BRB Info
2.02K subscribers
4.64K photos
561 videos
1 file
1.75K links
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali

Бизни кузатинг:
www.brb.uz
facebook.com/brb.uz
instagram.com/brb_info

Алоқа:
E-mail: press@brb.uz
Ishonch tel.: 78 150-10-01
Manzil: А. Navoiy, 18А, Tashkent, Uzbekistan, 100011
Download Telegram
#uchrashuv

🏛 Bank yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi

🇺🇿 Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida “Biznesni rivojlantirish banki”da tizim yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

💼 Tadbir avvalida Prezident va yoshlar muloqotining ahamiyati va bank Boshqaruvi rahbariyati tomonidan tizimda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z bordi.

📚 Uchrashuv davomida xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Book Challenge” tanlovida faol ishtirok etib, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilgan yosh xodimlarga 🎁 esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yoshlar — taraqqiyot tayanchi!


👉 Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
3👍3🔥3👏2🎉1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat ishtirokidagi tijorat banklari samaradorligi oshiriladi

✍️Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–74-son, 25.02.2026-y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarida (jamiyatlar) korporativ boshqaruv madaniyatini rivojlantirish, uning zamonaviy usullarini qoʻllash, jamiyatlar kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil aʼzolar ulushini 50 foizga yetkazish ushbu qarorning asosiy maqsadlaridan biri etib belgilandi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xayriya

☪️Falastinlik oilalarga iftorlik dasturxoni yozildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat gʻamxoʻrligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida koʻmak berish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan navbatdagi muhim qadam boʻldi.

🍱Muborak Ramazon oyida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan falastinlik oilalar a'zolariga iftorlik tashkil qilindi.

🙏 Ular qiyin vaziyatda mehr-muruvvat ko‘rsatib, boshpana bergan va doimiy g‘amxo‘rlik qilayotgan O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik izhor qildi.

Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
👍8🔥1
#kiberxavfsizlik

🛡 Moliyaviy xavfsizlik — bu ehtiyotkorlikdan boshlanadi

👤Noma'lum internet manbalardan tavsiya etilayotgan “bepul” ilovalarni telefoningizga yuklamang. “Bepul” ilovalar qimmatga tushishi mumkin.

📌Shuning uchun quyidagi oddiy, ammo juda muhim qoidalarni unutmang:

Nomaʼlum va ishonchsiz ilovalarni oʻrnatmang;
💳 Doimiy foydalanilmaydigan ilovalarga bank kartangizni ulamang;
📲 Eski qurilmadagi barcha ilovalar va akkauntlarni oʻchirish unutmang;
📧Telefoningizga kelgan SMS-kod va karta maʼlumotlarini hech kimga bermang.

🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB — xavfsiz moliyaviy hamkoringiz.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
2👍1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xorij universitetlarida oʻqish uchun yoshlar va pedagoglarga taʼlim krediti beriladi

📖Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga taʼlim kreditini ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. VMQ-88-son. 02.03.2026

🏫Qanday OTMlar uchun ajratiladi – "QS" (Quacquarelli Symonds) yoki "THE" (The Times Higher Education) boʻyicha TOP-300 talikdagi xorijiy OTMlarda o‘qish uchun.

🚻Kimlarga beriladi
– 30 yoshdan oshmagan, (30 yoshda boʻlgan) yoshlar hamda pedagog mutaxassisligiga ega bo‘lgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun.

👨‍🎓Qanday ta'lim uchun beriladi – bakalavriat va magistratura uchun.

💰 Miqdori – 1 oʻquv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi.

Stavkasi – Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.

Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
👍1
#seminar

“Biznesni rivojlantirish banki” O'quv markazida yuridik mijozlar amaliyotlari yo'nalishi bo'yicha servis menejerlar kasbiy bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan o'quv-mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.

Mavzu: "Yuridik mijozlar bilan bank operatsiyalarini amalga
oshirishning huquqiy va amaliy asoslari”


👨‍🏫Tinglovchilar o'quv-trening davomida quyidagi yo'nalishlarda o'z kasbiy bilim va ko'nikmalarini oshirdi:
Kasbiy faoliyati davomida duch kelishi mumkin bo‘lgan bilim bo'shliqlarini to‘ldirish;
Amaldagi me'yoriy huquqiy hujjatlar talablarini o'rganish va bilim malakalarini  mustahkamlash;
Xodimlarning ish samaradorligini yaxshilash.


👉 Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj |Biznesni rivojlantirish banki: "Mahalla bankirlari" loyihalarni biznesga aylantirmoqda.
#4mar

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
#Yoshlar_kuni

TIFT talabalari bilan ochiq muloqot

🇺🇿 Davlat rahbarining yoshlar bilan ochiq muloqoti mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilayotganini yana bir bor namoyon etdi.

🇺🇿 Shu bilan birga, mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangani ham yoshlar bilan ishlash tizimini yanada faollashtirishga xizmat qilmoqda.

🎓 Mazkur tashabbus doirasida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” rahbariyati tomonidan🎓TIFT (Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universitetiga) talabalari bilan o‘tkazildi. Unda bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari Oybek Vohidov ishtirok etib, bank tizimidagi yangiliklar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida so‘z yuritdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4❤‍🔥2👏2🎉1🤩1😘1