Bright Uzbekistan
1.34K subscribers
19.3K photos
2.08K videos
15.8K links
«Bright Uzbekistan» - Xalqaro loyihasining rasmiy telegram kanali.

Kuzatib boring 👉🏻 https://linktr.ee/Buzb

Ma'lumot uchun: +998 90 011 00 00
Download Telegram
Reklama sohasi yana o‘smoqda: faol tadbirkorlar soni 5,3 foizga ko‘paydi

Milliy statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2025 yil 1 aprel holatiga reklama va bozor kon’yunkturasini o‘rganish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar soni 5,3 foizga ortib, 1 691 taga yetdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/reklama-sohasi-yana-osmoqda-faol-tadbirkorlar-soni-53-foizga-kopaydi
“A” yo‘lakda harakatlangan haydovchilarga 375 ming so‘mdan jarima belgilanadi

2025 yil 11 apreldan kuchga kirgan qonunga ko‘ra, jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklarda harakatlangan haydovchilarga nisbatan jarima qo‘llash amaliyoti joriy etildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/a-yolakda-harakatlangan-haydovchilarga-375-ming-somdan-jarima-belgilanadi
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan birini rivojlantirish bo‘yicha ulkan maqsadlarni belgilab berdi. Eksport, mahalliylashtirish, global brendlar va 4,6 mingta yangi ish o‘rni - O‘zbekiston elektrotexnika sanoati yangi o‘sish bosqichiga tayyorlanmoqda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/elektrotexnika-sanoatini-rivojlantirish-rejalari-taqdimot-qilindi
Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-aprel kuni rasmiy tashrif bilan Samarqandga keladi. Uchrashuv O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan bo‘lib o‘tadi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/turkman-xalqining-milliy-yetakchisi-ozbekistonga-tashrif-buyuradi
UzAuto Motors sotuvga tayyorlanmoqda

UzAuto Motors, Uzbekistan Airways, Uzbektelecom va boshqa o‘nlab yirik davlat kompaniyalari tez orada investorlar uchun ochiq bo‘ladi. O‘zbekiston iqtisodiyotni isloh qilish va xorijiy kapitalni jalb etishga qaratilgan o‘z tarixidagi eng yirik xususiylashtirish to‘lqinini e’lon qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/uzauto-motors-sotuvga-tayyorlanmoqda
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda

Avval xabar berganimizdek, 22-23 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilgan edi. Kuni kecha 22-aprel kuni, Sergey Lavrov rasmiy tashrif doirasida Samarqandga yetib keldi. Vazirni O'zbekistondagi hamkasbi Baxtiyor Saidov kutib oldi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/rossiya-tashqi-ishlar-vaziri-sergey-lavrov-samarqandda
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov yozgi transfer oynasida «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin. Klub rahbariyati uni vaqtincha ijaraga berish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/abduqodir-husanov-manchester-sitini-tark-etishi-mumkin
OpenAI Chrome brauzerini Googledan sotib olishga tayyor

Agar Google monopoliyaga qarshi da’vo tufayli Chrome brauzerini sotishga majbur bo‘lsa, uning yangi egasi OpenAI bo‘lishi mumkin. Kompaniya allaqachon "eng yaxshi mahsulot" yaratish uchun xaridni ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/openai-chrome-brauzerini-googledan-sotib-olishga-tayyor
Mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarga subsidiya va kreditlar ajratish tartibi belgilandi

2025-yil 22-aprel seshanba kuni, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 252-sonli Hukumat qarori qabul qilindi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/mehnat-migratsiyasida-bolgan-fuqarolarga-subsidiya-va-kreditlar-ajratish-tartibi-belgilandi
Ukraina Yadro xavfiga qarshi Isroildan 12 ming doza dori sotib oldi

Ukraina Isroilning Pluri biotexnologiya kompaniyasidan ionlashtiruvchi nurlanishga qarshi kurashuvchi 12 ming doza PLX-R18 dori vositasini xarid qildi. PLX-R18 — oddiy dori emas. Bu vosita kesarcha kesish orqali tug‘ilgan ayollarning yo‘ldoshidan olingan o‘zak hujayralar asosida ishlab chiqariladi. Ushbu harakat ukrain xalqni yadro nurlanishdan asrash uchun amalga oshirilmoqda. Bu haqida The Times of Israel xabar berdi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/ukraina-yadro-xavfiga-qarshi-isroildan-12-ming-doza-dori-sotib-oldi
O'zbekiston Prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqand shahrida amaliy tashrif bilan mamlakatda bo'lib turgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-prezidenti-rossiya-tashqi-ishlar-vazirini-qabul-qildi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Istanbulda 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Istanbul hozirgina 6,2 magnitudali kuchli zilzilani boshdan kechirdi. Yer osti silkinishlari natijasida shahar aholisi ko‘chaga chiqdi. Zilzila lahzasi mahalliy telekanalning jonli efirida qayd etildi. Hozircha vayronagarchiliklar haqida xabar berilmagan, biroq yaqin bir hafta ichida takroriy silkinishlar (aftershoklar) bo‘lishi kutilmoqda.

