Bro.Developer
93 subscribers
30 photos
9 videos
2 files
44 links
Just share experience
have 7 years experience in IT
Founder @itifygroupuz and @itedu_uz
Life of Bro programmer🗽

Question?: @PWCSgroup
Download Telegram
⚠️ Internet xavfsizligingizni oshirish uchun 5 qadam!

Onlayn xavfsizlikni ta'minlash qiyin emas. Shunchaki quyidagi maslahatlarni bajarishni odat qiling:
• Kuchli parollar ishlating
• 2 bosqichli autentifikatsiyani yoqing
• Shubhali havolalarni bosmang
• Ma'lumotlaringizni himoya qiling
• Qurilmangizni yangilab turing

@brodeveloper | Youtube
👍3👌2
ChatGPT ikki yoshda

OpenAI rasmiy Twitter sahifasi ikki yil oldingi postni qayta ulashdi va “Xo‘sh, sinab ko‘rdingizmi?”.

O'sha paytdan boshlab AI butun internet tarmog'ida eng ko'p tilga olingan so'zga aylandi.

Hozirgi kunga kelib, ChatGPT ning haftalik faol foydalanuvchilari soni 250 million kishini tashkil etmoqda.

ChatGPT ishga tushganidan beri, dunyoning oltita yirik texnologiya kompaniyalarining umumiy bozor qiymati 8 trillion AQSh dollaridan oshiq o'sdi.
Ayniqsa, NVIDIA kompaniyasining bozor qiymati sezilarli darajada oshdi.
S&P 500 texnologik indeksi 30% ga o‘sgan.

OpenAI 2025 yilda yangi “AI agent”ini ishga tushirib, 1 milliard foydalanuvchiga yetishni maqsad qilgan.

@brodeveloper | Youtube
👍5
Qanday qilib oddiy o'qituvchi milliarderga aylandi?

1998-yilda Devid Cheriton ismli professor qabuliga ikki talaba oʻz loyihalari bilan kelib, undan maslahat soʻrashadi. Dono professor ularning loyihasi bilan tanishib, nafaqat maslahat qolaversa, loyiha rivoji uchun 100 ming dollar qarz ham berib yuboradi.

Ushbu 100 ming dollar talabalar Sergey Brin va Larri Peyj loyihasi boʻlmish Google uchun dastlabki sarmoya edi.

Yillar oʻtib, yigitlar professorga oʻz raxmatini aytishdi va unga bir necha milliardlik Google aksiyalarini hadya qildilar.

Professorning boyligi hozirda 9,1 milliard dollarni tashkil qiladi. Shunga qaramay, u Stenfordda talabalarga dars berishda davom etmoqda.

"Men ishonamanki, agar siz bu dunyo uchun haqiqatan ham foydali narsalarni yaratishga harakat qilsangiz, bozor oxir-oqibat sizni mukofotlaydi" - deydi Cheriton

@brodeveloper | Youtube
👍2👏2🔥1
Cognition AI tomonidan ishlab chiqilgan sunʼiy intellekt muhandisi Devin rasman taqdim etildi.

Faqat uning narxi oyiga 500 dollar 🥲

Ilgari dasturchilarni to'liq almashtira olishi haqida aytishgan edi, hozirda asosan kichik vazifalarni bajarish uchun eng mos kelishini aytishmoqda.
https://app.devin.ai/

Internetda bazi odamlar shunday yozgan:

unga junior dasturchi bajaradigan vazifalarni bemalol topshirishim mumkin .
Vazifani topshirasiz, boshqa ishlaringiz bilan shug‘ullanasiz, va u bu ishni mustaqil ravishda bajarib qo‘yadi.
Xuddi soatiga 8 dollarga ishlaydigan junior dasturchi kabi!

@brodeveloper | Youtube
👏3👍21
📌 Yil oxiri keldi, yana bir yil o‘tdi.

Ko‘pchilik shu paytda o‘ylab ko‘radi: "Bu yilda qanday maqsadlarga erishdim? Kelasi yil uchun qanday maqsadlar qo‘ysam ekan?"

