Bright Uzbekistan
1.34K subscribers
19.3K photos
2.08K videos
15.8K links
«Bright Uzbekistan» - Xalqaro loyihasining rasmiy telegram kanali.

Kuzatib boring 👉🏻 https://linktr.ee/Buzb

Ma'lumot uchun: +998 90 011 00 00
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Istanbulda 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Istanbul hozirgina 6,2 magnitudali kuchli zilzilani boshdan kechirdi. Yer osti silkinishlari natijasida shahar aholisi ko‘chaga chiqdi. Zilzila lahzasi mahalliy telekanalning jonli efirida qayd etildi. Hozircha vayronagarchiliklar haqida xabar berilmagan, biroq yaqin bir hafta ichida takroriy silkinishlar (aftershoklar) bo‘lishi kutilmoqda.

@bright_uzbekistan
O‘zbekistonda to'y va marosimlar tartibga solinadi

O‘zbek jamiyati qadim-qadimdan o‘zining urf-odatlari, mehr-muhabbatga boy marosimlari, ayniqsa to‘ylari bilan ajralib turgan. Ammo oxirgi yillarda bu an’analar ko‘p hollarda ijtimoiy bosimga, ko‘zni shamg‘alat qilishga, hattoki ortiqcha isrofgarchilikka aylanib qolganini yashirib bo‘lmaydi. Shu bois, 2025-yil 21-aprel kuni Prezident tomonidan imzolangan farmonda bu masalaga jiddiy yondashuv bildirildi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/ozbekistonda-toy-va-marosimlar-tartibga-solinadi
AQSh oziq-ovqat mahsulotlarida sun’iy bo‘yoqlarni taqiqlamoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati oziq-ovqat mahsulotlari va dorilarda sun’iy bo‘yoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi. Kichik Kennedi esa bo‘yoqlar va qo‘shimchalar muammosini “ekzistensial” tahdid deb atadi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/aqsh-oziq-ovqat-mahsulotlarida-suniy-boyoqlarni-taqiqlamoqchi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkman xalqining milliy yetakchisi Samarqandga keldi

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-aprel kuni tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/turkman-xalqining-milliy-yetakchisi-samarqandga-keldi
Yoki Moskva va Kiyev Oq uy taklifiga rozi bo‘ladi, yoki AQSh tinchlik jarayonidan chiqadi

Ukraina bo‘yicha muzokaralar Londonda noma’lum muddatga qoldirildi. AQSh davlat kotibi Marko Rubio Londonga safarini bekor qildi. AQSh Davlat departamenti Rubioning tadbirda ishtirok etmaslik qarorini “uning jadvalidagi logistik muammolar” bilan izohladi. Biroq, Reuters’ga ko‘ra, bir yevropalik amaldorning aytishicha, AQSh davlat kotibi Ukrainaning muzokaralar jarayonida o‘zining avvalgi qat’iy pozitsiyasiga qaytishidan xavotirda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/yoki-moskva-va-kiyev-oq-uy-taklifiga-rozi-boladi-yoki-aqsh-tinchlik-jarayonidan-chiqadi
Putin Suriyaga Bashar Asadni topshirishdan bosh tortdi

Rossiya Damashqdagi yangi hukumatning, Rossiyaga qochib ketgan Bashar Asadni topshirish haqidagi iltimosini rad etdi. Bu haqida Suriyaning vaqtinchalik prezidenti Ahmad ash-Shar’a “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/putin-suriyaga-bashar-asadni-topshirishdan-bosh-tortdi
Shveysariya bankidagi pullar sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga yo‘naltirildi

Shveysariya hududida musodara qilingan noqonuniy aktivlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga yo‘naltirilmoqda. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sahifasida xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/shveysariya-bankidagi-pullar-sogliqni-saqlash-va-talim-sohalariga-yonaltirildi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shahnoza Mirziyoyeva: “Yaxshilikka eltuvchi har bir harakat – g‘alabadir”

Shahnoza Mirziyoyeva nafaqat Ijtimoiy himoya milliy agentligida, balki Paralimpia qo‘mitasida ham faoliyat yuritib, mamlakatdagi ijtimoiy adolat va inklyuzivlikni ta'minlash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Kecha u Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu samimiy muloqot davomida Shahnoza Mirziyoyeva o‘zining kasbga bo‘lgan munosabati, ijtimoiy faoliyatining sabablari hamda hayotiy qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/shahnoza-mirziyoyeva-yaxshilikka-eltuvchi-har-bir-harakat-galabadir
Vena shahrida Avstriya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasini tashkil etiladi

BMB HOLDING ta’sischisi Aziz Mamatqulov va AGROTEC HANDELS (Avstriya) kompaniyasi prezidenti Boris Kandov o‘rtasida Vena shahrida Avstriya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/vena-shahrida-avstriya-ozbekiston-qoshma-korxonasini-tashkil-etiladi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda O‘zbekiston-Turkmaniston muzokaralari bo‘lib o‘tdi

24-aprel kuni "Silk Road Samarkand" majmuasining Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/samarqandda-ozbekiston-turkmaniston-muzokaralari-bolib-otdi
FIFA Asilbek Aliyevni Osiyo futbolining yangi yulduzi sifatida e’tirof etdi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi Asilbek Aliyev Osiyo futbolida katta yutuqqa erishdi. FIFA rasmiy saytida e’lon qilingan maqolada u 2025-yilgi U-17 Osiyo kubogida eng yaxshi to‘purar va turnirning yorqin yulduzlaridan biri sifatida tilga olindi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/fifa-asilbek-aliyevni-osiyo-futbolining-yangi-yulduzi-sifatida-etirof-etdi
Toshkentda Markaziy Osiyo xavfsizligi bo‘yicha yangi davr boshlandi

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvidagi raisligi doirasida tashkil etildi. Tadbir ochilishida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning murojaati o‘qib eshittirildi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/toshkentda-markaziy-osiyo-xavfsizligi-boyicha-yangi-davr-boshlandi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkman xalqining milliy yetakchisi "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi

Ikki tomonlama muzokaralar yakunida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti - "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/turkman-xalqining-milliy-yetakchisi-oliy-darajali-dostlik-ordeni-bilan-mukofotlandi
O‘zbekiston uch oyda 3,6 mlrd dollar miqdorda oltin sotdi

O‘zbekiston uch oyda 3,6 mlrd dollarlik oltin sotdi. Ushbu ko’rsatgich 2025-yil 1-choragidagi respublika umumiy eksport tushumining 44 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu haqida Statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-uch-oyda-36-mlrd-dollar-miqdorda-oltin-sotdi
Saida Mirziyoyeva va Oguljahon Atabayeva “Inson” markaziga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari nafaqat siyosiy va iqtisodiy yo‘nalishlarda, balki ijtimoiy sohada ham izchil rivojlanmoqda. Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva bilan Samarqand shahridagi inklyuziv ta’lim markazida bo‘ldi. Bu haqida Prezident yordamchisi o'z rasmiy sahifasida yozdi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/saida-mirziyoyeva-va-oguljahon-atabayeva-inson-markaziga-tashrif-buyurishdi
Hindiston, Pokistonlik mansabdorlarni “persona non grata” deb e’lon qildi

Kashmirda sodir bo‘lgan terrorchilik hujumi natijasida 26 kishi halok bo‘lganidan so‘ng, Hindiston hukumati qo‘shni Pokistonga nisbatan qator qat’iy choralarni e’lon qildi. Hindiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Vikram Misri 24-aprel, payshanba kuni, Jammu va Kashmir ittifoq hududida yuz bergan hujumdan ikki kun o‘tib, Pokistonning Nyu-Dehlidagi Oliy komissiyasida faoliyat yuritayotgan mudofaa, harbiy, dengiz va havo kuchlariga oid maslahatchilar “persona non grata” deb e’lon qilib, bir hafta ichida Hindistonni tark etishlari kerakligini ma’lum qildi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/hindiston-pokistonlik-mansabdorlarni-persona-non-grata-deb-elon-qildi
Bitiruv imtihonlarida o‘zbek tili majburiy bo‘ldi

2025-yildan boshlab O‘zbekistondagi barcha maktab o‘quvchilari, ta’lim tilidan qat’i nazar, davlat tilidan imtihon topshirishlari shart bo‘ladi. Tegishli buyruqni ta’lim vaziri Hilola Umarova imzoladi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/bitiruv-imtihonlarida-ozbek-tili-majburiy-boldi
Yangi bog‘larni barpo etishni moliyalashtirish tartibi belgilandi

255-sonli Hukumat qarori bilan “Respublikada yangi bog‘larni barpo etishni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirish to‘g‘risida” gi nizom tasdilandi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/yangi-boglarni-barpo-etishni-moliyalashtirish-tartibi-belgilandi
Hindiston va Pokiston o'rtasida urush boshlanishi mumkin

Pokiston qo‘shinlari Jammu va Kashmirdagi nazorat chizig‘idagi Hindiston chegara postlarini o‘qqa tutdi. Unga javoban Hindiston xavfsizlik kuchlari "ta'sirli javob bergan”, otishma natijasida qurbonlar yo'q. Bu haqida Times of India nashri xabar berdi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/hindiston-va-pokiston-ortasida-urush-boshlanishi-mumkin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSh elchisi BMB HOLDING faoliyatini yuqori baholadi

2025-yil 24-aprel kuni BMB HOLDING bosh ofisida muhim uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvda Holding Kuzatuv Kengashi raisi Bekzod Mamatqulov hamda AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik ishtirokida bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/aqsh-elchisi-bmb-holding-faoliyatini-yuqori-baholadi