BRB Info
2.02K subscribers
4.64K photos
561 videos
1 file
1.75K links
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali

Бизни кузатинг:
www.brb.uz
facebook.com/brb.uz
instagram.com/brb_info

Алоқа:
E-mail: press@brb.uz
Ishonch tel.: 78 150-10-01
Manzil: А. Navoiy, 18А, Tashkent, Uzbekistan, 100011
Download Telegram
❗️Diqqat, profilaktika❗️

2026-yil 9-mart soat 22:00 dan 10-mart 02:00 ga qadar  bankning mavjud serverlarida profilaktik va texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, iABS, BRB Mobile, Bank-mijoz, Mobil-banking va boshqa axborot tizimlarida qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin.

📌 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
#OAV_BRB_haqida

📰 Axborot nashrlarida bayram tabrigi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki”ning yurtimiz ayollariga samimiy bayram tabrigi bir qator markaziy nashrlarda ham e’lon qilindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart #bayram

🌷 Ayol — hayotga mehr, qalblarga nur ulashadigan mo‘jiza. Uning tabassumi bahor nafasi, mehribonligi esa cheksiz ilhom manbai.

💐 Ayollar — oilaning tayanchi, jamiyatimizning go‘zalligi va hayotimizga nur, mehr va ilhom bag‘ishlaydigan bebaho ne’matdir. Ularning sabr-toqati, g‘amxo‘rligi va fidoyiligi har bir kunimizni yanada yorqin qiladi.

🌸Bugun qalblarimizdagi eng samimiy tilaklar aziz va muhtarama ayollarimiz uchundir. Sizlar bor ekansiz — hayot yanada go‘zal, dunyo yanada mehrli.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤‍🔥44
#Trening #KichikBiznes

📍 O‘quv markazida trening davom etmoqda

1️⃣ Ayni damda bank o‘quv markazida BXO va BXMlarda kichik biznes sub’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi biznes menejerlari uchun tashkil etilgan treningning ikkinchi kuni qizg‘in davom etmoqda.

Mashg‘ulotlarda Kichik biznes departamenti tomonidan bank mahsulotlari va ularni samarali sotish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar #Trening

📚 Xalqaro hamkorlik doirasida o‘quv seminari

🏦 Bank O‘quv markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va 🇩🇪 KFW (Germaniya davlat banki) hamkorligida, “Business & Finance Consulting” (BFC) kompaniyasi ishtirokida navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

👥 Seminar davomida Bosh bank Monitoring departamenti tarkibidagi “Soft collection” bo‘limi xodimlarining qarzdorlar bilan muzokara olib borish usullari bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini nazariy hamda 📊 amaliy keyslar orqali rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart #bayram

8️⃣🔤🔤🔤🌹🌷

🌷 Aziz va muhtarama ayollar!

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Biznesni rivojlantirish banki” barchangizni samimiy muborakbod etadi.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, oilaviy farovonlik va yangi yutuqlar tilaymiz. Bahoriy kayfiyat har doim sizga hamroh bo‘lsin! 🌸

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dayjest

Bahor — yangi g‘oyalar, imkoniyatlar va rivojlanish fasli.

O‘tgan hafta 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki"da ta’lim, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi tashabbuslarga bag‘ishlangan bir qator muhim voqealar bo‘lib o‘tdi 🌱

Haftaning eng muhim yangiliklarini jamladik 👇

📆 2–8-mart

4-mart
👩‍🎓 Xorijiy OTMlarda tahsil olishni istagan yoshlar va pedagoglar uchun ta’lim krediti ajratish imkoniyati haqida ma’lumot berildi.

5-mart
👨‍🏫 Bankning servis menejerlari uchun o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etilib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.


🏢 TIFT talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, bankdagi stajirovka va kelajakdagi karyera imkoniyatlari haqida suhbatlashildi.


🏬 Shuningdek, TATU talabalari bilan uchrashuv tashkil etilib, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar va rivojlanish yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.


👨‍🎓 Talabalar uchun bankda amaliyot va yangi imkoniyatlar taqdim etildi.


6-mart
🌸 Bayram arafasida bank tomonidan xotin-qizlarga ehtirom va hurmat izhor etildi.


🌺 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayramona tadbir tashkil etildi.


7-mart
🏦 Bank o‘quv markazida BXO va BXMlarda kichik biznes sub’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi biznes menejerlari uchun trening tashkil etildi.


🏦 Bank O‘quv markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va 🇩🇪 KFW (Germaniya davlat banki) hamkorligida, “Business & Finance Consulting” (BFC) kompaniyasi ishtirokida navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.


8-mart
🌷 Bank jamoasi tomonidan barcha ayollarga samimiy tabriklar yo‘llandi.


💬 Batafsil ma’lumotlarni sahifalarimiz orqali kuzatib boring

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1🎉1
#Yamagata
#hamkorlik

👨‍🏫Ayni daqiqalarda Nukus shahrida tadbirkorlik sohasidagi mentorlarni tayyorlash boʻyicha birinchi xalqaro hamkorlik asosidagi taʼlim dasturining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

❇️Unda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi rahbariyati va xodimlari, Yaponiyaning Yamagata universiteti, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti professorlari, mahalliy tadbirkorlar, mentorlar hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muvaffaqiyathikoyasi #MahallaBankiri

Zax yer ham daromad manbayi: tomorqada qulupnay yetishtirib, yangi imkoniyat yaratildi

📍 Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, “Uzun” MFY hududida yashovchi Xudoyberdiyeva Aziza mahalla bankiri ko‘magida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan 30 mln so‘m kredit mablag‘iga ega bo‘ldi.

🍓 Ajratilgan mablag‘ evaziga uy sharoitida issiqxona tashkil etilib, ilgari foydalanilmay kelgan zah yer maydonidan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Natijada qulupnay yetishtirish orqali qo‘shimcha daromad manbayi yaratildi.

👉 Batafsil: brb.uz/mahalla-info
🔵 @brb_mahalla_bankir_bot

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3🤝1
#Yamagata
#hamkorlik

📚 Yaponiya tajribasi asosida o‘qitilgan tadbirkorlarga mentorlik sertifikatlari topshirildi


♻️“Biznesni rivojlantirish banki”, Yaponiyaning Yamagata universiteti va Qoraqalpogʻiston davlat universiteti bilan hamkorligidagi dasturda 80 nafar tinglovchi ishtirok etdi.

🤵‍♂️Dastur jarayonida ishtirokchilarga Yaponiya tajribasi, xususan Yamagata universiteti mutaxassislari tomonidan mentorlik va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy bilimlar berildi.

Tadbir yakunida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan mentorlarga sertifikatlar berildi.

🔗Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
👏31