Brogrammist
1.2K subscribers
113 photos
11 videos
4 files
114 links
Veb-dasturlash bo'yicha kamtarona bilim va tajribalarimni ulashaman.

Konsultatsiya: https://connected.uz/x/DiyorbekSadullaev

Sayt: https://diyorbek.blog

YouTube: https://youtube.com/@brogrammistuz

Insta: https://instagram.com/brogrammistuz
Download Telegram
KISS - Keep It Simple, Stupid

Shuni qilish uchun "stupid" bo'lmaslik kerak.
🔥11😁11🎉1
Streamdan tashqari ham ancha progress qilgandim. Davom ettirish niyatim bor. Balki keyinroq stream emas, recap video chiqararman. Bo'sh vaqtingiz bo'lsa contribute qiling, chunki bu loyiha men o'ylagandan ancha katta va murakkab ekan.

https://github.com/diyorbek/canvas-native
🔥7👏1
Mana shu stack bilan Vibecoding uchun harajatlaringizni 0 ga tushirishingiz mumkin:

IDE - Google's AntiGravity
(100% tekin + student ID bo'lsa yanayam ko'proq imkoniyatlari bor)

AI Documentation - SuperDocs (100% tekin & open source)

Database - Supabase (Nano tarifi tekin, boshlab olish uchun yetarli)

Authentication - Supabase Auth, Stack Auth (10K usergacha tekin)

LLM (AI Model) - OpenRouter yoki Gemini AI Studio orqali.

Version Control - Github/Gitlab (ikkalasiyam tekin open source)

Deployment - Cloudflare yoki Vercel

Analytics - PostHog, Microsoft Clarity & Google Analytics

@mabrur_dev
🔥15👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Brauzer bir vaqting o'zida nechta "request" jo'nata oladi?

Shu maqola uchun tushuntirish
🔥17👍3
Agar siz junior dasturchi yoki talaba bo'lsangiz va AI karyerangizga qanday ta'sir qilishidan xavotirda bo'lsangiz, mana sizga 1-2 ta maslahat:

1. Informatika asoslarini yaxshilab o’rganing

Ma’lumot tuzilmalari va algoritmlar, “best practices”, tizim dizayni. Clean Code, Design Patterns kabi kitoblarni o'qing. Ma’lumotlar bazasi, operatsion tizimlar, “networking stack” ichki tuzilishini o'rganing — AI'ni o'qituvchi sifatida ishlating.

2. O'zingiz ko’proq kod yozavering, AI'ni asosan o'rganish uchun ishlating

Biror narsani birinchi marta qilayotgan bo'lsangiz, AI yozib bersin demasdаn o'zingiz yozing. AI'ni faqat “code review”, fikr almashish va muhokama sherigi sifatida ko’ring. Biror narsani birinchi marta o'zingiz qilib ko'rish, nima ishlaydi, nima ishlamaydi deb tushunishga urining — bu o'rganish uchun katta imkoniyat. AI kod yozib bersa, bu imkoniyat bo’lmaydi.

3. Kodni tez o'qish va “review” qilishni o'rganing

Ishoning yoki ishonmang, kodni o'qib tushunish ham alohida mahorat. Open source kutubxonalar va mashhur ilovalarning kodini o'qing, ularning strukturasini o'rganing, qaysi kutubxona nima uchun ishlatilgan, API'lar nega bunday dizayn qilingan deb savol bering. Kelajakda ko'p kodni AI yozadi, shu sababli kodni o'qish va review qilish eng muhim ishga aylanadi.

4. AI'dan o'z ishingizni review qilishda foydalaning

Intervyu, uyga vazifalar yoki kompaniya "take-home assignment"larida AI'dan foydalanishga ruxsat bo'lmasligi mumkin, lekin topshirgandan keyin ishlatishingizga hech narsa to'sqinlik qilmaydi. Aslida, hech qaysi inson barcha ishlaringizni sabr bilan ko'rib chiqmaydi, lekin AI ko'rib chiqadi. Boshlang'ichlar uchun AI coding mentor sifatida juda ko'p narsa beradi. GitHub Copilot yoki Claude Code'ga kod yozdirish o'rniga, u sizning codebaseni review qilishini so'rang.

5. Tanqidiy fikrlash va qaror qabul qilish o’rnini AI’ga berib qo'ymang

Yaxshi va yomon arxitekturani farqlash, qaysi kutubxona to'g'ri ekanini baholash — bularni o'zingiz qila olishingiz kerak. AI'ni tadqiqot va tahlil qilish, har xil usullarning ijobiy va salbiy tomonlarini keltirib berish uchun ishlating. Lekin baribir istalgan ishda yakuniy qarorni siz qabul qilishingiz kerak. Vaziyatni to’g’ri baholash ham bir mahorat.


Manba: Yangshun Tay
2👍23🔥6
Brogrammist
Yaxshi tool ekan https://www.faangtechleads.com/resume/review
Diyorbek Sadullaev Resume Review.pdf
188 KB
Mening rezyumeimga 7.2 qo'ydi. Asosiy kamchilik "quantifiable metrics" ekan. Ya'ni qilgan ishlarim ta'sir doirasini sonlarda ko'rsatish. Misol uchun, 10mln aktiv foydalanuvchilarga ta'sir qilgan bagni tuzatdim, men kititgan initsiativa orqali samaradorlik 40%ga oshdi kabi.

FYI: Bu tool reyumeyingiz formatini FAANG standartlarigan to'g'ri kelishi bo'yicha baholaydi. Agar sizga past baho bo'lsa, demak rezyume formatni to'g'lash kerak.
👍10
Reading AI generated code has the same effect as having written it yourself.

AI yozgan kodni o'qish, uni o'zingiz yozganingiz kabi bir xil ta'sirga ega.

Kyle Simpson
🎉11
Baribir JavaScript yaxshi tilda 🥲
😁23🤣7🤯5
Kamchiliklarni tan olish tanqiddan qutqaradi.
👏13👍7🔥4
😁33🤣15🔥1
#offtopic lekin dolzarb. Bu narsa borligi va jamiyat yemirilishi yoki yuksalishida ahamiyatga ega ekanini yodda saqlash kerak.
🔥15👍5
Brogrammist
Streamdan tashqari ham ancha progress qilgandim. Davom ettirish niyatim bor. Balki keyinroq stream emas, recap video chiqararman. Bo'sh vaqtingiz bo'lsa contribute qiling, chunki bu loyiha men o'ylagandan ancha katta va murakkab ekan. https://github.com/diyorbek/canvas…
Canvas Native loyihamning
requestAnimationFrame ni implementatsiya qiladigan joyiga keldim. Stream qilishga sharoit to'g'ri kelmayapti. Hech bo'lmasa update'larni yozib turay.

Raylib dan voz kechib, o'rniga SDL3 ni ishlatyapman. Raylibda ko'p narsalar abstraktsiya qilingani uchun ba'zi joylarda muammo tug'dirdi.