Brend builder | Abdulloh Ergashev
145 subscribers
674 photos
131 videos
14 files
219 links
Siz bilan kuchli brend quramiz!
Faqatgina kuchli brend sizni biznesingizni asrab qoladi.

• Dizayn sohasida 17 yillik bilim va tajriba
• Proffesional Brand builder
• ijodkor

Agentlik: @dea_branding

Aloqa uchun
+998917890617
Download Telegram
Forwarded from abdirasulovich design®
#post

Mahsulot – sotadi, Marketing – ko‘proq sotadi, Brend – uzliksiz sotadi.

Qadoq dizayn savdoga ta’sir qiladi — bu haqiqat.

Yangi biznes uchun logo katta rol o‘ynamasligi mumkin. Hech kim sizni bilmaydi, shuning uchun mijoz logoga emas — mahsulotga, qadoqqa, narxga qarab qaror qiladi.

Lekin biznes brendi ustida ishlab to‘g‘ri kommunikatsiya, aniq pozitsiya qursa va izchil ishlab borsa — vaziyat o‘zgaradi.

Endi savdoni qadoq dizayni emas, brend boshqaradi.

Va o‘sha biz savdo uchun "muhim emas" deb o‘ylagan logo dizaynimiz birdan birinchi o‘ringa chiqadi.

Oddiy paxtadan tikilgan futbolka arzon, lekin xuddi shu mahsulotga U.S.Polo logosi tushirilsa qimmat, bu yerda gap logoda emas, shu belgi ortida ishlayotgan brend mexanizmida. Omma logo ortida turgan mafkurani ko‘rishmaydi ular uchun shu belgi muhim va qimmatli.

Instagramda aylanayotgan logo ortidan millionlab boyliklar degan videolarga uchmasdan brendingiz ustida ishlang, shunda baraka topasiz.

Bir nyuans bor. Yuqoridagi gaplarim hamma bizneslar uchun birdek ishlamaydi. Qolganlarini keyingi postlarda yozarman.

@temurabdirasulovich
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
55-kun

Dam olish kuni hammaga yaxshi kayfiyat
O’zbekiston kompaniyalaridagi xatolardan, brand strategiya va brand falsafasini aniq yaqqol bilishmasligi.

Bizda hamma narsa qadriyat, bizni qadriyat bunday unday, ishoning qadriyatdan oldin keladigan narsalar bor

Brand falsafasi nima ekanligini qisqaroq qilib tushuntirishga harakat qilganmiz

Hamda NIKE kompaniyasini misol tariqasida aytib o’tganmiz

G’oya birlamchi
Tasavvurni kengaytiring
Siz bilan kuchli brand quramiz!

Brend builder | Abdulloh Ergashev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizda shunaqa kechki vayb
Ishimni va ish joyimni sevaman😘
😁1
Man uchun endi yangilik bo’ldi chunki endi bildim bularni

Marinno Korzinkaga kitipti
Radius rebrabranding bo’lipti

Marinno eng asosiy raqobatchisi bilan ishlab shuni bilan juda to’g’ri qilishgan Marinno branfingga e’tibor berib Shashlik Marinad esa asta ulushi ksmayib bormoqda ko’pchilik Marinnoni taniyapti

Shashlik Marinad bilan ushanda ishlarni boshlab va naming masaladida takliflarimiz ularga maqul kelmagan edi va loyiha yo’xtagan edi ular shu eski nomimizda qolamiz deyishgan edi.


Radiusni yangi logosi esa umumiy yaxshi yomon emas, menga yoqti

Brend builder | Abdulloh Ergashev
Rolex so’zining ma’nosi va logosi buni yaqqol ifoda etishi haqida
56-57-58 kunlar

Bugun 59-kun nasib
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mahsulotingiz sifatli, xizmatingiz professional — lekin mijoz baribir raqobatchini tanlaydi. Sabab ko'pincha brendingizda yashiringan. Mana 5 ta asosiy sabab:

1. Logotipingiz brend strategiyasiga mos emas
Logotip — brendning yakuniy natijasi, boshlanishi emas. Agar u aniq strategiya (kim uchun, nima uchun, qanday farq qiladi) asosida yaratilmagan bo'lsa — chiroyli ko'rinishi mumkin, lekin hech narsani "aytmaydi". Mijoz uni ko'radi, lekin his qilmaydi.

