BRB Info
2.01K subscribers
4.65K photos
563 videos
1 file
1.76K links
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali

Бизни кузатинг:
www.brb.uz
facebook.com/brb.uz
instagram.com/brb_info

Алоқа:
E-mail: press@brb.uz
Ishonch tel.: 78 150-10-01
Manzil: А. Navoiy, 18А, Tashkent, Uzbekistan, 100011
Download Telegram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Yoshlar ishlari agentligi “Fikringni ber (Voice Up)” inklyuziv oromgohini tashkil qilib, yoshlar tashabbusi asosida o‘ndan ziyod loyihalarni amalga oshirdi.

Endilikda ushbu loyihani har bir hududda o‘tkazib, 1 ming nafar yoshlarni qamrab olish, eng yaxshi loyihalarni taklif qilgan yoshlar ishtirokida Samarqand shahrida Xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohini tashkil qilish topshirildi.

“O‘sish va rivojlanish (Upshift)” startap loyihasi kengaytirilib, bu yil media, dizayn, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va innovatsiya yo‘nalishlarida ham tanlov o‘tkaziladi.

Yoshlarning eng yaxshi 40 ta startap loyihasini moliyalashtirish uchun 2 milliard so‘m ajratiladi.

Facebook|Instagram|X
O‘tgan yilda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinib, har bir hududda hokimlar boshchiligida Kasbiy ta’lim kengashlari ish boshladi.

Agentlik va hokimlarga qaysi texnikumda kasbga o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqib, ish beruvchilarning talabiga moslash, qaysi biriga kasb-hunar va “dual ta’lim” bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni olib kelish kerakligi va texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.

Hokimlar texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan yig‘ilishga chaqirilmasligi haqida ogohlantirildi.

Har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlash maqsad qilib olindi.

“Dual ta’lim” qamrovini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Har oyda texnikumlarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari tashkil qilinadi. Texnikumlarga ham oliygohlar kabi “spin-off” ochishga ruxsat beriladi. Bunda o‘quvchilarning startap loyihalariga 1 milliard so‘mgacha ajratiladi.

Joriy yildan xuddi oliygoh talabalari kabi texnikum o‘quvchilari uchun ham “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi. Bunda dasturda ishtirok etuvchi texnikum o‘quvchilariga yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.

Facebook|Instagram|X
👍1
Xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga imtihon va o‘qish xarajatini qoplash yo‘lga qo‘yilgani katta samara berdi. Sertifikatga ega yoshlar 600 mingdan oshdi. Eng muhimi, xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 mingta instruktor paydo bo‘ldi.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga xususiy o‘quv markazlarining soni 3 karra ko‘payib, 38 mingdan oshdi.

Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar O‘quv markazlari uyushmasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan. Prezidentimiz buni qo‘llab-quvvatladi.

Endilikda uyushmaga a’zo bo‘lgan xususiy o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.

Facebook|Instagram|X
👍1
“Ko‘mak” dasturi doirasida 130 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratish yo‘lga qo‘yilgani uchun olis va chekka hududlarda olti oy ichida xorijiy til o‘rgatadigan 120 dan ziyod o‘quv markazi ish boshladi.

Bunday o‘quv markazlarini tashkil qilib, tajriba orttirgan yosh tadbirkorlar atrofida AT va zamonaviy kasb markazi, kutubxona, sport to‘garaklarini ochish taklifini bermoqda.

“Ko‘mak” loyihasi doirasida o‘z biznesini boshlab, yaxshi natija ko‘rsatayotgan yoshlar faoliyatini kengaytirish uchun 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

Endi olis hududlardagi o‘quv markazlari ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to‘laydi, ulardagi o‘qituvchilar uchun daromad solig‘i 7,5 foiz bo‘ladi (hozir ijtimoiy va daromad solig‘i 12 foizdan to‘lanadi).

Yoshlar ishlari agentligiga xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda yiliga 20 ming yoshni kelajak kasblariga o‘qitish dasturini ishga tushirish, har bir tumanga 500 million so‘mgacha ssuda ajratib, texnikum va o‘quv markazlarida kasb-hunar laboratoriyasini tashkil qilish topshirildi.

Facebook|Instagram|X
👍1
Qo‘qon universiteti zamonaviy asbob-uskunalar, texnika va laboratoriyaga ega 400 o‘rinli o‘quv markazini ishga tushirdi.

Universitet ehtiyojmand oilalar farzandlarini o‘quv markazida dasturlash, sun’iy intellekt, robototexnika bo‘yicha 6 oylik o‘quv kurslarida bepul o‘qitmoqchi. Birgina shu orqali yiliga 5 mingdan ziyod uyushmagan yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi uchun sharoit yaratiladi.

Yoki Toshkent agrar universiteti mexanizatsiya va agromuhandislik yo‘nalishidagi talabalarini “dual” ta’lim asosida bevosita Chirchiqdagi agro-tex klasterida o‘qitmoqchi. Ular bir vaqtning o‘zida ishlab, maosh oladi.

