Brend builder | Abdulloh Ergashev
142 subscribers
681 photos
135 videos
14 files
219 links
Siz bilan kuchli brend quramiz!
Faqatgina kuchli brend sizni biznesingizni asrab qoladi.

• Dizayn sohasida 17 yillik bilim va tajriba
• Proffesional Brand builder
• ijodkor

Agentlik: @dea_branding

Aloqa uchun
+998917890617
Download Telegram
O‘tgan hafta tafsilotlari

Hafta shukur reproduktiv bo‘ldi qiziq tajribalar bilimlar va o‘ziga yarasha qimmatli xotiralar bo‘ldi

Haftani sport bilan boshlab oxirini oila davrasida dam olish bilan yakunladim.

Hafta boshida Zakirov’s production loyimizni yaxshi topshirdik, loyiha muddati 15 kun bo‘ldi
Yaxshi juda ham ma’qul keldi va Instagram sahifalarini yangi logo bilan yuritishni boshlashdi
Moshina dizaynini ham ularga juda ma’qul keldi.

Bir nechta o'zim hurmat qiladigan insonlar bilan ko'rishdim
Shoxrux, Shavkat, Shohjaxon aka bilan. Dilga yaqin insonlar bilan suhbat qurish bari bir boshqacha!

Hafta o‘rtasida loyihalar yuzasidan 3 ta peragavor o‘tqazdim

1. Namanganda Mahorat xususiy maktab (to‘laqonli rebrending)
2.
Tamix loyihamizni (o‘tgan yili nom va logo dizaynlarni ishlab chiqqan edik) mahsulotlar dizaynini qadoq va brend menejmenti bo‘yicha
3.
Naqqosh.uz loyihasi bo‘yicha brending ishlab chiqish bo‘yicha

Nasib bular bo‘yicha ishlarni boshlashlik arafasidamiz

Aura mentorlik kursini ham yarmini tugallab qo‘ydik. Darslar qizg‘in va network juda ham zo‘r bo‘layapti.

Payshanba kuni San’at haftaligiga bordim, maktab davrlarimizni eslab ustozlarim bilan ko‘rishdim.
Ustozim taklif berdilar ma’lum soatlar hafta davomida maktabimiz o‘quvchilariga mentorlik qilib qolishimiz ham mumkin.
Iqtidorli bolalarga sohani hech qayerda o‘rgatilmaydigan taraflarni o‘rgatamiz nasib bo‘lsa.

Hafta yakunida Asoschilar klubining ofisida bo‘ldim, klub haqida batafsil ma’lumotlar oldik.
Katta risklar olib va katta o‘yinlarga kirish kerak.
“Your network is your net worth.” deydi-ku

Shanba do‘stlar bilan kartingga bordik, juda ajoyib ekan maza qildik. Manda birinchi marta edi juda berilib ketib, kichik dahshatli avariya qildim)
Videosini keyinroq ko'rsataman.
Karting moshinasini sindirib yubordim va manga u 150$ ga tushdi). Bu hafta ham yaxshi va qimmatli bitta dars oldim o‘tgan hafta kabi.

Dam olish kunini  esa uydagilar bilan dam olib, osh ko‘tarma bosh deb jiyanim bilan maza qilib o‘ynadik.

Yana ham ma'lum bir narsalarni yozmadim lekin juda ham unumli hafta bo'ldi, ohirgi paytlarda har hafta shunday o'tayapti shukur

Vaqt bu eng qimmatlisi.
Vaqtingizni arzon narsalarga sarf qilmang!

Brend builder | Abdulloh Ergashev
💋1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM