Brogrammist
1.23K subscribers
132 photos
15 videos
5 files
133 links
Veb-dasturlash bo'yicha kamtarona bilim va tajribalarimni ulashaman.

Konsultatsiya: https://connected.uz/x/DiyorbekSadullaev

Sayt: https://diyorbek.blog

YouTube: https://youtube.com/@brogrammistuz

Insta: https://instagram.com/brogrammistuz
Download Telegram
Ashnaqa 🥲
1😁42🤣25🤯2
🤣20🔥2🤯1
Peak agentic development 🥲
😁14
Forwarded from Orif Tolib
Iksmi yoki eks?

Matematikadagi x belgisini eks tarzida talaffuz etish uchrab turadi. Talaffuzdagi xato baʼzan yozuvga ham koʻchib oʻtishi mumkin. Belgi nomining toʻgʻrisi – iks.

Iks soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoni anglatadi:

1️⃣ Lotin alifbosida oxiridan uchinchi harf – x ning nomi.

2️⃣ Matematikada: shu harf bilan ifodalangan nomaʼlum miqdor.

Iks soʻzi matematikadan boshqa fanlarda ham ishlatiladi. Masalan, fizikada rentgen nurlari iks nurlar deb ham ataladi.

Iks soʻzining qiziq tarixi bor.
Nomaʼlum miqdorni harf bilan ifodalashni Sharq matematik olimlari, xususan, Al-Xorazmiy fanga olib kirgan. Ular buni arabcha shay (شيء) – narsa, buyum soʻzining bosh harfi – shin (ش) bilan ifodalaganlar.

Arab tilidagi matematik asarlar Ispaniyaga yetib borgach, tarjimonlar arabcha shin (sh) harfini oʻsha davrdagi qadimgi ispan tilida sh tovushini beruvchi x harfiga oʻgirganlar. Keyinchalik bu asarlar ispanchadan Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilingach, lotincha x belgisi oʻzgarishsiz qolgan. Fanda bu belgining aynan noma'lum miqdor sifatida mutlaq ommalashishi esa fransuz matematigi Rene Dekart nomi bilan bogʻliq. U 1637-yilda yozgan asarida nomaʼlum miqdorlar uchun alifbo oxiridagi x, y, z harflarini ishlatishni qoida sifatida kiritgan.

Bu harf ingliz tilida eks deb ataladi. Lekin oʻzbekchada matematika va boshqa fanlarda lotincha harf nomi – iks qoʻllanadi. Amaldagi oʻzbek lotin alifbosida esa bu harf xa deb nomlangan.

X belgisi rim raqami sifatida 10 sonini anglatadi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
🔥5
Forwarded from Tsukerberg Qo’shnilari
Yaxshilik ham “context window”ga bog‘liq.

AQShga endi ko‘chib kelgan paytimda buni o‘zim boshdan kechirganman.

Chet elda, ayniqsa tech yoki katta kompaniyalarda ishlaydigan o‘zbeklarga LinkedIn’dan yozasiz. Javob yo‘q. Intro so‘raysiz — qilmaydi. 15 daqiqa vaqt so‘raysiz — topolmaydi.

Shunda odamda: “O‘zbek o‘zbekka yordam bermasa, kim yordam beradi?” degan xafagarchilik paydo bo‘ladi.

Lekin vaqt o‘tib bir narsani tushundim: har bir insonning o‘z context window’i bor.

Ish, deadline, oila, bolalar, immigratsiya, moliya, yuzlab xabarlar, o‘zining muammolari. Ba’zida odam yordam berishni xohlaydi, lekin uning “context window”ida bunga shunchaki joy qolmagan bo‘ladi.

Men buni qabul qildim. Xafa bo‘lish o‘rniga, odamga qulay vaqtni topishga, qisqa va aniq yozishga, keyinroq yana murojaat qilishga harakat qildim.

Hozir esa o‘zim boshqa tarafdaman. O‘zbekistondan yozadigan odamlarga imkon qadar yordam berishga, intro qilishga, vaqt ajratishga harakat qilaman.

Lekin endi ikkinchi tarafni ham juda yaxshi tushunaman:

Yaxshi niyat cheksiz bo‘lishi mumkin. Context window esa cheklangan.

Ba’zida javob bermaslik — bepisandlik emas. Shunchaki insonning o‘z hayoti ayni paytda uning butun context window’ini egallab turgan bo‘ladi.
1👍16🔥2
Istalgan dasturlash tili/framework/backend/frontend uchun ham shunday deyish mumkin
🔥14👍4
React v20
🤣64
Yaxshi dasturchi baribir qo'lda kod yozadi

Hatto kodning katta qismini Claude, Codex kabi agentlar yozgan bo'lsa ham. Chunki natijasini tushunmagan ishingizga ega chiqolmaysiz, natija uchun javob berolmaysiz. Bu shunchaki imkonsiz.

"Promptchi"lar agent bergan birinchi javobni shundoqqina qabul qiadi.
O'zlari qatorma-qator o'qib chiqmagan pull request'larni ochishadi.
Production ishdan chiqqanda esa qotib qolishadi, chunki nimani "merge" qilganini hech qachon tushunishmagan. Jamoa esa nima qanday buzilganini bilmay o'tiraveradi.

Juniorlar,

Qo'lda kod yozmaydigan junior hech qachon intuitsiya orttirmaydi.
Intuitsiya biror narsani noto'g'ri yozib, uning ishlamaganini ko'rib, xatoni anglab, o'z qo'lingiz bilan tuzatishdan paydo bo'ladi.
Bu bosqichni o'tkazib yuborsangiz, 3 yillik tajribaga ega, lekin asinxron koddagi bironta bagni tuzatib ko'rmagan "ko'r" dasturchi paydo bo'ladi.

Seniorlar,

Sizlarda ko'p kuzatadiganim:

❌ Agentda "toza"roq g'oya bor ekan, deb ishlab turgan modulni qaytadan yozish
❌ Simptoplar bilan kurarish va asl xatolikni yashiradigan "fix"ni merge qilish
❌ Agent aytgan kutubxonani tekshirmasdan, benchmark qilmasdan qo'shish
❌ AI ishonch bilan tushuntirgani uchun yechimni tasdiqlash
❌ AI ga ishonch bilan tushuntirgani uchun yechimni tasdiqlash
❌ Keraksiz murakkablik olib kirish.

Kuchli dasturchilar esa bunday qiladi:

✅ Merge qilishdan oldin kodni o'qiydi
✅ Agent sayoz yechim beryotgan murakkab qismlarni o'z qo'li bilan yozadi.
✅ Agent hisobga olmagan/ololmaydigan holatlarni tekshiradi, unga qanday qilish kerakligini aytadi.
✅ Taklif arxitekturaga mos kelmasa, uni rad etadi
✅ PR'dagi istalgan qatorni jamoadoshiga tushuntirib bera oladi


Dasturchilarga kod yozishgani uchun pul to'lashmaydi. Sizga biznes muammolarini hal qilganingiz uchun pul to'lanadi. Kod, bu ularni hal qilish usuli. AI agentlar esa IDE, debugger va linter yonidagi yana bitta instrument, xolos.

Hech kim kodni qo'lda yozganingizni yoki AI bilan yozganingizni so'ramaydi. Menejmentni kod ishlaydimi va bir yildan keyin jamoa uni qo'llab-quvvatlay oladimi, kabi savollar qiziqtiradi. Hammamiz kodni qo'lda yozishdan AI bilan yozishga o'tdik. Lekin unga javobgarlik va mas'uliyat joyida turibdi.

Agentlardan har kuni foydalanaman va ular bilan ishim tez bitadi. Oldin 1 kun yozadigan kodimni 1 soatda yozdiraman. Lekin tushunmasdan erishilgan tezlik, bu production'ga feature'lar bilan birga baglarni ham tez chiqarish degani.

Agar agent nima yozganini tushuntira olmasangiz, o'sha feature'ni siz qilmagansiz. Siz shunchaki agentga production uchun "access" bergansiz, xolos.

@brogrammist
🔥12👍3❤1
Forwarded from Umar Sadullayev | Blog
Eski ishxonamdagi hamkasbim Farrux aka qiziqishga Counter-strike 2 o'yinini "Web"da qilayotgan ekanlar.

Hozir aktiv "development" jarayonida. Kimga qiziq bo'lsa marhamat.

https://t.me/farrukhme/145

#cs2

@UmarSadullayev
Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular ataylab o'zlarini "almashtirishga" oson qilib qo'yishardi (ya'ni, agar ishdan ketishsa, o'rniga kelgan odam ularning ishni bemalol davom ettira olardi). Chunki ular atrofidagilarni o'stirishardi (ya'ni, o'zlaring o'rnini bosadigan darajaga ko'tarilishiga yordam berishardi).

Bu narsa boshida yoqimsiz tuyuladi. Lekin bu - sizga murakkab muammolar ishonib topshirilishiga erishishning eng tez yo'li.
🔥32
Odamni borgan sari ot choptirib, kamon otishga qiziqishi ortib boryapti...
🔥18🤣11❤4
Forwarded from Engineering Notes
spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'rishni tavsiya qilaman ))
🔥1