Bro</>code
14 subscribers
26 photos
2 videos
14 links
Ijtimoiy tarmoqlarim:

https://taplink.cc/m.abduhalim_
Download Telegram
Channel created
Channel photo updated
👩‍💻 npm run start: dev 👩‍💻


Men IT ni boshlaganimga ko'p bo'lmadi ammo bu kanalda o'zim o'rgangan va o'rganayotgan IT bilimlarimni ulashib boraman hamda IT bo'yicha yangiliklarni ham berib borishga harakat qilaman. Bu kanal tamomila sizga IT bilimlarini bera oladi deya olmasamda siz developerlarga oz bo'lsada foydasi tegadi degan umidim bor. Bu yerda kodlar, IT proyektlar va IT kompaniyalarda ishlayotgan insonlar bilan ham suhbat tashkillashtirish rejamda bor. Shu bilan birga Web site larning figma file larini hamda landing pagelarini ham ulashaman.

Albatta, bu yerda yozilgan fikrlar va ma'lumotlar bizni bu ilmni komil egasi degan da'vo yoki qarashdan yiroq deya takidlayman. Allohdan riyo hamda ujbdan saqlashini hamda bu yerda qilinadigan ishlarimizda faqat va faqat o'ziga suyanishimga ilhom berishini so'ragan holda boshlayman.

BRR: Bismillahir Rohmanir Rohim


https://t.me/bro_codeee
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Bro</>code pinned a photo
📱JavaScript environmentlari – qayerda ishlaydi?

JavaScript o‘zi til, lekin u turli “muhit”larda ishlaydi:

1. Browser (Front-end)

Chrome, Firefox ichida ishlaydigan JS.
👉 Button bosilganda modal ochilishi, formani yuborish, sahifani yangilamasdan ma’lumot olish – hammasi browserdagi JS.

2. React JS

Bu oddiy JavaScript ustiga qurilgan UI kutubxona.
👉 React = “JavaScript + Componentlar”.
Biz HTML o‘rniga componentlar yozamiz, lekin ichida baribir JS logic ishlatyapmiz.

3. Node.js (Back-end)

Node JS – bu JavaScriptni server tarafda ishlashiga imkon beradigan muhit.
👉 API yozish, database bilan ishlash, autentifikatsiya, fayl yuklash – bular backendda Node orqali qilinadi.
Demak, bitta til – uchta yo‘nalish: browserda UI, React’da SPA, Node’da server.

3️⃣https://t.me/bro_codeee3️⃣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
📱Variable – o‘zgaruvchi nima?


Variable – bu ma’lumot turadigan qutining nomi.
Masalan: age = 25, userName = "Ali".

JavaScriptda ikkita asosiy kalit so‘z:

let – o‘zgaradigan qiymat

const – o‘zgarmaydigan qiymat


let age = 20;
age = 25; // o'zgartirish mumkin

const pi = 3.14;
// pi = 3.15; xato bo'ladi, const o'zgarmaydi



👉 Amaliy qoida:
🟡qiymat keyin o‘zgarishi kerak bo‘lsa – let

🟡o‘zgarmasa, doim bir xil bo‘lsa – const (configlar, URL, token nomi va hokazo).

3️⃣https://t.me/bro_codeee3️⃣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
📱Function – nima va nima uchun kerak?

Function – bu qayta-qayta ishlatadigan kod bloki.
Masalan, har safar salomlashish uchun alohida console.log yozmaymiz, function yozib qo‘yamiz.

2 bosqich bo‘ladi:

Define – funksiyani qurib olish:

function greeting() {
console.log("Hello World");
}



Call – funksiyani chaqirish:

greeting();


Shu bilan bir xil kodni istalgancha marta ishlatish mumkin.
Shu sababli functionlar kodni tartibli, qayta ishlatiladigan va oson o‘qiladigan qiladi.

4️⃣ Function strukturasi – 4 xil yozilish

4.1. Regular (oddiy) function
function greeting() {
console.log("Hello from Regular");
}
greeting();

Eng klassik ko‘rinish. Keyin greeting() deb chaqiramiz.

4.2. Anonymous (function expression)
const abc = function () {
console.log("Hello from Anonymous");
};


abc();function () {} – nomi yo‘q.
Uni const abc ga tenglab, keyin abc() deb chaqiryapmiz.
Ko‘pincha callbacklarda ishlatiladi (masalan: button.addEventListener('click', function () {...})).

4.3. Arrow function
const xyz = () => {
console.log("Hello from Arrow");
};
xyz();

Arrow function – expressionning zamonaviy, qisqaroq varianti.

Qisqa yozilishi ham mumkin:

const sum = (a, b) => a + b;
console.log(sum(2, 3)); // 5

Agar faqat bitta expression bo‘lsa, {} va return yozmasa ham bo‘ladi – avtomatik return bo‘ladi.

4.4. Auto-invoke (IIFE – darhol ishlaydigan function)

(function () {
console.log("Hello from Auto invoke");
})();

•Bu yozilishda:
functionni e’lon qildik
darhol () bilan chaqirdik
•Ko‘pincha kodni alohida “scope”ga kiritib qo‘yish uchun ishlatiladi (global o‘zgaruvchilarni iflos qilmaslik uchun).

5️⃣ Returning vs Void function
Returning function – qiymat qaytaradi

function calculate() {
const a = 10;
const b = 2;
return a + b;
}

const result = calculate(); // 12
console.log("result:", result);

👉 Muhim nuqta:
return yozilgan joydan keyin funksiya to‘xtaydi. Yana kod yozsang ham ishlamaydi.

Returning functionlar bilan:
natijani o‘zgaruvchiga saqlash
keyin boshqa joyda ishlatish boshqa functionga argument sifatida berish mumkin.

Void function – hech narsa qaytarmaydi

function calculateVoid() {
const a = 10;
const b = 2;
console.log("result:", a + b);
}

calculateVoid();


Bu faqat ichida ishini qilib qo‘yadi, lekin tashqariga hech narsa qaytarmaydi.
Shuning uchun:

const res = calculateVoid();
console.log(res); // undefined



Agar natijani keyin ishlatmoqchi bo‘lsang – albatta return ishlatish kerak.

4️⃣https://t.me/bro_codeee4️⃣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
📱Parametr va Argument – farqi nima?📱

a, b → parametr (function ichida e’lon qilingan nomlar)

10, 20 → argument (chaqirayotganda berilgan haqiqiy qiymatlar)

Parametr = joy nomi
Argument = joyga qo‘yiladigan real ma’lumot

Yana bir misol:

function greeting(name) {
console.log("Salom,", name);
}

greeting("Ali"); // name = "Ali"
greeting("Laylo"); // name = "Laylo"



Bitta function, lekin har xil argument bilan har xil natija.

4️⃣https://t.me/bro_codeee4️⃣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
📱Scope – qanday ishlaydi?📱

const a = 50; // global

function calculate(b) {
return a + b;
}

const result = calculate(10);
console.log("result:", result); // 60

Bu yerda:

Tashqaridagi a = 50 – global scope.

Function ichida a yo‘q, shuning uchun JS tashqariga qaraydi va global ani oladi.

Demak, 50 + 10 = 60.

Agar ichida yana const a = 5; deb yozsak:

const a = 50;

function calculate(b) {
const a = 5; // local
return a + b;
}

console.log(calculate(10)); //
15



Endi function ichida yaqinroq bo‘lgan a ishlaydi – ya’ni 5.
Qoida: yaqin scope har doim ustun bo‘ladi.

4️⃣https://t.me/bro_codeee4️⃣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
📱Synchronous va Asynchronous – qisqacha📱

Hozir ko‘rgan functionlarning hammasi synchronous:


console.log("1");
console.log("2");
console.log("3");



Natija har doim tartib bilan: 1 → 2 → 3.

Asynchronousda esa:

• serverdan ma’lumot kelishi

• fayl yuklanishi

• timer (setTimeout)

kabi ishlar parallelga o‘xshab ishlaydi va natija keyinroq keladi.

Misol:

console.log("1");

setTimeout(() => {
console.log("2");
}, 1000);

console.log("3");



Natija: 1, 3, va keyin 1 sekunddan so‘ng 2.
Bu mavzuni keyin Promise / async await bilan alohida post qilinadi.

📱 https://t.me/bro_codeee 📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1