This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yozish, chizish — har davrda aktual. Har kuni chizing, har kuni yozing — izohni o’qing”
Hozirgi AI davrida ko’p odam “endi chizish, yozish keragi yo’q, sun’iy intellekt hammasini qiladi” deb o’ylaydi. Lekin haqiqat aksincha.
Sun’iy intellektga buyruq berish uchun ham tasavvur, ham aniq fikrlash kerak — generatsiya uchun nima chizish, nima yozishni bilish o’zi bir mahorat. Va bu mahorat faqat mashq orqali rivojlanadi.
Chizish — shunchaki rasm chizish emas. Bu miya mashqi.
Xuddi tana mushak bo’lsa, mashq talab qilganidek — tasavvur ham “mushak” kabi ishlaydi va uni faqat muntazam mashq orqali rivojlantirish mumkin.
Har kuni chizsangiz — ko’zingiz shakl va nisbatni yaxshiroq ilg’ay boshlaydi.
Har kuni yozsangiz — fikringiz aniqroq va tez shakllanadi.
Natijada: g’oyalaringiz kengayadi, tasavvuringiz boyiydi, va sun’iy intellekt bilan ishlaganda ham undan ancha ko’proq va sifatliroq natija ola boshlaysiz — chunki AI kuchli tasavvurga ega odamning qo’lida haqiqiy qurolga aylanadi.
AI — ijodkorlikni o’chirmaydi. U faqat kim ko’proq mashq qilgan bo’lsa, o’shani kuchaytiradi.
Brend builder | Abdulloh Ergashev

Forwarded from Alisher Tojiev
Har bir farzand otasidan qanday faxrlansa, yurt Otasi bilan ham shunday faxrlanishi kerak deb bilaman, bu Oʻzbekiston barchamizniki, Vatanimiz rahbari ham bizni Prezidentimiz!
Shunaqa notinch, shunaqa iqtisodiy muammoli bir davrda keskin oʻsish uchun, shunaqa tinchlik uchun tashakkur Prezidentim!
Tavallud ayyomingiz muborak Janob Prezident!

🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'p pul topish uchun eng muhim narsa bu...
Ko'p dizayner faqat mahoratni oshirishga e'tibor beradi, lekin bir narsani unutadi — networking.
Har qanday sohada, ayniqsa dizaynda, tanishlar doirasi ko'pincha mahoratdan ham ko'proq imkoniyat ochadi:
— Yangi bilim va tajriba almashinuvi
Boshqa mutaxassislar bilan muloqot — sizga yangi yondashuv, yangi g'oyalarni olib keladi, buni yolg'iz ishlab topib bo'lmaydi.
— O'zingizni tanitish imkoniyati
Odamlar sizni ko'proq bilgan sari, sizni "shu soha mutaxassisi" deb tan olishadi — bu ishonch esa vaqt bilan mijozga aylanadi.
— Mijozlarning asosiy manbai
E'tibor bering: aksariyat mijoz reklama orqali emas, aynan tanishlar, tavsiyalar orqali keladi. Kimdir sizni tanigan, ishingizni ko'rgan, va do'stiga tavsiya qilgan.
Yolg'iz ishlab, faqat portfolio bilan kutish — sekin yo'l. Odamlar bilan aloqa qurish, tadbirlarga borish, hamkasblar bilan muloqotda bo'lish — bu tezroq va barqarorroq yo'l.
Mahorat sizni tayyorlaydi. Networking — sizni top qiladi.

Bu 3 odatni qilmasangiz, 5 yildan keyin afsuslanasiz
Loyihani vaqtida bitirish uchun ko’p dizayner turmush tarzidan chekinadi — kech uxlaydi, tartibsiz ishlaydi, sportni butunlay unutadi. Natija darhol ko’rinmaydi, lekin yillar davomida sog’liqqa jiddiy zarar sifatida qaytadi.
3 ta oddiy, lekin muhim odat:
1. To’g’ri uyqu rejimi
Kech yotib, kamroq uxlash — bugun ishni tezlashtirgandek tuyulishi mumkin, lekin uzoq muddatda diqqat va ijodkorlikni pasaytiradi.
2. Rejali ish vaqti
Aniq boshlanish va tugash vaqti bo’lmasa, ish hayotning har bir qismiga “sizib kiradi”. Chegara qo’ying — bu intizom, dangasalik emas.
3. Sport
Kuniga 20-30 daqiqa harakat yugurish yoki yurish — orqa, bo’yin muammolarining oldini oladi, qon aylanishini yaxshilaydi va energiyangizni oshiradi.
Bugun “vaqtim yo’q” deb qoldirilgan bu 3 narsa — ertaga davolashingiz uchun ko’proq vaqt va pul talab qilishi mumkin.
O’zimizni va yaqinlarimizni qiynaymiz, o’zimiz va ular azob chekamiz
Albatda dard va shifo Allohdan lekin sababini qilish va tartibli yashashga ham aytilganmiz.
Ishimiz bu shunchaki bu dunyoda bizga berilgan neamat o’laroq ovunchoq, mazmun unda emas va holanki uni deb sog’lig’imizdan kechishimiz katta xatodir.