Forwarded from Orif Tolib
Iksmi yoki eks?
Matematikadagi x belgisini eks tarzida talaffuz etish uchrab turadi. Talaffuzdagi xato baʼzan yozuvga ham koʻchib oʻtishi mumkin. Belgi nomining toʻgʻrisi – iks.
Iks soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoni anglatadi:
1️⃣ Lotin alifbosida oxiridan uchinchi harf – x ning nomi.
2️⃣ Matematikada: shu harf bilan ifodalangan nomaʼlum miqdor.
Iks soʻzi matematikadan boshqa fanlarda ham ishlatiladi. Masalan, fizikada rentgen nurlari iks nurlar deb ham ataladi.
Iks soʻzining qiziq tarixi bor.
Nomaʼlum miqdorni harf bilan ifodalashni Sharq matematik olimlari, xususan, Al-Xorazmiy fanga olib kirgan. Ular buni arabcha shay (شيء) – narsa, buyum soʻzining bosh harfi – shin (ش) bilan ifodalaganlar.
Arab tilidagi matematik asarlar Ispaniyaga yetib borgach, tarjimonlar arabcha shin (sh) harfini oʻsha davrdagi qadimgi ispan tilida sh tovushini beruvchi x harfiga oʻgirganlar. Keyinchalik bu asarlar ispanchadan Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilingach, lotincha x belgisi oʻzgarishsiz qolgan. Fanda bu belgining aynan noma'lum miqdor sifatida mutlaq ommalashishi esa fransuz matematigi Rene Dekart nomi bilan bogʻliq. U 1637-yilda yozgan asarida nomaʼlum miqdorlar uchun alifbo oxiridagi x, y, z harflarini ishlatishni qoida sifatida kiritgan.
Bu harf ingliz tilida eks deb ataladi. Lekin oʻzbekchada matematika va boshqa fanlarda lotincha harf nomi – iks qoʻllanadi. Amaldagi oʻzbek lotin alifbosida esa bu harf xa deb nomlangan.
X belgisi rim raqami sifatida 10 sonini anglatadi.
@oriftolib | Sahifalarimiz

🔥5
Yaxshi dasturchi baribir qo'lda kod yozadi
Hatto kodning katta qismini Claude, Codex kabi agentlar yozgan bo'lsa ham. Chunki natijasini tushunmagan ishingizga ega chiqolmaysiz, natija uchun javob berolmaysiz. Bu shunchaki imkonsiz.
"Promptchi"lar agent bergan birinchi javobni shundoqqina qabul qiadi.
O'zlari qatorma-qator o'qib chiqmagan pull request'larni ochishadi.
Production ishdan chiqqanda esa qotib qolishadi, chunki nimani "merge" qilganini hech qachon tushunishmagan. Jamoa esa nima qanday buzilganini bilmay o'tiraveradi.
Juniorlar,
Qo'lda kod yozmaydigan junior hech qachon intuitsiya orttirmaydi.
Intuitsiya biror narsani noto'g'ri yozib, uning ishlamaganini ko'rib, xatoni anglab, o'z qo'lingiz bilan tuzatishdan paydo bo'ladi.
Bu bosqichni o'tkazib yuborsangiz, 3 yillik tajribaga ega, lekin asinxron koddagi bironta bagni tuzatib ko'rmagan "ko'r" dasturchi paydo bo'ladi.
Seniorlar,
Sizlarda ko'p kuzatadiganim:
❌ Agentda "toza"roq g'oya bor ekan, deb ishlab turgan modulni qaytadan yozish
❌ Simptoplar bilan kurarish va asl xatolikni yashiradigan "fix"ni merge qilish
❌ Agent aytgan kutubxonani tekshirmasdan, benchmark qilmasdan qo'shish
❌ AI ishonch bilan tushuntirgani uchun yechimni tasdiqlash
❌ AI ga ishonch bilan tushuntirgani uchun yechimni tasdiqlash
❌ Keraksiz murakkablik olib kirish.
Kuchli dasturchilar esa bunday qiladi:
✅ Merge qilishdan oldin kodni o'qiydi
✅ Agent sayoz yechim beryotgan murakkab qismlarni o'z qo'li bilan yozadi.
✅ Agent hisobga olmagan/ololmaydigan holatlarni tekshiradi, unga qanday qilish kerakligini aytadi.
✅ Taklif arxitekturaga mos kelmasa, uni rad etadi
✅ PR'dagi istalgan qatorni jamoadoshiga tushuntirib bera oladi
Dasturchilarga kod yozishgani uchun pul to'lashmaydi. Sizga biznes muammolarini hal qilganingiz uchun pul to'lanadi. Kod, bu ularni hal qilish usuli. AI agentlar esa IDE, debugger va linter yonidagi yana bitta instrument, xolos.
Hech kim kodni qo'lda yozganingizni yoki AI bilan yozganingizni so'ramaydi. Menejmentni kod ishlaydimi va bir yildan keyin jamoa uni qo'llab-quvvatlay oladimi, kabi savollar qiziqtiradi. Hammamiz kodni qo'lda yozishdan AI bilan yozishga o'tdik. Lekin unga javobgarlik va mas'uliyat joyida turibdi.
Agentlardan har kuni foydalanaman va ular bilan ishim tez bitadi. Oldin 1 kun yozadigan kodimni 1 soatda yozdiraman. Lekin tushunmasdan erishilgan tezlik, bu production'ga feature'lar bilan birga baglarni ham tez chiqarish degani.
Agar agent nima yozganini tushuntira olmasangiz, o'sha feature'ni siz qilmagansiz. Siz shunchaki agentga production uchun "access" bergansiz, xolos.
@brogrammist

