Brend builder | Abdulloh Ergashev
148 subscribers
674 photos
131 videos
14 files
219 links
Siz bilan kuchli brend quramiz!
Faqatgina kuchli brend sizni biznesingizni asrab qoladi.

• Dizayn sohasida 17 yillik bilim va tajriba
• Proffesional Brand builder
• ijodkor

Agentlik: @dea_branding

Aloqa uchun
+998917890617
Download Telegram
Bolalikda tasavvur qilingan narsa — kelajakning qoralamasi.

Har bir katta yutuq, aslida, kimdir bir marta miyasida ko'rgan lavhadan boshlanadi. Bola futbolchi bo'lishni orzu qiladi — u hali to'p tepishni bilmaydi, lekin stadionni, olqishni, o'zini ko'radi.

O'sha ko'rish — birinchi qadamdan ham muhimroq. Chunki yo'l yo'q joyda, faqat tasavvur bor joyda odam yura oladi.

Katta bo'lgach ko'pchilik bu qobiliyatni yo'qotadi. Real hayot, "bo'lmaydi"lar, hisob-kitoblar — tasavvurni asta o'chiradi.

Odam faqat ko'z oldida borini rejalashtira boshlaydi. Va shu yerda o'sish to'xtaydi — chunki hech kim ko'rmagan narsasiga yeta olmaydi.

Muvaffaqiyatli odamlarning umumiyligi shu: ular hali yo'q narsani aniq ko'radi. Rasm, loyiha, brend, hayot — avval boshda, keyin qog'ozda, keyingina qo'lda paydo bo'ladi.

Shuning uchun savol oddiy: siz o'zingni besh yildan keyin qayerda ko'rayapsiz?

Agar javob noaniq bo'lsa — yo'l ham xira bo'ladi.

Brend builder | Abdulloh Ergashev
1👍1
Textura haqida

Tashqi po’stloq (rind) texturasi farqi — bu o’simlikning himoya mexanizmi va epidermis rivojlanishidagi farqdan kelib chiqadi:

Tarvuz po’stlog’i nega silliq:
Epidermis (tashqi qavat) yosh davridan tekis, elastik kutikula bilan qoplangan — bu qatlam mum (wax) qatlami bilan qoplanadi va o’sish jarayonida bir tekis cho’ziladi
Po’stloq hujayralari o’sish davomida bir xil tezlikda kengayadi, shuning uchun sirt yorilmaydi, tekis qoladi
Himoya funksiyasi asosan qalinlik va elastiklik orqali ta’minlanadi, tashqi “qattiqlashish” (korklashish) minimal


Qovun po’stlog’i nega g’adir-budur (to’r yoki chatnagan):
Qovunning ba’zi turlarida (masalan, to’rli qovun — muskmelon/cantaloupe) mevaning ichki hajmi tashqi po’stloqqa qaraganda tezroq o’sadi
Bu tezlik farqi natijasida tashqi qatlam cho’zilishga bardosh berolmay yoriladi, keyin bu yoriqlar korklashadi (suberin bilan to’ladi) — natijada tabiiy “to’r” yoki g’adir-budur relyef hosil bo’ladi
Bu — o’simlikning o’z-o’zini davolash (wound healing) mexanizmi: yorilgan joy quriydi, qattiqlashadi va yangi himoya qatlamiga aylanadi

Ilmiy-kompozitsion qonuniyat: Bu yerda asosiy printsip — ichki va tashqi o’sish tezligining nisbati:

Agar ichki hajm o’sishi bilan tashqi qobiq o’sishi muvozanatda bo’lsa → silliq sirt (tarvuz)

Agar ichki o’sish tashqi qobiqdan tezroq ketsa → tarang holat, yorilish, keyin qayta bitish → notekis, teksturali sirt (qovun)


Ya’ni silliqlik — muvozanatli, sinxron o’sishning natijasi; g’adir-budurlik — tezlik nomutanosibligi va shu nomutanosiblikni “davolash” jarayonining izidir.

Bu tabiatdagi umumiy qonuniyat: tekstura ko’pincha o’sish tezliklari orasidagi kuchlanishning vizual yozuvidir.

Brend builder | Abdulloh Ergashev
Bu degani qovun tezroq pişadi
tarvuzga qaraganda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Quyöş çiqişi bu möjiza idrok qilgan tafakkur aql uçun, million yildan beri har kuni har hil

İşonasizmi har kuni har hil gözal va gaözal

Har kuni huddi bir voqea lekin har hil takrorlanmas asar, million yilladan beri

Ma şaa Alloh

Brend builder | Abdulloh Ergashev
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dizaynerlarda “ilhom kechqurun keladi” degan tushuncha noto’g’ri — bu shunchaki miya charchagan holatning romantikalashtirilishi.


Kechqurun miya charchaydi, prefrontal korteks (tanqidiy fikrlash, qaror qabul qilish markazi) zaiflashadi. Natijada ichki nazorat kamayadi, g’alati, kutilmagan bog’lanishlar erkinroq chiqadi — bu “ilhom” deb tuyuladi.

Aslida bu ijodkorlik emas, charchagan miyaning filtrsiz ishlashi.


Miya eng toza va aniq ertalab ishlaydi — uyqudan keyin xotira tozalangan, diqqat markazlashgan bo’ladi. Kuchli g’oyalar aslida shu paytda tug’iladi, faqat ularni amalga oshirish uchun tartib va energiya kerak, kechqurungi “erkin oqim” esa tartibsizlikni ilhom deb ko’rsatadi.
Haqiqiy ijod tasodif emas — tizim.

Kunning qaysi vaqti eng aniq fikrlaysan, o’sha vaqtni dizayn uchun ajrat. Kechqurungi “ilhom” — ko’pincha faqat kechikkan boshlanishni oqlash usuli.

Brend builder | Abdulloh Ergashev
Logotiplarning turlari — 8 ta asosiy:

Wordmark — nomning o’zi (Google)
Lettermark — bosh harflar (IBM)
Pictorial mark — belgi/ikonka (Apple)
Abstract mark — geometrik shakl (Adidas)
Mascot — personaj (KFC polkovnik)
Combination — matn + belgi
Emblem — matn shakl ichida (Starbucks)

Eng ommabop: Combination mark — moslashuvchan, yangi brendlar uchun eng xavfsiz.

Brend builder | Abdulloh Ergashev