suhbat qurdik.

Suhbat davomida:
- Xodim qidirish va topishdagi qiyinchiliklar
- Dasturchilardagi rekruiterlarga nisbatan e'tirozlar
- Ishga topshirishdagi e'tibor qilinishi shart bo'lgan holatlar
- Rezyume va ijtimoiy profilllarni yuritish bo'yicha yo'riqlar
- Ish suhbatidan oson o'tish yo'llari
- Umumiy xatolar, kamchiliklar va yutuqlar

borasida tahliliy va tanqidiy ohangda dardlashdik.

🔗 Podkast uchun havola: https://youtu.be/bOkMgJsh2Ko?si=mmgG9DABRzhjRusn

P.s: Postni tarqatishni va videoga like bosib, izoh yozishni unutmang.

@ahadjonovss
🔥7
Akmaljon Abdirakhimov bilan suhbat
IT with Bobur👨‍💻
Shanba kungi @itwithakmaljon bilan bo'lgan interview audiosi vaqtingiz bo'lsa ko'rib chiqing juda foydali bo'lgan
👍5🔥4
Assalomu Alaykum amaliyot uchun flutter dasturchi qidirlmoqda TezkorOnline proekt yaqinda production ga chiqqan yangi narsalar qoʻshilishi kerak yaxshi tajriba orttirsa boʻladi, kandidat
Bloc,Cubit,Rest Api bilan ishlay olishi kerak.
Bogʻlanish uchun:@Shohbozbek_dev
👍11🔥1👌1
🔄 Flutter’da ValueListenableBuilder — setState'ga yengil alternativ!

Ko‘p hollarda setState ishlatamiz. Lekin kamroq resurs talab qiladigan, toza va reaktiv usul bormi?
Ha – bu ValueListenableBuilder!

🧠 U nima qiladi?
ValueListenableBuilder – bu ValueNotifier ga ulangan widget.
U value o‘zgargan zahoti UI’ni avtomatik rebuild qiladi.

📦 Misol:

final counter = ValueNotifier<int>(0);

ValueListenableBuilder<int>(
valueListenable: counter,
builder: (context, value, _) {
return Text('Qiymat: $value');
},
);


ElevatedButton(
onPressed: () => counter.value++,
child: Text('+'),
);


Real hayotdagi ishlatilish:
ValueNotifier ni global yoki shared joyda saqlasangiz, uni bir nechta page/screen larda ishlatishingiz mumkin.
📌 Masalan:

Foydalanuvchi profile photo yoki full nameni o‘zgartirsa — asosiy ekran, drawer va settings sahifalarida avtomatik yangilanadi!
theme, language, yoki badge count kabi o‘zgarishlar uchun juda qulay.

🧩 Qachon ishlatish kerak?

setState bilan ishlash og‘ir bo‘lsa
Kichik interaktiv o‘zgarishlar (toggle, counter, like, theme, form)
Provider, Bloc ishlatmasdan yengil state kerak bo‘lsa

Eng oddiy state management!

Boshqa murakkab arxitekturalarsiz:
ValueNotifier – qiymatni saqlaydi
ValueListenableBuilder – qiymat o‘zgarsa UI’ni yangilaydi

@ayubxondevapps
👍4🔥4😁2😎1