Bugun Uchqo‘rg‘onda
13.9K subscribers
7.9K photos
9.12K videos
3 files
3.23K links
🇺🇿Учқўрғон ҳақида энг сўнги янгиликлар, воқеа, ходисалар, бошқа ерда умуман учрамайдиган қизиқарли маълумотлар

Админ билан боғланиш учун
+998770291188

@rasulbek1188
Download Telegram
Forwarded from Bizning Namangan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
65-Xalqaro Gullar festivali: yangi rekordlar bilan yakunlandi.

Namangan 50 kun davomida dunyo e'tiborida bo‘ldi!

Bu davrda viloyat 1 million 100 mingdan ortiq xorijiy va 7,5 milliondan ziyod mahalliy sayyohni qabul qildi.

Festival dasturi esa kutilganidan ham keng ko‘lamli bo‘ldi. Rejalashtirilganidan ikki barobar ko‘p — 300 dan ortiq madaniy-ma'rifiy tadbirlar, xalqaro anjuman va forumlar, sport musobaqalari hamda konsert dasturlari tashkil etildi.

Natijalar esa raqamlarda yaqqol aks etdi. Festival kunlarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 8 trillion so‘mdan oshdi. Eng muhimi, viloyat aholisi 300 milliard so‘mdan ortiq qo‘shimcha daromadga ega bo‘ldi.

Gullar ifori, yorqin shoular, betakror kompozitsiyalar, samimiy mehmondo‘stlik va unutilmas lahzalar... Bularning barchasi 65-Xalqaro Gullar festivalini yana bir bor dunyo e'tiboridagi yirik turizm va madaniyat bayramiga aylantirdi.

65-Xalqaro Gullar festivali yakunlandi. Ammo Namangan yaratgan taassurotlar va qo‘lga kiritilgan yutuqlar hali uzoq yillar yodda qoladi!

@bizningnamangan
6👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Фазлиддин Эркинбоевдан техник нокаут

-80 кг вазнда юртимиз шарафини ҳимоя қилаётган, Фазлиддин Эркинбоев ярим финал жангида ҳам муддатидан аввал ғалабани қўлга киритди.

У хитой тайпейилик Син Хон Ченгни 2 раундда техник нокаут билан мағлуб этди ва финалга йўл олди!
👍189
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston metallurgiya kombinatining Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ввел в строй Литейно-прокатный комплекс Узбекского металлургического комбината.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2
Namanganda tadbirkorlar uchun bepul biznes-trening

25–26-iyul kunlari TBC Bank Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) bilan hamkorlikda Namanganda kichik va o‘rta biznes vakillari uchun bepul ikki kunlik trening o‘tkazadi.

Trening davomida ishtirokchilar ekspertlar bilan birgalikda haqiqiy biznes keyslarini tahlil qiladi, amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadi hamda biznesni rivojlantirish va qarorlarni ishonch bilan qabul qilishga yordam beruvchi vositalarni o‘rganadi.

Dasturdan o‘rin olgan mavzular:
• moliyaviy tahlil va pul oqimini boshqarish;
• biznes strategiyasini ishlab chiqish;
• marketing va yangi mahsulotlarni bozorga chiqarish;
• CRM va CJM yordamida mijozlarni jalb qilish;
• biznesda sun’iy intellektdan foydalanish;
• jamoani boshqarish va yetakchilik.

Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram-bot: @TBCtadbirbot.

Loyiha TBC Bank tomonidan YETTB bilan hamkorlikda, Shveytsariya hukumati ko‘magida, YETTBning kichik biznesga ko‘maklashish jamg‘armasi doirasida amalga oshirilmoqda.
1
📢 ЭЪЛОН!

2026 йил 14 - июль куни “Тоза ҳудуд” ДМ Учқўрғон тумани филиали томонидан ҳудудларда санитария ва тозалик ишлари олиб борилади.

Хусусан, махсус техникалар қуйидаги маҳаллаларда хизмат кўрсатади:
Истиқбол, Ёшлик, Туркистон, Қумтуғон, Боғ кўча, Истиқлол, Саноат, Қўғай, Файзиобод, Каттамоғол.

♻️ Шу муносабат билан ушбу маҳаллалар аҳолисидан маиший чиқиндиларни белгиланган вақт ва тартиб асосида чиқариш сўралади.

🧹 Ҳудудимиз тозалиги — барчамизнинг масъулиятимиз!

Учқўрғон тумани
“Тоза ҳудуд” ДМ
5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
LUKS TAHOE HAMDA HONJIY XIZMATI

Энг муҳим ва унутилмас кунларингиз учун.

🔱 Premium автомашинаси.

💍 Тўй ва никоҳ маросимлари;
👶 Раддомдан олиб чиқиш;
🏛 ЗАГСга чиқиш;
🌟 Барча тантанали кунлар;
🔹 Юқори даражадаги комфорт;
🔹 Идеал тозалик ва нуфуз;
🔹 Профессионал хизмат;

Сиз муносиб бўлган даража — LUX

📞 Мурожаат учун: +998885206666

#reklama
5
Наманганда бўлиб ўтган 65-халқаро Гуллар фестивалининг ёпилиш маросими Учқўрғонликлар учун ҳам унутилмас воқеага айланди.

Тантанали маросимда Учқўрғон туманидаги Чек маҳалла фуқаролар йиғини “Энг гулзор маҳалла” номинацияси ғолиби деб топилиб, 75 миллион сўмлик мукофот билан тақдирланди. Бу эса маҳалла аҳлининг ободонлаштириш, кўкаламзорлаштириш ва ҳудудни янада чиройли қилиш йўлидаги меҳнатига берилган муносиб баҳодир.

Шунингдек, бугунги кунда мамлакатимиз озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш йўлида фидокорона меҳнат қилаётган ғаллакорлар ҳам эътибордан четда қолмади. Ғалла ўрим-йиғим мавсумида фаол иштирок этган фермер хўжаликлари раҳбарлари, комбайнчилар ва отряд раҳбарларига байрамона муҳитда эсдалик совғалари топширилди.

Меҳнаткаш инсонларга кўрсатилаётган бундай эътибор ва рағбат келгуси ютуқлар учун янада катта куч ва илҳом бағишлайди.
7👍5
Forwarded from NAMANGAN YOSHLARI
Uchqo‘rg‘on tumanida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

tumanidagi “Istiqlol”, “Istiqbol” hamda “Qog‘ay” mahallalarida yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan e’lon qilingan 47 ta tashabbusning ijrosi, “1 oy – 4 mahalla” tajriba loyihasi doirasida mahallalarni “Yoshlar mahallasi”ga aylantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yoshlar yetakchilarining hisobotlari, normativ-huquqiy hujjatlarni yuritish holati hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.


Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
🌿 Anomal issiqda o’zimiz va yashillikni asraylik!

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 13–17-iyul kunlari respublika hududiga janubdan o‘ta issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda havo harorati 44–46°C gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Anomal issiq havo insonlar bilan bir qatorda mamlakatimizdagi yashil hududlar, daraxtlar, butalar va hayvonot dunyosi uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi. Daraxtlarning qurib qolishi, yashil hududlarning zararlanishi hamda suv tanqisligi ekologik barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu munosabat bilan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimiz va mutasaddi tashkilotlarni ehtiyot choralariga qat’iy amal qilishga chaqiradi.

Xususan, yurtdoshlarimizga quyidagilar tavsiya qilinadi:

➡️ Kunning eng issiq vaqti – soat 11:00 dan 17:00 gacha imkon qadar ochiq havoda bo‘lmaslik;

➡️ Yetarli miqdorda suv iste’mol qilish, yengil va och rangli kiyimlar kiyish hamda quyosh nurlaridan himoyalanish;

➡️ Bolalar, yoshi ulug‘ insonlar va salomatligida muammosi bo‘lgan shaxslarga alohida e’tibor qaratish;

➡️ O‘rmonlar, dam olish maskanlari va boshqa yashil hududlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, ochiq olov yoqmaslik hamda yonuvchan chiqindilarni tashlab ketmaslik;

➡️ Xonadon va mahalla hududidagi qarovsiz qolgan daraxtlarga befarq bo‘lmaslik, ularni qurib qolishdan asrash choralarini ko‘rish;

➡️ Xonadonlar va mahallalardagi daraxt hamda butalarni erta tongda yoki kechqurun muntazam sug‘orish, tuproq namligini saqlash maqsadida ildiz atrofi tuprog‘ini yumshatish va imkoniyatdan kelib chiqib organik qoplama (mulcha) qo‘llash;

➡️ Daraxtlar va boshqa yashil hududlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan tiyilish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, kommunal xizmatlar, mahallalar, korxona va tashkilotlar hamda hududlardagi barcha mutasaddi tashkilotlarga esa quyidagi vazifalarni kuchaytirish tavsiya etiladi:

Aholi yashash punktlaridagi daraxtlar, butalar, gulzorlar va boshqa yashil hududlarning holatini doimiy monitoring qilish;

Yuqori harorat sharoitida daraxt va ko‘chatlarni agrotexnik talablar asosida, belgilangan grafiklarga muvofiq muntazam va o‘z vaqtida sug‘orish ishlarini tashkil etish;

Sug‘orish tarmoqlari, ariqlar va suv yetkazib berish infratuzilmasining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda mavjud nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etish;

Yangi ekilgan ko‘chatlar hamda qurib qolish xavfi yuqori bo‘lgan yashil hududlarni alohida nazoratga olib, qo‘shimcha parvarish ishlarini tashkil etish;

Suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalangan holda tomchilatib sug‘orish va boshqa suv tejovchi texnologiyalarni bosqichma-bosqich keng joriy etish;

Qurilish va ishlab chiqarish obyektlari atrofidagi daraxtlarni qurilish changi ta’siridan muhofaza qilish, zarurat tug‘ilganda ularning barglarini suv bilan yuvish hamda ildiz qismiga suvning erkin singishini ta’minlash;

Hayvonot dunyosi, ayniqsa, yovvoyi hayvonlar va qushlar uchun suv manbalarini saqlash, tabiiy hududlarda yong‘inlarning oldini olish hamda tabiat obyektlarini muhofaza qilish choralarini kuchaytirish.

🔰 Namangan viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Axborot xizmati
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Аҳоли мурожаатлари ижроси – доимий эътиборда

Учқўрғон туманида жорий йилнинг ўтган 6 ойи давомида аҳолидан энг кўп мурожаат келиб тушган ҳудудларда тизимли ишлар амалга оширилди.

Натижада туман бўйлаб қарийб 50 километр ички кўчалар асфальт-бетон қопламаси билан таъминланиб, аҳоли учун янада қулай ва хавфсиз ҳаракатланиш шароитлари яратилди.

Айни пайтда мазкур кўчаларда бажарилган ишлар сифатини янада ошириш мақсадида асфальт қирғоқларини бетонлаштириш ишлари изчил давом эттирилмоқда.

Обод ва фаровон маҳалла — аҳоли розилиги демакдир.
3👍1