▫️Bugun sizlarga Basecamp kompaniyasi asoschisi Jeyson Fridning "Mening hech qachon maqsadlarim bo‘lmagan" deb nomlangan qisqa maqolasi haqida gapirib bermoqchiman.

Maqolada u shunday deydi:
Men hech qachon o‘zimga aniq bir maqsad qo‘yib ishlamaganman.

Ba'zi narsalarni qilishni xohlaganman, lekin agar ularga erishmasam ham uncha qayg‘urmayman. Ba'zan biror ishni qilish foydali bo‘lishi mumkin, lekin uni qila olmasam, o‘zimni aybdor his qilmayman.

Mening yondashuvim boshqacha.

Men ishlayman, harakat qilaman, yangi narsalarni yarataman. O‘zim, oilam, kompaniyam va jamiyat uchun yaxshilik qilishga intilaman. Lekin bu uchun qat’iy maqsadlar qo‘ymayman.

Maqsad shunaqa narsaki, unga yetganingdan keyin u yo‘qoladi. Keyin yangi maqsad qo‘yishing kerak. Lekin men bunday qadam-baqadam ishlamayman.

Men shunchaki o‘zimni qiziqtirgan ishni qilaman, va shu yo‘l bilan hozirgi joyimga yetib kelganman. Bugun ham hayot va ishga shunday qarayman.

@brodeveloper | Youtube
👍4
JetBrains 2024-yil dasturchilar hisoboti.

Dunyo bo‘ylab 23 mingdan ortiq dasturchi orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra.
Eng mashhur dasturlash tillari reytingi:
- JavaScript hamon peshqadam - dasturchilarnig 61% i undan foydalanadi. Ya'ni har 10 ta dasturchidan 6 tasi JavaScript da ishlaydi.
- Python ikkinchi o‘rinda - dasturchilarnig 57% i foydalanadi. Bu til ayniqsa so‘nggi yillarda tez rivojlandi. 2017-yilda atigi 32% dasturchi ishlatgan bo‘lsa, hozir deyarli ikki baravarga ko‘paygan.

Muhim o‘zgarishlar:
- TypeScript ning tez o‘sishi ko'zga tashlandi. 2017-yilda atigi 12% dasturchi ishlatgan bo‘lsa, hozir 36% gacha yetdi.
- Rust tili ham sekin-asta mashhur bo‘lib bormoqda. Uning xavfsizlik va xotirani boshqarish xususiyatlari tufayli ko‘plab dasturchilar bu tilni C++ o‘rniga ishlatishni afzal ko‘rishmoqda.

Dasturlash yo‘nalishlari:
- Kompyuter dasturlari yaratish (53%) hozirda mobil ilovalar yaratishdan (30%) ancha oldinda.
- AWS eng mashhur bulutli xizmat bo‘lib qolmoqda - dasturchilarnig 46% i undan foydalanadi.

@brodeveloper | Youtube
👍8
Soqqa qilish haqida gaplashsak )

Dunyo bo‘ylab eng katta muammolardan biri - "telefonga qaramlik"

Google Play da bunday muammoni yechishga qaratilgan ilovalar millionlab yuklab olingan.

Google da ham bu so‘rov doimiy amalga oshiriladi.

va bu trend hali ham davom etmoqda.

shu muammoni yechishga qaratilgan web saytlar kontentlar, ilovalar tez mashhur bo‘lishi mumkin.

@brodeveloper | Youtube
👍4
Dasturchi startupini katta summaga sotdi, lekin unga endi boy bo‘lish zerikarli bo‘lib qoldi.

10 yil davomida startupda ishlab, kompaniyasini sotgach, hayotdan zavq ololmay qoldi.
Redwood o'rmonlariga borib, daraxtlar bilan gaplashdi.
Tajribasiz bo'lsa ham Himolay tog'lariga chiqdi...
Hozir Gavayida fizika o'rganyapti...

Boylik va muvaffaqiyat ortidan quvish o'rniga, o'zini anglash va hayotning oddiy zavqlarini his qilishga intilmoqda.

@brodeveloper | Youtube
👍3🥱1
VSCode asosidagi yangi AI muharriri – Trae

Claude 3.5 va GPT-4o modellaridan bepul foydalanish imkoniyati mavjud.

Agar siz ilgari Cursor yoki VSCode ishlatgan bo‘lsangiz,
ularning sozlamalarini Trae-ga oson import qilib, ishni Trae bilan davom ettirishingiz mumkin.

@brodeveloper | Youtube
👍4🥱1
Qiziq e'lonlarga ko‘z tushib qoladi:

Anthropic (claude. ai) kompaniyasi TypeScript va React bilimiga ega mutaxassislarni yiliga -
$320,000 dan $560,000 gacha maosh bilan ishga taklif qilmoqda.


OpenAI (chatgpt): Frontend dasturchisini ishga oladi, maoshi $245,000 dan $385,000 gacha + kompaniya aksiyalari taklif qilinadi.

@brodeveloper | Youtube
👍21🤯1
🥷 Lazarus xakerlarining yetakchisi bilan tanishing!

Uning ismi Pak InFBI tomonidan qidiruvda bo‘lgan Shimoliy Koreyalik xaker.

📚 Ta’lim olgan: Pxenyandagi Kim Chaek Texnologiya Universiteti
💼 Ishlagan joyi: Chosun Expo – Lazarus Group kompaniyasi

Ayblovlar: WannaCry — 150+ mamlakatga zarar yetkazgan ransomware hujumi muallifi

⚠️ Lazarus’ning eng yirik talonchiliklari:
Bangladesh Markaziy Banki – $81M
Axie Infinity (Ronin Bridge) – $625M
Harmony Bridge – $100M
Stake.com – $41M
Atomic Wallet – $100M
WazirX – $230M
Bybit – $1.4B (rekord talonchilik!)

@brodeveloper | Youtube
😱2👍1
Forwarded from iT EDU Academy (__Bro__)
🌙 RAMAZON TAQVIMI

Barchamizga ramazon oyi fayzli va barokotli kelsin.

Telegram | Youtube | Instagram | Location
👍2
endi endi sun'iy intellekt bilan qilingan loyihalardagi kamchiliklar koʻrina boshlayapdi.

Bu xababrda shunday deydi:

Mening Firebase xarajatim oyiga 50$ kamroq edi.
so'nggi 2 kun ichida xarajatim $121,000 koʻtarilib ketdi.

Bunga sabab, yangi tajriba sifatida tarjima xizmatidan foydalangan edim va
koddagi xato tufayli bu funksiya millionlab marta ishga tushib ketgan

ps:
Agar AI bilan biror loyiha qilayotgan boʻlsangiz, kodlarni yaxshilab tekshirib chiqing.

@brodeveloper | Youtube
👍31
Telegram’dagi zaifliklarni aniqlaganlarga 4 million dollargacha mukofot beriladi.

Operation Zero kompaniyasi uchta eksploitni topish bo‘yicha 500 ming dollarlik, 1 million dollarlik va 4 million dollarlik mukofot e’lon qildi

Bu mukofotlar Telegram xavfsizlik tizimidagi kamchiliklarni aniqlagan tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.

@brodeveloper | Youtube
3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Million Dollarlik Bosh sahifa

Aleks Tew 21 yoshida veb-saytda piksel sotish orqali
4 oy ichida $1 million+ ishlab topgan.

Bu statik web sahifa boʻlgan.

Kontseptsiya juda oddiy edi:
kamida $100 evaziga reklama beruvchi 100 pikselli blokni (10 x 10 grid) sotib olishi va oʻzi tanlagan rasm yoki logotipni link bilan namoyish qilishi mumkin edi.

Bu saytni qilish uchun 2 kun vaqt ketgan va domen uchun 50$ pul sarflagan.

@brodeveloper | Youtube | Instagram
👍51
Instagramga mahaliy firmalar qanday proyekt topishi bo’yicha video joyladik!

Imkon qadar qo’llavoraslar


https://www.instagram.com/reel/DIZlN0otNh4/?igsh=MmRuaHc3MXpuODRw
👍51🔥1