Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahsulot sotadi
Marketing ko'proq sotadi
Brend har doyim sotadi
Bu fikr marketing nazariyasida uch bosqichli qiymat zanjiri sifatida tanilgan — mahsulot, marketing va brend turli vaqt o’lchovida ishlaydi.
Mahsulot — bir martalik tranzaksiya. U ehtiyojni qondiradi, lekin xotirada qolmaydi. Iqtisodchi Theodore Levitt aytganidek, odamlar mahsulotni emas, undan keladigan natijani sotib oladi — ammo natija unutiladi, agar unga ma’no yopishtirilmasa.
Marketing — talabni tezlashtiradi. Bu diqqatni og’dirish, xabardorlikni oshirish, xarid qarorini yaqinlashtirish mexanizmi. Lekin marketing — vaqtinchalik kuch: reklama to’xtasa, effekt so’nadi. Byron Sharp o’zining “How Brands Grow” tadqiqotida buni ko’rsatgan — marketing sotuvni ko’paytiradi, ammo eslab qolish darajasini ta’minlamaydi.
Brend — vaqt o’tishi bilan ishonchga aylangan taassurot. Kevin Keller “brand equity” nazariyasida buni aniq isbotlagan: xuddi shu mahsulot, faqat kuchli brend nomi ostida sotilganda, iste’molchi undan 20–30% ko’proq narx to’lashga tayyor bo’ladi. Interbrand va Kantar BrandZ har yili shuni tasdiqlaydi — Apple, Nike kabi brendlarning bozor qiymati ularning moddiy aktivlaridan emas, iste’molchi ongidagi ishonch zaxirasidan kelib chiqadi.
Brend builder | Abdulloh Ergashev

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yozish, chizish — har davrda aktual. Har kuni chizing, har kuni yozing — izohni o’qing”
Hozirgi AI davrida ko’p odam “endi chizish, yozish keragi yo’q, sun’iy intellekt hammasini qiladi” deb o’ylaydi. Lekin haqiqat aksincha.
Sun’iy intellektga buyruq berish uchun ham tasavvur, ham aniq fikrlash kerak — generatsiya uchun nima chizish, nima yozishni bilish o’zi bir mahorat. Va bu mahorat faqat mashq orqali rivojlanadi.
Chizish — shunchaki rasm chizish emas. Bu miya mashqi.
Xuddi tana mushak bo’lsa, mashq talab qilganidek — tasavvur ham “mushak” kabi ishlaydi va uni faqat muntazam mashq orqali rivojlantirish mumkin.
Har kuni chizsangiz — ko’zingiz shakl va nisbatni yaxshiroq ilg’ay boshlaydi.
Har kuni yozsangiz — fikringiz aniqroq va tez shakllanadi.
Natijada: g’oyalaringiz kengayadi, tasavvuringiz boyiydi, va sun’iy intellekt bilan ishlaganda ham undan ancha ko’proq va sifatliroq natija ola boshlaysiz — chunki AI kuchli tasavvurga ega odamning qo’lida haqiqiy qurolga aylanadi.
AI — ijodkorlikni o’chirmaydi. U faqat kim ko’proq mashq qilgan bo’lsa, o’shani kuchaytiradi.

Forwarded from Alisher Tojiev
Har bir farzand otasidan qanday faxrlansa, yurt Otasi bilan ham shunday faxrlanishi kerak deb bilaman, bu Oʻzbekiston barchamizniki, Vatanimiz rahbari ham bizni Prezidentimiz!
Shunaqa notinch, shunaqa iqtisodiy muammoli bir davrda keskin oʻsish uchun, shunaqa tinchlik uchun tashakkur Prezidentim!
Tavallud ayyomingiz muborak Janob Prezident!

🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'p pul topish uchun eng muhim narsa bu...
Ko'p dizayner faqat mahoratni oshirishga e'tibor beradi, lekin bir narsani unutadi — networking.
Har qanday sohada, ayniqsa dizaynda, tanishlar doirasi ko'pincha mahoratdan ham ko'proq imkoniyat ochadi:
— Yangi bilim va tajriba almashinuvi
Boshqa mutaxassislar bilan muloqot — sizga yangi yondashuv, yangi g'oyalarni olib keladi, buni yolg'iz ishlab topib bo'lmaydi.
— O'zingizni tanitish imkoniyati
Odamlar sizni ko'proq bilgan sari, sizni "shu soha mutaxassisi" deb tan olishadi — bu ishonch esa vaqt bilan mijozga aylanadi.
— Mijozlarning asosiy manbai
E'tibor bering: aksariyat mijoz reklama orqali emas, aynan tanishlar, tavsiyalar orqali keladi. Kimdir sizni tanigan, ishingizni ko'rgan, va do'stiga tavsiya qilgan.
Yolg'iz ishlab, faqat portfolio bilan kutish — sekin yo'l. Odamlar bilan aloqa qurish, tadbirlarga borish, hamkasblar bilan muloqotda bo'lish — bu tezroq va barqarorroq yo'l.
Mahorat sizni tayyorlaydi. Networking — sizni top qiladi.