Ro'zimuhammad’s blog
1 subscriber
28 photos
8 videos
16 links
Download Telegram
Hamma pullaringizni o’z ehtiyojlaringiz uchun sarflamang!

Bir qismini yomon vaqtlari uchun saqlab qo’ying.

Hozirda men ishsizman va 3 oydan beri Testing bo’yicha ish qidiryapman.

Menda ish topish uchun hech qanday bosimni xis qilmayapman.
Menda tanlash uchun vaqt bor.

Siz bilasizmi nima uchunligini?

Chunki, Men bir qancha pul saqlab qo’yganman oldinroq. U katta miqdorda emas. Men uni kirim sifatida ishlatish uchun yetadi.

Mana bu mening maslahatim siz uchun do’stim:
O’z pullaringizda bir qismini saqlab qo’ying, yomon vaqtlar uchun.

Oyiga 1000$ dan.

Sizda 1000$ yo’qmi? 100$ saqlang,
Sizda 100$ yo’qmi? 10$ saqlang,
Sizda 10$ yo’qmi? 1$ saqlang.

Oyiga 1$,
Ko’p insonlar bu ishni qila oladi.

1$ bilan siz o’zingizni kelajagingizni ta’minlay olmasligingiz mumkin,
To’g’rimi?
To’g’ri!, lekin…

Boshlanishi uchun miqdor muhim emas,
Boshlanishi uchun odat muhim,

Oyiga 1$ saqlar edingiz,
Keyin miqdor o’sdi oyiga 10$

Oyiga 10$ saqlar edingiz,
( va 10$ siz yashayapsiz )
Keyin miqdor o’sdi, oyiga 20$

Bu shunchaki pul jamg’arish uchun odat qurish.
Vaqt yaxshi miqdorni quradi yomon vaqtlari uchun...


Batafsil

@brosoftware
Agar siz zo‘r texnologik kompaniyaning bir qismi bo‘lishni istasangiz, unda sotishni yoki yaratishni bilishingiz kerak. Agar ikkalasini ham qilolmasangiz, O‘rganing.


The Almanack of Naval Ravikant kitobidan
1-IYUN – XALQARO BOLALAR KUNI


01.06.2025, Toshkent
Yaxshi kompaniya topdingmi? Endi savol boshqacha bo‘ladi…

Ko‘pchilik “Yaxshi kompaniya” orzusida yurgan bo‘ladi.

Vaqti keladi — sharoit zo‘r, maosh yaxshi, stack modern, ta’til bor.
Hammasi joyida, lekin biror narsa ichki holatingni ezadi

Kun o‘tadi — ilhom pasayadi.
Weekli meeting — og‘irlik qiladi.
Suhbatdan qochasan, shunchaki “task bajarish mashinasi” bo‘lib qolasan.

Bilasizmi nega?

Chunki:

Kompaniya — bu ish joyi.
Jamoa — bu insonlar.


Kompaniya seni ishga oladi.

Jamoa esa ushlab qoladi.
• Kompaniya huquqiy shartnoma taklif qiladi.
• Jamoa esa ishonch, hurmat va o‘zaro madaniyat quradi.
• Kompaniya processlarni o‘rnatadi.
• Jamoa esa o‘zaro ishonch asosida muammolarni hal qiladi.



Intervyudan chiqqaningda o‘zingdan so‘ra:

“Men bu odamlar bilan har kuni 8 soat ishlagim keladimi?”
Agar javob — yo‘q bo‘lsa, bu joy senga mos emas.



Yaxshi jamoada hatto oddiy kompaniya ham o‘sadi.
Lekin yomon jamoada hatto eng zo‘r kompaniya ham motivatsiyani o‘ldiradi.

Yaxshi jamoa — bu o‘zingni tutib tura oladigan, o‘rgana oladigan, qadr topadigan joy.
Shunday jamoada ishla. Shunday jamoa qur. Shu — haqiqiy kuch berarkan.


@mukhriddinweb
"Noto‘g‘ri" dasturlash tilini o‘rganayotganingizdan xavotirdamisiz? Xavotir olmang.

Chunki dasturchi muhandis sifatida shakllantiradigan asosiy ko‘nikmalar — bu har qanday dasturlash tilida qo‘llaniladigan universal qobiliyatlardir. Tilning sintaksisi biroz farq qilishi mumkin, ammo eng muhim ko‘nikmalar doimo bir xil bo‘lib qoladi:

• Muammolarni hal qilish qobiliyati
• Toza, oson tushuniladigan va biznes uchun qulay kod yozish
• Haqiqiy hayotdagi masalalarni hal qila oladigan loyihalarni to‘g‘ri tuzish

Bu ko‘nikmalar sizga istalgan dasturlash tilida foyda beradi.
Muhimi — siz o‘rganayotganingiz, amaliy tajriba orttirayotganingiz va tizimli fikrlashni rivojlantirayotganingizdir. Demak, yo‘lingiz to‘g‘ri.


