Buxgalteriya va soliq
906 subscribers
140 photos
38 videos
7 files
199 links
📰 Buxgalteriya, soliq sohasidagi dolzarb va muhim yangiliklar...
Download Telegram
Энди бюджет тўловларини 17:00 дан кейин ҳам амалга ошириш имкони бўлади.

Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳамда Марказий банк ўртасида Ягона ғазна ҳисобварағи орқали бюджет тўловларининг 24/7 режимида ишлаш тартиби жорий этилди.

Бунда, тушумлар, солиқ даромадлари ва аҳоли томонидан амалга оширилган тўловларнинг келиб тушиши ва харажатларнинг амалга оширилиши дам олиш ва байрам кунлари, тонг ёки тун бўлишидан қатъи назар 24/7 режимда онлайн таъминланади.

Бу эса ўз навбатида, аҳоли томонидан тўланган тўловларни тегишли бюджет ташкилотларида ўз вақтида кўриш имкониятини яратади.

Мисол учун, шанба ёки банк иш куни соат 17:00 дан сўнг тўланган контракт тўловлари ҳам тегишли университет шахсий ғазна ҳисобварақларига кирим қилиниши таъминланади. Шу билан бирга, бюджет тўловлари ҳам шу тартибда амалга оширилади.

@Buhgalteriya_soliq
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida quyidagilar belgilanmoqda:

▫️nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda kreditlarning foiz stavkasini qoplashga kompensatsiya ajratiladi;

▫️kelasi yildan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosilni sug‘urtalashda sug‘urta mukofotining 50%i miqdorida subsidiya beriladi;

▫️QQSni to‘liq qaytarish tizimi xorijiy turistlar hamda tur-operatorlarga ko‘rsatilgan xizmatlar hisobidan kengaytiriladi;

▫️Xorazmning Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi;

▫️1-oktabrdan sharoiti og‘ir har bir oila bo‘yicha alohida “ijtimoiy xizmat ishi"ni yuritish tartibi joriy etiladi va boshqalar.

@Buhgalteriya_soliq
Таълим харажатлари солиққа тортилмайди. Имтиёздан қандай фойдаланиш мумкин?

Боғча, мактаб, коллеж, лицей ва олийгоҳ каби таълим масканларида ўқиш учун сарфланган маблағлар даромад солиғидан озод қилинган. Имтиёздан фойдаланиш ва уни олиш учун маълум талаблар бор. Kun.uz видеошарҳида бу имтиёздан кимлар фойдалана олиниши ва тўланган даромад солиғини қандай қайтариб олишни тушунтиради.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ

@Buhgalteriya_soliq
🔰 Умумий қурилиш ишларини бажариш фаолияти билан шуғулланаётган ҳамда камида 3 нафар ходимни ёллаган якка тартибдаги тадбиркорга меҳнат қуроллари ва асбоб-ускуналар сотиб олишга субсидия ажратилиши белгиланган.

Бунда, субсидия миқдори битта ходим учун БҲМнинг 15 бараваридан (4 млн 950 минг сўмдан) ошмаслиги лозим.

☑️ Шунингдек, ЯТТларга умумий қурилиш ишларини бажариш учун 5 нафаргача ходим ёллашга рухсат этилган.

@Buhgalteriya_soliq
❗️Энди дам олиш кунлари кўпроқ бўлади

Бундан буён Ўзбекистонда байрам календарь дам олиш кунига (шанба ёки якшанба) тўғри келса, кейинги иш куни (душанба) ҳам расман дам олиш куни ҳисобланади.

Айтайлик, агар 8 март якшанба кунига тўғри келса, у ҳолда расмий байрамлар 8 ва 9 март кунлари бўлади. Мазкур ўзгартириш Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексига киритилди.

@Buhgalteriya_soliq
🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-sentabr

Avgust oyi uchun:

Hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni

(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni

(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).

@Buhgalteriya_soliq
10 млн сўмдан юқори бўлган солиққа оид ҳуқуқбузарликлар фақат суд оқали кўрилади

Солиқ қўмитасининг Стратегик ривожлантириш бошқармаси бошлиғи Даврон Бобожановнинг маълум қилишича, жорий йилнинг 1-октябрдан тадбиркорлик субъектларига миқдори 10 млн сўмдан юқори бўлган солиққа оид ҳуқуқбузарликлар учун, агар тадбиркорлик субъекти ҳуқуқбузарликни инкор этса, молиявий санкциялар фақат суд тартибида қўлланилади. 

@Buhgalteriya_soliq
Крипто-активлар айланмаси соҳасида лицензиялаш ва рухсат бериш тартиб-таомиллари такомиллаштирилади

Президент томонидан имзоланган қонун (ЎРҚ–866, 06.09.2023 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди.

“Давлат божи тўғрисида”ги қонунга киритилган ўзгартиришга кўра, крипто-активлар айланмаси соҳасидаги хизматлар провайдерлари фаолиятини амалга ошириш учун лицензия олаётган юридик шахслар давлат божини Истиқболли лойиҳалар миллий агентлиги томонидан белгиланадиган миқдорда ва тартибда тўлайди.

➡️ Шунингдек, “Лицензиялаш, рухсат бериш ва хабардор қилиш тартиб-таомиллари тўғрисида”ги қонунга киритилган ўзгартиришга кўра, майнинг фаолиятини амалга ошириш учун рухсатнома Истиқболли лойиҳалар миллий агентлиги томонидан берилади.

@Buhgalteriya_soliq
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlari uchun MXIKlar ro‘yxati yangilandi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro‘yxati tasdiqlandi. 👉VMQ 447-son 04.09.2023 yil

Mazkur qarordan kelib chiqib, Mahsulotlar (tovar va xizmat)larning yagona elektron milliy katalogida ushbu soha xizmatlariga biriktirilgan MXIKlar inventarizatsiyadan o‘tkazildi.

Inventarizatsiya natijasida kodlar strukturasi va tuzilishi o‘zgartirildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi MXIKlarning yangilangan ro‘yxati Katalogga joylashtirildi. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab undan foydalanish majburiy bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, hozirda nazorat-kassa texnikalarida amal qilayotgan kodlarni belgilangan sanagacha qayta tekshirib chiqish hamda taklif etilayotgan kodlarga o‘zgartirish tavsiya etiladi.

📞Savollar va takliflar bo‘yicha 71-202-32-32 raqami orqali katalog Operatoriga murojaat qilishingiz mumkin.

@Buhgalteriya_soliq
AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotiga kiritiladi;
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.

@Buhgalteriya_soliq
⚡️Ўзбекистонда ичимлик ва оқова сув нархлари 2 баробар қимматлашиши кутилмоқда

Жумладан, ичимлик суви нархлари (1 метр куб) аҳоли учун ҳозир 750 сўмдан 1500 сўмгача кўтарилади.

Оқава сув учун нархлар ҳам худди шу миқдорларни ташкил этади.

Бюджет ташкилотлари учун нархлар 1200 сўмдан 2400 сўмгача кўтарилади. 

Улгуржи ташкилотлар учун сув нархи 1800 сўмдан 3800 сўмгача ошади.

@Buhgalteriya_soliq
🗓 Eslatma 20-sentabr avgust oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni (SK 273-modda 1-2 qismlar)

- Avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni (SK 345-modda 5-qismi)

@Buhgalteriya_soliq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kam ta'minlangan oilalarga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

🛒 Joriy yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan 5 turdagi mahsulotlarni (qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, mol goʻshti, tuxum hamda oʻsimlik yogʻi) sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.

Ayni paytgacha 84 714 nafar iste'molchiga 3 mlrd 652 mln so‘mdan ortiq ijtimoiy keshbek to‘lab berildi.

Xususan:
🔸 May oyi uchun 22 159 nafar fuqaroga 1,1 mlrd so‘m;
🔸 Iyun oyi uchun 30 613 nafar fuqaroga 1,3 mlrd so‘m;
🔸 Iyul oyi uchun 31 942 nafar fuqaroga 1,2 mlrd so‘m.

📲Avgust oyi cheklari uchun keshbek sentabr oyining 25-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi.

🧾 Keshbek olish uchun Soliq mobil ilovasida xarid chekining QR-kodini skaner qilish lozim.

@Buhgalteriya_soliq
🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 25-sentabr

sentabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).

❗️
Izoh. Avvalroq foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirilgani haqida xabar berilgan edi.

Soliq toʻlovchi har chorak birinchi oyining 15-sanasidan kechiktirmay boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega.
👉Soliq kodeksining 340-moddasi

Shunga koʻra, joriy chorak uchun umumiy daromadi 5 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan 15-iyulgacha maʼlumotnoma taqdim etilgan.

Shu munosabat bilan, sentabr oyi uchun soliq to'lovi III chorak uchun taqdim etilgan ushbu ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Oktabr oyidan boshlab umumiy daromadi 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar foyda soligʻi boʻyicha bo‘nak toʻlovlarini amalga oshiradi.

@Buhgalteriya_soliq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.

@Buhgalteriya_soliq
Jismoniy shaxslar yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim
👉 SK 440-modda

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini to‘laydi
👉 SK 433-modda

@Buhgalteriya_soliq
Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim. 👉 SK 423-modda

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
▫️uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
▫️daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari;
▫️qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar;
▫️koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari;
▫️boshqa imoratlar, binolar va inshootlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini to‘laydi. 👉 SK 418-modda

👉2023-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari

@Buhgalteriya_soliq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏘 Kimlar 60 kv.m doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan?

▫️10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalardan biri;
▫️pensionerlar;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar.

Mazkur imtiyoz mulkdorning tanloviga koʻra faqat bitta yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk obyektiga tatbiq etiladi. 👉SK 421-modda

❗️Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini 15-oktabrga qadar to‘lashi lozim. 👉SK 423-modda

🎞 YouTube'da ko‘rish

@Buhgalteriya_soliq
🗓 Eslatma ❗️2023-yil 3-oktabr

2023-yil uchun:


- qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizini toʻlashning oxirgi kuni

@Buhgalteriya_soliq
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-oktabr

sentabr oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 октября 2023 года последний день

за сентябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads