BRB-TECH
306 subscribers
393 photos
106 videos
1 file
184 links
Innovatsiyalar orqali moliyaviy xizmatlarni tubdan yangilash 💼💻

🔹 facebook: https://www.facebook.com/brbtech.uz
♦️ instagram: https://www.instagram.com/brbtech.uz/
🔹 linkedIn: https://www.linkedin.com/company/brb-tech
✉️ email: info@brbtech.uz
Download Telegram
"BRB-TECH va “Kelajak uchun loyihalar” MCHJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi 🤝

✅ Mazkur memorandum sun’iy intellekt va ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy o‘quv kurslarini birgalikda tashkil etish hamda AI yo‘nalishida amaliy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

✅ Hamkorlik doirasida tomonlar qo‘shma seminarlar, vebinarlar, master-klasslar va ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etishni rejalashtirmoqda.

Ushbu tashabbus BRB-TECH Academy faoliyatini yanada rivojlantirish, AI savodxonligini oshirish va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. 🎓

BRB-TECH — texnologiya, ta’lim va kelajak sari amaliy qadam.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍443🔥2❤1
🚀 Qog'oz hujjatlar davri tugadi. EDO tizimi - BRMT da to'liq joriy etildi!

BRB-TECH tomonidan ishlab chiqilgan Elektron Hujjat Aylanish tizimi Biznesni rivojlantirish mikromoliya tashkilotida to'liq ishga tushirildi.

NIMALAR OʻZGARDI?
📄 Qog'ozdagi barcha hujjatlar xavfsiz elektron raqamli arxivga oʻtkazildi. Endi kerakli hujjatni soniyalarda topish mumkin.
✅ Rahbariyat endi har bir hujjat qaysi bosqichda va kimning tasdig'ini kutayotganini onlayn kuzata oladi.
💬 Jamoa ichki muloqoti yagona platforma, korporativ chat bilan tezkor va qulay boʻldi.
🔗 Ma'lumotlar almashinuvi ESB integratsiya tashkilot tizimlariga to'liq ulangan soʻng avtomatlashdi.
Kichik startapdan 75+ xodimlik texnologik kompaniyaga aylangan jamoamiz uchun har bir joriy etilgan mahsulot haqiqiy natija hisoblanadi.

🏦 BRB-TECH | Biznesni rivojlantirish banki ekotizimi!

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏22
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
MENING TOMORQAM - TOMORQA ER EGALARI VA DEHQON XO'JALIGINI RAQAMLASHTIRISH

O'zbekistonda millionlab tomorqa yer egalari va dehqon xo'jaliklari mavjud. Biroq ularning ko'pchiligi quyidagi muammolarga duch keladi:

❌ Yerdan samarali foydalanish bo'yicha bilim va maslahat yetishmaydi
❌ Davlat subsidiyalari va imtiyozli kreditlarga ariza berish jarayoni murakkab va shaffof emas
❌ Yetishtirilgan hosilni bozorga chiqarish qiyin — o'rtakashlarga arzon narxda berishga majbur bo'linadi
❌ Moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan


✅ BRB-TECH bu muammolarga kompleks raqamli yechim sifatida "Mening Tomorqam" platformasini ishlab chiqdi.

📌 PLATFORMA NIMA?
"Mening Tomorqam" - tomorqa yer egalari va dehqon xo'jaliklari uchun mo'ljallangan raqamli ekotizim bo'lib, "yer → ishlab chiqarish → sotuv" zanjirining barcha bosqichlarini yagona platformada birlashtiradi.

🔹 Agro-konsalting - mutaxassislar va AI yordamida qaysi ekin ekish, qanday parvarish qilish bo'yicha shaxsiy tavsiyalar
🔹 Moliyalashtirish - subsidiya, imtiyozli kredit va davlat yordamlariga elektron ariza berish va holatini kuzatish
🔹 Sotish platformasi - B2B/B2C marketplace orqali hosilni to'g'ridan-to'g'ri yirik xaridorlar va savdo tarmoqlariga sotish imkoniyati
🔹 Davlat integratsiyalari - davlat axborot tizimlari bilan to'liq integratsiya, hujjatlar uydan turib rasmiylashtiriladi
🔹 AI yordamchi - ma'lumotlarga asoslangan aqlli tavsiyalar va monitoring


📊 Davlat uchun ham foydali tomoni vazirliklar va idoralar uchun real vaqt rejimida hududlar bo'yicha tomorqalar holati, mablag'larning maqsadli ishlatilishi va iqtisodiy ko'rsatkichlar to'liq shaffof nazorat qiladi.