2. Ranglar tasodifiy tanlangan, hech qanday ma'no yo'q
Har bir rang o'ziga xos psixologik signal beradi — ishonch, hashamat, arzonlik yoki innovatsiya. Agar ranglaringiz "menga yoqadi" tamoyili bilan tanlangan bo'lsa, ular tasodifan noto'g'ri signal berishi mumkin — masalan, premium xizmat taqdim etsangiz-u, ranglaringiz "arzon" taassurot qoldirsa.

3. Vizual uslub ijtimoiy tarmoq va saytda bir xil emas
Instagram'da bir uslub, saytda boshqacha, vizitkada yana boshqacha — bu mijozda ishonchsizlik uyg'otadi. Miya tanish bo'lmagan narsani "beqaror" yoki "professional emas" deb qabul qiladi. Izchillik yo'qligi — eng ko'p e'tibordan chetda qoladigan, lekin eng katta zarar keltiradigan omil.

4. Mijoz sizni raqobatchidan ajrata olmaydi
Agar logotipingizni, ranglaringizni yopib qo'ysangiz-u, mijoz uni raqobatchingiznikidan farqlay olmasa — demak brendingiz o'ziga xos emas. Bozorda "ko'rinmas" bo'lish — reklama byudjetingizni behuda sarflash bilan barobar.

5. Brendingiz "arzon" ko'rinadi, garchi xizmatingiz sifatli bo'lsa ham
Odamlar avval ko'z bilan baholaydi, keyin sifatni his qiladi. Agar vizual taqdimotingiz (logotip, shrift, dizayn sifati) past darajada bo'lsa, mijoz xizmat sifatini ham shubha ostiga oladi — garchi bu haqiqatga to'g'ri kelmasa ham. Birinchi taassurot — ko'pincha yagona imkoniyat.

Brend builder | Abdulloh Ergashev
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
61-kun

5 km bo’ldi umumiy 11 kundan beri chiqayabmiz

To’xtamasligimiz lozim⚡️
2
Deyarli ikki yıl oldin instagram orqali obuna bo’lib kuzatib borayotgan inson bugun mijozimizga aylandilar

Bu bir tarix

Loyihamizni boshladik yana batafsil yozaman

Brend builder | Abdulloh Ergashev
👏2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega kuzatish dizayner uchun eng muhim ko‘nikmalardan biri?

Dizayn faqat chiroyli vizual yaratish emas, balki muammoni tushunish va unga samarali yechim topish jarayonidir. Bu jarayonning asosi esa kuzatish hisoblanadi. Akademik tadqiqotlarga ko‘ra, muvaffaqiyatli dizaynerlar boshqalardan ko‘ra ko‘proq narsani ko‘rishgani uchun emas, balki ko‘rganlarini chuqurroq tahlil qilishgani uchun ajralib turadi. (University of Bristol)

1996-yilda Design Studies jurnalida chop etilgan “Powers of Observation in Creative Design” tadqiqotida kuzatuvchanlik ijodiy dizaynning asosiy omillaridan biri ekani ta’kidlanadi. Mualliflarning fikricha, dizayner muhitdagi naqshlar, tafsilotlar va noodatiy holatlarni payqay olishi muammoni boshqacha ko‘rish va innovatsion yechim yaratishga yordam beradi. (ScienceDirect)

2015-yilda Journal of Engineering Design jurnalida chop etilgan tadqiqot esa dizaynerlarning faoliyatini kuzatish dizayn jarayonini tushunish va takomillashtirishning eng muhim usullaridan biri ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqotchilar kuzatish, ma’lumotlarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish dizayn sifatini oshirishini ilmiy asosda isbotlagan. (University of Bristol)

Psixologiya sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar ham kuzatish ijodiy fikrlashni rivojlantirishini tasdiqlaydi. Inson atrofidagi xatti-harakatlar, muhit va tafsilotlarni diqqat bilan kuzatganda yangi bog‘lanishlarni topadi, muammolarni chuqurroq anglaydi va original g‘oyalar yaratish ehtimoli ortadi. (PubMed)

Shuning uchun kuchli dizaynerlar faqat grafik dasturlarni yaxshi biladigan emas, balki odamlarni, ularning odatlarini, muhitni, ranglarni, shakllarni va kundalik hayotni kuzata oladigan insonlardir.

Dizayn kuzatishdan boshlanadi, ijod esa kuzatilgan narsani to‘g‘ri talqin qilishdan tug‘iladi.

Brend builder | Abdulloh Ergashev
🔥1