🔥12👍3❤1
Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular ataylab o'zlarini "almashtirishga" oson qilib qo'yishardi (ya'ni, agar ishdan ketishsa, o'rniga kelgan odam ularning ishni bemalol davom ettira olardi). Chunki ular atrofidagilarni o'stirishardi (ya'ni, o'zlaring o'rnini bosadigan darajaga ko'tarilishiga yordam berishardi).
Bu narsa boshida yoqimsiz tuyuladi. Lekin bu - sizga murakkab muammolar ishonib topshirilishiga erishishning eng tez yo'li.

🔥32
Show me how a man treats his family AI agent, and I'll show you who he really is.
—
Odamni qandayligini uningoilasiga AI agentiga bo'lgan muomalasidan bilib olish mumkin.
—
Odamni qandayligini uning
1😁26👍2
Brogrammist
Aytgancha, AOT compilation - Ahead of Time compilation. Kompilyatsiya qilinadigan tillar shunaqa deyiladi. Masalan C, C++, Rust, Go. JavaScript interpretatsiya qilinadigan til bo'lib yaralgan. Lekin ECMA stardarti JavaScript engine'lar shunday ishlashi…
Shu haqida o'qib turinglar chunki AOT-compiled JS ga qiziqish kuchaygan oxirgi paytda.
Har holda twitter/X dagi muhokamalar kuchaygan va JS ni interpretatsiya emas KOMPILYATSIYA qiladigan engine'lar yasalayapti.
JIT emas, bevosita/to'g'ridan-to'g'ri kompilyatsiya qilish!

❤2👍1
RIP Deno.js 🥲
Node va Deno muallifi Ryan Dahl bugun butun jamoasi bilan Cloudflare'ga qo'shilyotganini e'lon qildi. Deno loyihasi yana 1 yil qo'llab-quvvatlanadi va shu bilan loyiha butunlay to'xtatilar ekan. Ammo u open-source'ligicha qoladi va ishlatishda davom etish mumkin.
Afsus, Deno yaxshi loyiha edi, lekin Node.js kabi ommalashishga ulgurmadi;
performance va feature'lar bo'yicha Bun.js dan orqada qolib ketdi.
https://deno.com/blog/cloudflare

Deno
Deno is joining Cloudflare | Deno
Putting ourselves in the best place to build the future of the web
❤4👍1
Brogrammist
Bir kun rostdan ham shunday bo'lishi ehtimoli yo'q emas! https://t.me/UmarSadullayev/3300
Yaqin kelajakdan bunday bo'lishi qiyin. Lekin qanchondir shunday bo'lsa, katta ehtimollik bilan brauzer+DOM API yaxshilanishi natijasida bo'ladi.
Qisqasi, React keragi bo'lmay qoladi va ortiqcha kutubxonalarsiz murakkab loyihlarni qurish mumkin bo'ladi.
Bu shunchaki tahmin emas. Oxirgi yillarda JavaScript va brauzerlarga kiritilayotgan yangiliklar va takliflarga asoslanib aytayapman.
Ko'ramiz.