BRB-TECH raqamli texnologiyalar orqali qishloq xo'jaligini yangi bosqichga olib chiqmoqda.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥4👍2❤111
🧠 API soʻziga har kuni duch kelamiz, lekin bu nimaligi hech oʻylab koʻrganmisiz?

API - Application Programming Interface.

🍽 Tasavvur qiling siz restoranga keldingiz. Ofitsiant bu API.
Siz buyurtma berasiz → ofitsiant oshxonaga yetkazadi → taom keladi.
Siz oshxonaga o'zingiz kirmadingiz, to'g'rimi? Xuddi shunday - dasturlar ham bir-biriga bevosita
"kirmaydi", ular API orqali muloqot qiladi.

Kundalik hayotda API?
📱 MyID orqali tizimga kirasiz → pasport ma'lumotlaringiz avtomatik to'ladi
(Bu MyID API tizimi)
🏦 Bankdan to'lov qilasiz → do'kon tizimi 1 soniyada xabar oladi
(Bu to'lov tizimidagi API)
🌤 Ilovada ob-havo ko'rasiz → ma'lumot meteostantsiyadan keladi
(Bu ob-havo uchun API)
🗺 Ilova eng yaqin filialni topadi → xarita xizmati bilan ulangan
(Bu Google Maps yoki Yandex Maps API’lari)


BRB-TECH va API - raqamda:
BRB-TECH bugungi kunda 50+ tashkilot bilan API orqali ulangan:
🔗 MyID — foydalanuvchi identifikatsiyasi
🏛 Davlat axborot tizimlari — soliq, statistika, kadastr
💳 To'lov tizimlari — onlayn tranzaksiyalar
📍 Geolokatsiya servislar — filial va xizmat nuqtalari
🔒 Kiberxavfsizlik tizimlari — ma'lumotlar himoyasi
Ya'ni siz bitta tugma bosganingizda, orqa fonda o’nlab tizim bir-biri bilan muloqot qililshni boshlaydi.

Aynan shu sababli BRB-TECH faqat dastur yozmaydi balki tizimlar orasida jonli muloqot yaratadi. 💡

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏111
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi S.S. Annaklichev tashabbusi bilan BRB-TECH jamoasi Andijon filialida bo‘lib, bank xodimlarni sun’iy intellektga o‘qitish bo‘yicha o‘quv-treninglar tashkil etildi.

Trening davomida quyidagi yo‘nalishlar qamrab olindi:
🔹 Prompt engineering asoslari va amaliy qo‘llash usullari
🔹 Sun’iy intellekt texnologiyalaridan ish jarayonlarida to‘g‘ri va samarali foydalanish
🔹 Smart Hudud — AI asosidagi tahliliy tizim imkoniyatlari.

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — innovatsion yechimlarni hududlarga keng joriy etish, ish samaradorligini oshirish va xodimlarning raqamli kompetensiyalarini yangi bosqichga olib chiqishdir.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍1👏1🎉1🏆111
BRB-TECH jamoasi Biznesni Rivojlantirish Banki xodimlari bilan birga o'tgan Andijondagi treningdan lavhalar.


📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1🤩1
🇺🇿 9-May - Xotira va qadrlash kuni

Bugun biz Vatan ravnaqi va yurt osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur ehtirom bilan yodga olamiz. Ularning jasorati va matonati xalqimiz xotirasida mangu saqlanadi.

🕊 Ularning mardligi, saboti va fidoyiligi kelajak avlod uchun doimo ibrat manbai bo‘lib qoladi.

💙 BRB-TECH jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 9-May - Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Xotira - muqaddas, qadrlash esa barchamizning insoniy burchimizdir.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! 🇺🇿

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤43👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hududlarda raqamli transformatsiya davom etmoqda:

Farg‘onada navbatdagi bosqich amalga oshirildi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi tashabbusi bilan BRB-TECH jamoasi tomonidan sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quv-treninglar Farg‘ona filialida ham tashkil etildi.

Qamrab olingan yo‘nalishlar:
🔹 Prompt engineering asoslari;
🔹 Sun’iy intellektdan ish jarayonlarida samarali foydalanish;
🔹 Smart Hudud tizimi imkoniyatlari.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona filialida bo'lib o'tgan treningdan fotolavhalar.

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍 Youtube | 👌 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤111