BRB-TECH
306 subscribers
393 photos
106 videos
1 file
184 links
Innovatsiyalar orqali moliyaviy xizmatlarni tubdan yangilash 💼💻

🔹 facebook: https://www.facebook.com/brbtech.uz
♦️ instagram: https://www.instagram.com/brbtech.uz/
🔹 linkedIn: https://www.linkedin.com/company/brb-tech
✉️ email: info@brbtech.uz
Download Telegram
🧠 API soʻziga har kuni duch kelamiz, lekin bu nimaligi hech oʻylab koʻrganmisiz?

API - Application Programming Interface.

🍽 Tasavvur qiling siz restoranga keldingiz. Ofitsiant bu API.
Siz buyurtma berasiz → ofitsiant oshxonaga yetkazadi → taom keladi.
Siz oshxonaga o'zingiz kirmadingiz, to'g'rimi? Xuddi shunday - dasturlar ham bir-biriga bevosita
"kirmaydi", ular API orqali muloqot qiladi.

Kundalik hayotda API?
📱 MyID orqali tizimga kirasiz → pasport ma'lumotlaringiz avtomatik to'ladi
(Bu MyID API tizimi)
🏦 Bankdan to'lov qilasiz → do'kon tizimi 1 soniyada xabar oladi
(Bu to'lov tizimidagi API)
🌤 Ilovada ob-havo ko'rasiz → ma'lumot meteostantsiyadan keladi
(Bu ob-havo uchun API)
🗺 Ilova eng yaqin filialni topadi → xarita xizmati bilan ulangan
(Bu Google Maps yoki Yandex Maps API’lari)


BRB-TECH va API - raqamda:
BRB-TECH bugungi kunda 50+ tashkilot bilan API orqali ulangan:
🔗 MyID — foydalanuvchi identifikatsiyasi
🏛 Davlat axborot tizimlari — soliq, statistika, kadastr
💳 To'lov tizimlari — onlayn tranzaksiyalar
📍 Geolokatsiya servislar — filial va xizmat nuqtalari
🔒 Kiberxavfsizlik tizimlari — ma'lumotlar himoyasi
Ya'ni siz bitta tugma bosganingizda, orqa fonda o’nlab tizim bir-biri bilan muloqot qililshni boshlaydi.

Aynan shu sababli BRB-TECH faqat dastur yozmaydi balki tizimlar orasida jonli muloqot yaratadi. 💡

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏111
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi S.S. Annaklichev tashabbusi bilan BRB-TECH jamoasi Andijon filialida bo‘lib, bank xodimlarni sun’iy intellektga o‘qitish bo‘yicha o‘quv-treninglar tashkil etildi.

Trening davomida quyidagi yo‘nalishlar qamrab olindi:
🔹 Prompt engineering asoslari va amaliy qo‘llash usullari
🔹 Sun’iy intellekt texnologiyalaridan ish jarayonlarida to‘g‘ri va samarali foydalanish
🔹 Smart Hudud — AI asosidagi tahliliy tizim imkoniyatlari.

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — innovatsion yechimlarni hududlarga keng joriy etish, ish samaradorligini oshirish va xodimlarning raqamli kompetensiyalarini yangi bosqichga olib chiqishdir.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍1👏1🎉1🏆111
BRB-TECH jamoasi Biznesni Rivojlantirish Banki xodimlari bilan birga o'tgan Andijondagi treningdan lavhalar.


📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1🤩1
🇺🇿 9-May - Xotira va qadrlash kuni

Bugun biz Vatan ravnaqi va yurt osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur ehtirom bilan yodga olamiz. Ularning jasorati va matonati xalqimiz xotirasida mangu saqlanadi.

🕊 Ularning mardligi, saboti va fidoyiligi kelajak avlod uchun doimo ibrat manbai bo‘lib qoladi.

💙 BRB-TECH jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 9-May - Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Xotira - muqaddas, qadrlash esa barchamizning insoniy burchimizdir.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! 🇺🇿

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤43👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hududlarda raqamli transformatsiya davom etmoqda:

Farg‘onada navbatdagi bosqich amalga oshirildi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi tashabbusi bilan BRB-TECH jamoasi tomonidan sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quv-treninglar Farg‘ona filialida ham tashkil etildi.

Qamrab olingan yo‘nalishlar:
🔹 Prompt engineering asoslari;
🔹 Sun’iy intellektdan ish jarayonlarida samarali foydalanish;
🔹 Smart Hudud tizimi imkoniyatlari.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona filialida bo'lib o'tgan treningdan fotolavhalar.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤111
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlikni ofis olishdan emas, tizimdan boshlang! 💼

Ko'pchilik biznes boshlashni chiroyli mebel va qimmat ofisdan boshlayman deb o’ylaydi. Lekin aslida birinchi qadam - bu vaqtni o’g’irlaydigan bankdagi uzun navbatlar va qog’ozbozlikdan qutulishdir. 📉

Biznes 24/7 platformasi aynan shu muammoga yechim bo’ldi:
▫️ Masofadan turib tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tish;
▫️ Bank xizmatlaridan navbatlarsiz, istalgan vaqtda foydalanish;
▫️ Bank va tadbirkor o’rtasidagi barcha amaliyotlarni raqamlashtirish.

Ushbu tizimni mukammal qilish uchun BRB Tech jamoasining 14 nafar mutaxassisi 1.5 yil davomida mehnat qildi. 🚀

Sizning biznesingizda ham tizimlashtirish kerak bo'lgan jarayonlar bormi?

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2
⚡ 2-4 SOAT VS 4 SEKUND. BU TEXNOLOGIYA HAQIDA.

Bankda mijozlarni segmentlash degan jarayon bor - oddiy qilib aytganda, mijozlarni guruhlarga ajratish: kim tadbirkor, kim xodim, kim pensioner va hokazo.

Avval bu ishni odamlar qo’lda bajarardi. Turli bazalarni birlashtirib, Excel orqali segmentlash uchun 2-4 soat ketardi. Shu vaqt ichida ma’lumot allaqachon eskirib bo’lar, qarorlar esa kechikib qolardi.

BRB-TECH ning Avtosegmentatsiya tizimi bu jarayonni soniyalargacha qisqartirdi:
• Segmentlash vaqti 2-4 soatdan soniyalargacha qisqardi
• Mijozning har bir harakati uning segmentini real vaqtda yangilab boradi
• Bank endi ommaviy SMS emas, har bir guruhga aniq manzilli taklif yuboradi
Natijada bank marketing xarajatini tejaydi, mijoz esa o’ziga kerakli taklifni oladi.


“To’g’ri odam, to’g’ri vaqtda, to’g’ri taklif oladi.”

BRB-TECH | Biznesni rivojlantirish banki ekotizimi

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
💼 XODIMNI ISHGA OLISH, MAOSH HISOBLASH, TA’TIL - BULARNING BARCHASI ENDI BITTA TIZIMDA

Ko’pchilik tashkilotlarda HR bo’limi hali ham Excel da ishlaydi. Kimning ta’tili qolgan, kim kech qolgan, kim qancha ish haqi olishi kerak - bularni qo’lda hisoblash vaqt talab qiladi va xatolarga yo’l qo’yadi.

BRB-TECH shu muammo uchun HRM tizimini ishlab chiqdi - kadrlar bilan ishlashning barcha bosqichlarini avtomatlashtiruvchi platforma.

⚙️ Tizim nima qiladi:
• Xodimlarning ishga kelish vaqtini skud orqali avtomatik qayd etadi
• Ish haqi, ta’til va kasallik varaqalarini inson omilisiz hisoblab chiqadi
• Rekruting jarayonini tezlashtiradi, nomzodlar bazasini bitta joyda saqlaydi
• Rahbariyat uchun xodimlar bo’yicha to’liq hisobotlarni avtomatik shakllantiradi


Avval bu ishlarni bir necha xodim qo’lda bajarardi. Endi tizim buni bir zumda qiladi - va xatosiz.

BRB-TECH | Biznesni rivojlantirish banki ekotizimi

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Venezuela Tech Week 2026

Venezuela Tech Week 2026’da BRB-TECH nomidan ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz.

Bu — xalqaro hamkorliklarni kengaytirish, tajriba almashish va O‘zbekiston texnologik salohiyatini namoyish qilish uchun muhim platforma. 🚀

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥4❤332👍1
Tadbirkor hisobdan ko'chirma olish uchun bankka bordi.

2 soat yo'lda. 1 soat navbatda.
3 soat ketdi - faqat bitta hujjat uchun.
Bugun bu 3 daqiqa.
Biznes 24/7 - yuridik shaxslar uchun to'liq masofaviy bank platformasi:
→ Hisob ochish, to'lovlar, ko'chirmalar - barchasi onlayn
→ Haftada 7 kun, kuniga 24 soat
→ Rahbar qayerda bo'lishidan qat'i nazar - mobil ilova orqali tasdiqlaydi

📊 Bugungi kunda 10 000+ yuridik mijoz foydalanmoqda.
O'zbekistonda masofadan hisob ochish imkoniyatiga ega atigi 4 ta bank bor - va biz shular ichidamiz.

BRB-TECH | Biznesni rivojlantirish banki ekotizimi.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤1👍1🔥1