Buxgalteriya va soliq
968 subscribers
140 photos
38 videos
7 files
199 links
📰 Buxgalteriya, soliq sohasidagi dolzarb va muhim yangiliklar...
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq mobil ilovasida 1,5 trilliondan ortiq keshbek to‘landi

💳 Joriy yilning iyul oyida 2,6 mlndan ortiq iste'molchi tomonidan 151 mlrd so‘mga yaqin keshbek yig‘ilgan.

Shundan 1,6 mlndan ortiq iste'molchiga ayni paytda 86,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi. Ushbu iste'molchilar keshbek summalarini bank kartalariga o‘tkazib olishi mumkin.

🕰 Bugun yana 18 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘lab beriladi
.

📲 Soliq mobil ilovasining yangi versiyasini yuklab oling

@Buhgalteriya_soliq
1 сентябрдан юридик йўналишдаги ОТМларининг талабаларига ишлашга рухсат берилади

Президент фармони билан битирувчи курсдаги юридик олий таълим муассасалари талабаларига жорий йилнинг 1 сентябридан ўқишдан бўш вақтда адвокатнинг ёрдамчиси сифатида ишлашга рухсат берилади.

@Buhgalteriya_soliq
Xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan 7 oyda to‘langan soliqlar 10 trln so‘mdan oshdi

2023-yil yanvar-iyul oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 161 734 ta yuridik shaxs tomonidan 10,8 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 2,2 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 21,1 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 22,9 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 1,4 trln so‘mni tashkil etgan.

📊Ushbu 20 ta soliq to'lovchi tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

▫️QQS – 650 mlrd so‘m;
▫️
aksiz solig'i - 435,1 mlrd so‘m;
▫️foyda solig'i – 365,6 mlrd so‘m;
▫️
JShODS - 358 mlrd so‘m;
▫️
ijtimoiy soliq - 325,2 mlrd so‘m;
▫️mol-mulk solig‘i - 50,1 mlrd so‘m;
▫️yer solig‘i - 36,6 mlrd so‘m;
▫️boshqa soliqlar - 60,7 mlrd
so‘m
.

@Buhgalteriya_soliq
⚡️Мустақиллик байрами муносабати билан пенсия тўловлари олдиндан тўлаб берилади.

Пенсия ва нафақа тўловларини нақд пулсиз (банк карта) шаклда олувчи фуқароларнинг жорий йил сентябрь ойи учун пенсия ва нафақалари 2023 йил 29-31 август кунлари уларнинг банк пластик карталарига ўтказиб берилади.

Нақд пул шаклида
пенсия ва нафақа олувчиларга тўловлар 2023 йил 4 сентябрь кун бошидан Халқ банки сайёр кассалари томонидан графикка мувофиқ амалга оширилади.

@Buhgalteriya_soliq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
31-avgust – 2023-yilda chop etilgan cheklarni tahrirlashning oxirgi kuni

2023-yil 17-avgustdan 31-avgustgacha
(31-avgust ham) 2023-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoniyati berilgan.

👉 Batafsil

@Buhgalteriya_soliq
🗓 2023_йил_1_сентябрдан

▶️ Қонунчиликка кўра, босқичма-босқич замонавий жиҳозланган кутубхоналар ва кинотеатрлар ташкил этилади.

Шунингдек, мусиқа чолғучилиги ва ашула ижрочилиги бўйича пуллик махсус курсларда ўқитиш тизими жорий этилади.

@Buhgalteriya_soliq
Бугун барча ходимлар ишдан камида 1 соат олдин чиқиб кетиш ҳуқуқига эга.

Бу Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 187-моддасида назарда тутилган.

@Buhgalteriya_soliq
#Лирик_тайм

❗️"Ҳайп" ми ёки виждонли ҳоким?

Навоий вилояти Конимех тумани ҳокими Рўзиев Руслан ўзига ўзи жарима жазоси тайинлади!

Ҳоким ўзини ўзи иш ҳаққисининг 30% миқдорида жаримага тортган.

Шу ҳақда чиқарган буйруқда ўзига юклатилган вазифаларни лозим даражада бажармаганлиги ва хизмат вазифаларига лоқайдлик билан қараганлиги қайд этилган

@Buhgalteriya_soliq
1-kurslarga shartnomasiz ham 2 oylik ijara to'lab beriladi

1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;

Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi.

@Buhgalteriya_soliq
SOLIQ TAQVIMI_SENTABR_2023.pdf
177.4 KB
🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil sentabr oyi uchun kalendari

@Buhgalteriya_soliq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YATT

💢 Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?
💢 Ro‘yxatdan o‘tishda qancha davlat boji to‘lanadi?
💢 Necha nafargacha xodimlarni ishga olishi mumkin?

🎞 Youtubeda ko‘rish

@Buhgalteriya_soliq
Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

Professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga
jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023
👉Soliq kodeksi 378-modda

Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.


Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin.

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.


Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak.

Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi.

👉 JShODS imtiyozlarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizom

@Buhgalteriya_soliq
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar

🗓 2023-yil 1-sentabr holatiga O‘zbekistonda YTTlar 247 505 tani tashkil etgan.