@brosoftware
Forwarded from Dr. Algorithm
Ota, farzand va kitob

Avtobusda ketayotib ajoyib manzarani kuzatdim.

Ota farzandini aravachada olib ketmoqda, qoʻlida kitob.


Iroda - kitobni keyin oʻqirman, shartmi hozir oʻqishim, - desa boʻladi-ku. Otaning matonati, barcha "sabab"larni "bahona"ga aylantirganini qarang. Irodasiga qoyil qoldim.

Intizom - har birimizga vaqt kuniga 24 soat berilgan. Kimdir ishini ketma-ket reja qiladi. Shu sabab har bir ishga ketgan vaqtni yigʻsak 24 chiqadi. Kumdir ertalab turib: "Bugun nima qilmoqchi edim", - deydi. Uniki 16 chiqsa kerak. Rasmdagi otadek insonlarda ishlar parallel reja qilingan boʻladi. Bular kuniga 32 soat yashasa kerak.

Ota - farzandini maktabga olib borish faqat onalarning vazifasi emas. Otaning ham vazifasi. Rasmga qarab, oʻylanib qoldim. Yuqoridagi gapga yaxshi namuna ekan.

Eʼtibor bering, aravachada 2 ta bola.


- Mayli, man ishga ketdim. Bollarni bir nima qilarsan, - deb ketvorsa boʻladi -ku.

Xulosa qilib aytganda, hali bir-birimizdan oʻrganadigan narsa koʻp. Vaqtimizni qancha unumi qila olsak, shuncha oʻzimizga va yurtimizga yaxshi.

Kitob oʻqigan xalq kambagʻal boʻlib qolmaydi.


Oʻqiylik. Oʻrganaylik.

---

Kecha bitta yangilik oʻqib qoldim. AQSh va Xitoy oʻrtasida boj masalasi uzil kesil hal boʻlibdi. Endi Xitoy xalqi AQSh universitetlarida maxsus imtiyoz bilan oʻqishi mumkin. Xitoy oʻz xalqi AQShda oʻqishi uchun harakat qilmoqda. 10-20 yilda koʻrasiz, Xitoy taʼlimda ancha oldinga oʻtib oladi. Keyin hammamiz Xitoyga borib oʻqisak kerak, "MIT Chin" da.

12.06.2025 London
@DrAlgorithm
Forwarded from DanAds CA
🚀 PHP dasturchilar uchun amaliyot dasturi qanday o‘tganini bilmoqchimisiz?

👨‍💻DanAds CA 2024-yilda ilk bor PHP dasturchilar uchun stajirovka e’lon qildi va unga 250 nafardan ortiq nomzod ariza topshirdi. Ularning orasidan 7 nafar eng kuchli ishtirokchi tanlab olinib, 2 oy davomida amaliyot dasturidan o‘tishdi.

🧑‍💻Ofisda ular professional mutaxassislarimizdan mentorlik olib, real tajriba va bilimlarni amalda sinab ko‘rishdi.

💚Atmosfera shu qadar qiziqarli va ilhomlantiruvchi bo‘ldiki, ba’zi stajyorlar hatto ofisda tunab qolib, vazifalarni mukammal bajarishga intilishdi. Ular birlashib, haqiqiy jamoa ruhini his qilishdi.

💻 Eng quvonarlisi — 7 nafardan 2 ta amaliyotni qoyilmaqom darajada o‘tagan stajorlarimizni ish bilan ta’minladik.

📌 Batafsil fikrlarni karuselimizda o‘qing!

Bizga obuna bo‘ling va keyingi oqimning bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ish faoliyatimdagi eng yaxshi maslahat:

Har bir ishda yoki o‘rganishing, yoki pul topishing kerak.

Har ikkisi ham bo‘lishi zo‘r.
Agar ikkalasi ham bo‘lmasa - ishdan ket.


Garry Tan

@brosoftware
UzGeeks’da Vibe Coding kuni!

— Startaplar
— Vibe Coding vs Vibe Engineering
— SI Agentlar mardikorlik qiladi

Juda ajoyib mavzularda suhbat bo‘ldi.

@brosoftware