Buxgalteriya va soliq
906 subscribers
140 photos
38 videos
7 files
199 links
📰 Buxgalteriya, soliq sohasidagi dolzarb va muhim yangiliklar...
Download Telegram
2023 йил олти ойида текширишлар ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 40 фоизга камайган.

Яъни, тадбиркорлар тўғри ишлаш “сояда ишлашдан” афзал эканини тушуниб етмоқда. Шунинг учун ҳам солиқ ҳисоботларини топшириш ва камерал текшириш натижалари бўйича молиявий жарималар қўллаш бекор қилинди.

Умуман, ўтган бир йилда кичик тадбиркорлар сони 40 мингтага кўпайди, ўрта тадбиркорлар сони 2 мингтага ошиб, 10 мингга етди. Йирик корхоналар сони эса бир йилда 400 тага кўпайиб, 1,5 мингта бўлди.

Берилган енгилликлардан фойдаланиб, бир йилда 155 та корхонанинг йиллик айланмаси 100 миллион доллардан ошди.

Киритилган йиллик хорижий сармоялар ҳажми эса илк бор 10 миллиард долларга етди.

Бўлиб ўтган очиқ мулоқотлардан кейин сўнгги икки йилда корхоналаримиз томонидан 25 миллиард долларлик маҳсулотлар экспорт қилинди ва аввал импорт қилинган 10 миллиард долларлик маҳсулотни ўзимизда ишлаб чиқариш йўлга қўйилди.

@Buhgalteriya_soliq
Тадбиркорнинг солиқ идоралари билан бўладиган барча низолари маъмурий суд ваколатига ўтказилади. Шунингдек, тадбиркорларнинг тўғридан-тўғри судга шикоят қилишидаги ҳар қандай чекловлар олиб ташланади.

Солиқ бўйича тадбиркорларга нисбатан даъво киритиш муддати ҳозирги 5 йилдан 3 йилга туширилади.

Бундан ташқари, солиқ ёки кредит қарзини ундириш бўйича суд қарори чиқарилганда, пеня ва фоизлар ҳисоблаш тўхтатилади.

Ҳозирги кунда тадбиркорлар 140 дан ортиқ ҳисобот доирасида 8 мингга яқин кўрсаткичларни 16 та давлат идорасига топширишга мажбур. Оқибатда 500 минг тадбиркор ҳар йили бундай турли ҳисоботларни тайёрлашга 300 миллиард сўм сарфламоқда.

Шу боис 2024 йил 1 январдан бошлаб:

- бир-бирини такрорловчи ва эскирган ҳисоботлар тугатилади;

- барча ҳисоботларни ягона электрон тизим орқали тақдим этиш йўлга қўйилиб, уларнинг қоғоз шакли бекор қилинади (ҳозирда 15 фоиз ҳисоботлар қоғозда топширилади).

@Buhgalteriya_soliq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kichik biznes uchun yengilliklar va soliq imtiyozlari

🔸Yakka tartibdagi tadbirkorlik – biznesning sodda va qulay shakli. Shu yilning oʻzida ular soni 58 mingga koʻpayib jami 246 mingga yaqinlashdi.

📊 Eng koʻp yakka tartibdagi tadbirkorlar Toshkent shahrida – 33 mingga yaqin. Samarqand viloyatida 28,5 mingta. Undan keyingi oʻrinlardan Fargʻona, Toshkent hamda Qashqadaryo viloyatlari joy olgan.

👉 Batafsil videolavhada

@Buhgalteriya_soliq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlik subyektlari soliq organlarida masofadan hisobga qo‘yiladi

💻 Tadbirkorlikka berilayotgan e'tibor, ro‘yxatdan o‘tkazishdagi qulayliklar natijasida ular soni ortib bormoqda. Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 59,7 mingta yuridik shaxs va 58 mingta YTT davlat roʻyxatidan oʻtib bir vaqtda soliq organlarida ham hisobga olindi.

📊 2022-yil tovar aylanmasi boʻyicha soliq to‘lovchilarning 492,4 mingtasi kichik, 8,6 mingtasi oʻrta va 1,4 mingtasi yirik tadbirkorlik subyektini tashkil etmoqda.

Oʻtgan 7 oy davomida tovar aylanmasi 10 mlrd soʻmdan oshgan oʻrta tadbirkorlik subyektlari 9622 tani tashkil etib, 1-yanvar holatiga nisbatan 1 024 taga koʻpaydi.

👉 Youtube orqali ko‘rish

@Buhgalteriya_soliq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari shakllanib qolishining oldini oladi.

@Buhgalteriya_soliq
Kanalimiz a'zolari ichida talabalikka qabul qilinganlar bormi ?
Anonymous Poll
45%
Ha albatta 😎
48%
Diplom umuman kerak emas 😏
7%
Rossiyaga ketaman ✈️
ОТМларда дарслар 4-сентябрдан бошланади. Метрога яқин 31та ОТМда дарс вақти ўзгарди

2023/2024 ўқув йили 4-сентябрдан бошланади.

Вазирлик пойтахт метрополитенида йўловчи оқимини тўғри тақсимлаш мақсадида метро бекатларига яқин 31та ОТМда дарс жараёнининг бошланиш вақт графигини ҳам тузиб чиқди.

@Buhgalteriya_soliq
🗓 Eslatma ❗️2023-yil 23-avgust

avgust oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).

@Buhgalteriya_soliq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

📎 Dasturga kiritilgan tadbirkorlar “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilib MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlaganda va ular jami ishchilar sonining kamida 20% ni tashkil qilganda mol-mulk va yer soligʻidan imtiyozlarga ega boʻladi.

♻️Fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi, ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

👉 Youtube orqali ko‘rish

@Buhgalteriya_soliq
Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari

2023-yil 1-avgust holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 430,9 mlrd so‘mlik 198 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi bo‘yicha - 197,3 mlrd so‘mlik 120 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 233,5 mlrd so‘mlik 73 ta;
🔸boshqa holatlar bo‘yicha - 5 ta.

Natijada:
▫️ 97,8 mlrd so‘mlik 17 ta murojaatda soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan (shundan 48,5 mlrd so‘mlik 13 tasi qisman);
▫️ 307,2 mlrd so‘mlik 162 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
▫️26 mlrd so‘mlik 19 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.

@Buhgalteriya_soliq
#raqamlashtirish #EHF

2023-yil 1-avgust holatiga 22,9 mlndan ortiq EHF orqali 865 trln so‘mdan ziyod tovar realizatsiyasi amalga oshirilgan

👉
Batafsil o'qing

@Buhgalteriya_soliq
Soliq mobil ilovasida iyul oyi uchun keshbekning butun miqdori toʻliq tasdiqlangandan so'ng to'lab beriladi.

Tasdiqlangan mablag'larni bank kartangizga joriy oyning 25-sanasidan keyin o'tkazishingiz mumkin.

@Buhgalteriya_soliq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tax gap” ва ҚҚС гувоҳномасини вақтинча тўхтатиш амалиёти тўлиқ бекор қилинди – Солиқ қўмитаси

Солиқ тизимда ҚҚС тўловини узилиши коэффициентини қўллаш, яъни “Tax gap” ва ҚҚС гувоҳномасини вақтинча тўхтатиб қўйиш амалиётини тўлиқ бекор қилинди, дейди Қўмита раисининг биринчи ўринбосари Мубин Мирзаев.

👉 https://kun.uz/79928255

@Buhgalteriya_soliq
⚡️Камбағал оила аъзосини иш билан таъминлаган тадбиркор мол-мулк ва ер солиқларидан озод қилинади

Камида 20 фоиз камбағал оила аъзосини бир йил давомида иш билан таъминласа, мол-мулк ва ер солиқларидан озод қилинади. Камбағал оила аъзоси даромад солиғидан озод қилинади. 5 миллион сўмгача иш ҳақи тўлаётган тадбиркорларга ижтимоий солиқ ставкаси 2 бараварга камайтирилади.  

@Buhgalteriya_soliq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq mobil ilovasida 1,5 trilliondan ortiq keshbek to‘landi

💳 Joriy yilning iyul oyida 2,6 mlndan ortiq iste'molchi tomonidan 151 mlrd so‘mga yaqin keshbek yig‘ilgan.

Shundan 1,6 mlndan ortiq iste'molchiga ayni paytda 86,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi. Ushbu iste'molchilar keshbek summalarini bank kartalariga o‘tkazib olishi mumkin.

🕰 Bugun yana 18 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘lab beriladi
.

📲 Soliq mobil ilovasining yangi versiyasini yuklab oling

@Buhgalteriya_soliq
1 сентябрдан юридик йўналишдаги ОТМларининг талабаларига ишлашга рухсат берилади

Президент фармони билан битирувчи курсдаги юридик олий таълим муассасалари талабаларига жорий йилнинг 1 сентябридан ўқишдан бўш вақтда адвокатнинг ёрдамчиси сифатида ишлашга рухсат берилади.

@Buhgalteriya_soliq
Xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan 7 oyda to‘langan soliqlar 10 trln so‘mdan oshdi

2023-yil yanvar-iyul oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 161 734 ta yuridik shaxs tomonidan 10,8 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 2,2 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 21,1 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 22,9 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 1,4 trln so‘mni tashkil etgan.

📊Ushbu 20 ta soliq to'lovchi tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

▫️QQS – 650 mlrd so‘m;
▫️
aksiz solig'i - 435,1 mlrd so‘m;
▫️foyda solig'i – 365,6 mlrd so‘m;
▫️
JShODS - 358 mlrd so‘m;
▫️
ijtimoiy soliq - 325,2 mlrd so‘m;
▫️mol-mulk solig‘i - 50,1 mlrd so‘m;
▫️yer solig‘i - 36,6 mlrd so‘m;
▫️boshqa soliqlar - 60,7 mlrd
so‘m
.

@Buhgalteriya_soliq
⚡️Мустақиллик байрами муносабати билан пенсия тўловлари олдиндан тўлаб берилади.

Пенсия ва нафақа тўловларини нақд пулсиз (банк карта) шаклда олувчи фуқароларнинг жорий йил сентябрь ойи учун пенсия ва нафақалари 2023 йил 29-31 август кунлари уларнинг банк пластик карталарига ўтказиб берилади.

Нақд пул шаклида
пенсия ва нафақа олувчиларга тўловлар 2023 йил 4 сентябрь кун бошидан Халқ банки сайёр кассалари томонидан графикка мувофиқ амалга оширилади.

@Buhgalteriya_soliq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
31-avgust – 2023-yilda chop etilgan cheklarni tahrirlashning oxirgi kuni

2023-yil 17-avgustdan 31-avgustgacha
(31-avgust ham) 2023-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoniyati berilgan.

👉 Batafsil

@Buhgalteriya_soliq