@bright_uzbekistan
O‘zbekistonda to'y va marosimlar tartibga solinadi

O‘zbek jamiyati qadim-qadimdan o‘zining urf-odatlari, mehr-muhabbatga boy marosimlari, ayniqsa to‘ylari bilan ajralib turgan. Ammo oxirgi yillarda bu an’analar ko‘p hollarda ijtimoiy bosimga, ko‘zni shamg‘alat qilishga, hattoki ortiqcha isrofgarchilikka aylanib qolganini yashirib bo‘lmaydi. Shu bois, 2025-yil 21-aprel kuni Prezident tomonidan imzolangan farmonda bu masalaga jiddiy yondashuv bildirildi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/ozbekistonda-toy-va-marosimlar-tartibga-solinadi
AQSh oziq-ovqat mahsulotlarida sun’iy bo‘yoqlarni taqiqlamoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati oziq-ovqat mahsulotlari va dorilarda sun’iy bo‘yoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi. Kichik Kennedi esa bo‘yoqlar va qo‘shimchalar muammosini “ekzistensial” tahdid deb atadi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/aqsh-oziq-ovqat-mahsulotlarida-suniy-boyoqlarni-taqiqlamoqchi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkman xalqining milliy yetakchisi Samarqandga keldi

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-aprel kuni tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/turkman-xalqining-milliy-yetakchisi-samarqandga-keldi
Yoki Moskva va Kiyev Oq uy taklifiga rozi bo‘ladi, yoki AQSh tinchlik jarayonidan chiqadi

Ukraina bo‘yicha muzokaralar Londonda noma’lum muddatga qoldirildi. AQSh davlat kotibi Marko Rubio Londonga safarini bekor qildi. AQSh Davlat departamenti Rubioning tadbirda ishtirok etmaslik qarorini “uning jadvalidagi logistik muammolar” bilan izohladi. Biroq, Reuters’ga ko‘ra, bir yevropalik amaldorning aytishicha, AQSh davlat kotibi Ukrainaning muzokaralar jarayonida o‘zining avvalgi qat’iy pozitsiyasiga qaytishidan xavotirda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/yoki-moskva-va-kiyev-oq-uy-taklifiga-rozi-boladi-yoki-aqsh-tinchlik-jarayonidan-chiqadi
Putin Suriyaga Bashar Asadni topshirishdan bosh tortdi

Rossiya Damashqdagi yangi hukumatning, Rossiyaga qochib ketgan Bashar Asadni topshirish haqidagi iltimosini rad etdi. Bu haqida Suriyaning vaqtinchalik prezidenti Ahmad ash-Shar’a “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/putin-suriyaga-bashar-asadni-topshirishdan-bosh-tortdi
Shveysariya bankidagi pullar sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga yo‘naltirildi

Shveysariya hududida musodara qilingan noqonuniy aktivlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga yo‘naltirilmoqda. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sahifasida xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/shveysariya-bankidagi-pullar-sogliqni-saqlash-va-talim-sohalariga-yonaltirildi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shahnoza Mirziyoyeva: “Yaxshilikka eltuvchi har bir harakat – g‘alabadir”

Shahnoza Mirziyoyeva nafaqat Ijtimoiy himoya milliy agentligida, balki Paralimpia qo‘mitasida ham faoliyat yuritib, mamlakatdagi ijtimoiy adolat va inklyuzivlikni ta'minlash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Kecha u Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu samimiy muloqot davomida Shahnoza Mirziyoyeva o‘zining kasbga bo‘lgan munosabati, ijtimoiy faoliyatining sabablari hamda hayotiy qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/shahnoza-mirziyoyeva-yaxshilikka-eltuvchi-har-bir-harakat-galabadir
Vena shahrida Avstriya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasini tashkil etiladi

BMB HOLDING ta’sischisi Aziz Mamatqulov va AGROTEC HANDELS (Avstriya) kompaniyasi prezidenti Boris Kandov o‘rtasida Vena shahrida Avstriya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Batafsil:https://buzb.uz/uz/news/vena-shahrida-avstriya-ozbekiston-qoshma-korxonasini-tashkil-etiladi