Shundan:
83,2% – qat'iy miqdorda daromad solig‘i to‘lovchi;
15,9% – AOS to‘lovchi;
0,9% – QQS to‘lovchi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sohalarda faoliyat yuritadi?

🔹chakana savdo – 120 444;
🔹hunarmandchilik – 24 885;
🔹maishiy xizmat koʻrsatish – 23 354;
🔹boshqa faoliyat turlari – 78 822.

Yil boshidan buyon 66 448 yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tgan.

👉Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

@Buhgalteriya_soliq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuridik shaxslarning ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish bo‘yicha videoqo‘llanma

@Buhgalteriya_soliq
Soliq qo‘mitasiga sakkiz oyda 37 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan

Soliq qo‘mitasi markaziy apparatida 2023-yil yanvar-avgust oylarida elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar 37 136 tani tashkil etdi.

Shundan:
🔹elektron – 32 377 ta (87,2%);
🔹ogʻzaki – 3 049 ta (8,2%);
🔹yozma – 1 710 ta (4,6%).

📍Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hududlar:
🔸Toshkent shahri – 11 698 ta (31,5%);
🔸Samarqand viloyati – 3 422 ta (9,2%);
🔸Toshkent viloyati – 3 342 ta (9%);

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali 7 682 ta murojaat yoʻllangan. Shundan 7 638 tasiga javob berilgan. Yana 3 ta murojaat o‘rganish jarayonida.

@Buhgalteriya_soliq
Call-markaziga avgust oyida 66 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2023-yil avgust oyida
Soliq qo'mitasi Call-markazi (1198) ga 66 592 ta murojaat yo‘llangan.

Soliq to‘lovchilar kesimida:
🔹jismoniy shaxslar – 34 989 tа;
🔹yuridik shaxslar – 30 312 tа;
🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar – 1 237 tа;
🔹fermer va dehqon xo‘jaliklari – 54 tа.

📍
Hududlar kesimida:
📈eng ko‘p Toshkent shahri – 28 196 ta;
📈eng kam Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi – 20 ta.

@Buhgalteriya_soliq
Энди бюджет тўловларини 17:00 дан кейин ҳам амалга ошириш имкони бўлади.

Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳамда Марказий банк ўртасида Ягона ғазна ҳисобварағи орқали бюджет тўловларининг 24/7 режимида ишлаш тартиби жорий этилди.

Бунда, тушумлар, солиқ даромадлари ва аҳоли томонидан амалга оширилган тўловларнинг келиб тушиши ва харажатларнинг амалга оширилиши дам олиш ва байрам кунлари, тонг ёки тун бўлишидан қатъи назар 24/7 режимда онлайн таъминланади.

Бу эса ўз навбатида, аҳоли томонидан тўланган тўловларни тегишли бюджет ташкилотларида ўз вақтида кўриш имкониятини яратади.

Мисол учун, шанба ёки банк иш куни соат 17:00 дан сўнг тўланган контракт тўловлари ҳам тегишли университет шахсий ғазна ҳисобварақларига кирим қилиниши таъминланади. Шу билан бирга, бюджет тўловлари ҳам шу тартибда амалга оширилади.

@Buhgalteriya_soliq
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida quyidagilar belgilanmoqda:

▫️nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda kreditlarning foiz stavkasini qoplashga kompensatsiya ajratiladi;

▫️kelasi yildan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosilni sug‘urtalashda sug‘urta mukofotining 50%i miqdorida subsidiya beriladi;

▫️QQSni to‘liq qaytarish tizimi xorijiy turistlar hamda tur-operatorlarga ko‘rsatilgan xizmatlar hisobidan kengaytiriladi;

▫️Xorazmning Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi;

▫️1-oktabrdan sharoiti og‘ir har bir oila bo‘yicha alohida “ijtimoiy xizmat ishi"ni yuritish tartibi joriy etiladi va boshqalar.

@Buhgalteriya_soliq
Таълим харажатлари солиққа тортилмайди. Имтиёздан қандай фойдаланиш мумкин?

Боғча, мактаб, коллеж, лицей ва олийгоҳ каби таълим масканларида ўқиш учун сарфланган маблағлар даромад солиғидан озод қилинган. Имтиёздан фойдаланиш ва уни олиш учун маълум талаблар бор. Kun.uz видеошарҳида бу имтиёздан кимлар фойдалана олиниши ва тўланган даромад солиғини қандай қайтариб олишни тушунтиради.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ

@Buhgalteriya_soliq
🔰 Умумий қурилиш ишларини бажариш фаолияти билан шуғулланаётган ҳамда камида 3 нафар ходимни ёллаган якка тартибдаги тадбиркорга меҳнат қуроллари ва асбоб-ускуналар сотиб олишга субсидия ажратилиши белгиланган.

Бунда, субсидия миқдори битта ходим учун БҲМнинг 15 бараваридан (4 млн 950 минг сўмдан) ошмаслиги лозим.

☑️ Шунингдек, ЯТТларга умумий қурилиш ишларини бажариш учун 5 нафаргача ходим ёллашга рухсат этилган.

@Buhgalteriya_soliq