Shuningdek, universitetda har biri 5 nafar talabadan iborat “Kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tashkil etiladi. Ushbu jamoalar o‘quv yili davomida 10 sotix yerni o‘zlashtirib, o‘zlari ekin ekadi. Ular yerning unumdorligini oshirish, serhosil va yuqori daromad olish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, kursdan kursga o‘tadi.

Qolgan barcha oliygohlar ushbu ijobiy tajribalardan namuna olishi zarurligi qayd etildi.

Endi joylarda mana shunday maskanlarni tashkil qilib, ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni bepul o‘qitishni yo‘lga qo‘ygan o‘quv markazlari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi, kommunal xarajatlarining yarmi budjetdan qoplab beriladi, o‘qituvchilarga to‘langan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq “keshbek” sifatida qaytariladi.

Facebook|Instagram|X
👍1
Har yili yurtimizda 270 mingga yaqin yangi oila paydo bo‘lmoqda.

Yosh oilalar uchun eng avvalo nima kerak? Albatta, qulay va shinam uy-joy zarur. Shuni hisobga olib, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasini 14 foizdan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi,

– dedi Prezidentimiz.

Axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi qayd etildi.

Bu ishlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun tuzilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali eng iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma beriladi va bir yil davomida oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanadi.

Eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga, milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatining yarmi qoplanadi.

Mutasaddilarga yangi o‘quv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish topshirildi. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi.

Kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga uch yilga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda berish yo‘lga qo‘yiladi.

Facebook|Instagram|X
Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tab bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy hayotga tez moslashishini ta’minlash muhim ekani ta’kidlandi.

Buning uchun “Ikkinchi imkon" loyihasi boshlanadi.

Bunday yoshlar 8-12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa kasblar va xorijiy tillarga o‘qitilib, daromadli ishga ega bo‘ladi.

Mazkur tizim 1-iyundan Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida, kelasi yildan esa barcha hududlarda joriy qilinadi.

Davlatimiz rahbari so‘zini yakunlagach, yoshlar bilan muloqot boshlandi.

Ayni paytda tadbirda mutasaddilarning hisobotlari, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanmoqda.


Facebook|Instagram|X
🤝 Farg‘onada xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

📍 Fargʻona viloyatida Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish istagidagi xotin-qizlar bilan uchrashdi.

🏦 Uchrashuvda 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi bo‘yicha departament direktori o‘rinbosari Z. Saburova bankdagi mavjud imkoniyatlar, maxsus dasturlar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot berdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#RaqamliTransformatsiya #Hamkorlik

🤖 “Sun’iy intellekt alyansi”ga a’zolik — raqamli rivojlanishda yangi bosqich

🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" hamda Sun’iy intellekt alyansi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Alyans mamlakatda sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirish, davlat, ilm-fan va biznes hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, a’zolarga professional hamjamiyat, AI siyosatini shakllantirishda ishtirok va texnologik resurslardan foydalanish imkonini beradi.

📆 2026-yil 17-fevral kuni bank Alyansga a’zolik bo‘yicha kelishuvni imzoladi. 24-fevral kuni o‘tkazilgan uchrashuvda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, bankka A’zolik sertifikati topshirildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥1
#Brifing

❗️DIQQAT, BRIFING❗️

🎙2026-yil  25-fevral kuni soat 12:00da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “"Biznesni rivojlantirish banki" ATB  tomonidan “Yangi bank” AJ omonatchilariga kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish jarayonlarining borishi” mavzusida brifing bo'lib o'tadi.

Ma'ruzachi:
Shuhrat Oripov
, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Axborot xizmati rahbari


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
👍4
#Brifing

🎙Ayni daqiqalarda "Biznesni rivojlantirish banki" ATB  tomonidan “Yangi bank” AJ omonatchilariga kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish jarayonlarining borishi” mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda.

👇Joni efir
Youtube
Instagram
Facebook

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
2👍2💯1
Live stream started
Live stream finished (4 minutes)
#omonat #infografika

📊 2026-yil 25-fevral soat 10:00 holatiga:

5 480 nafar jismoniy shaxsga 202 mlrd so‘m to‘lab berildi (Bu jismoniy shaxslarga qaytarilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning 98%ini tashkil etadi)

To‘lov shakllari:
💵 5 mlrd 253 mln so‘m — naqd pul
💳 150 mlrd 400 mln so‘mdan ortig‘i — bank kartalari orqali
🏦 46 mlrd 300 mln so‘mdan ortig‘i — omonat sifatida joylashtirildi

Qo‘shimcha ravishda:
🔹 56 ta yuridik shaxsga — 2 mlrd 739 mln so‘
🔹 13 nafar YATTga — 209 mln so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berildi

📌 Jami 5 549 nafar omonatchiga 204 mlrd 873 mln so‘mdan ziyod mablag‘ qaytarildi.Bu kafolatlangan omonatlar bo‘yicha umumiy kompensatsiyaning 98%ini tashkil etadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
👍42🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

🎙 O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "Biznesni rivojlantirish banki" Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Yangi bank” AJ omonatchilariga kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari amalga oshirilishi jarayoni va natijalari haqida axborot berildi.

📊 Qayd etilishicha, 2026-yil 25-fevral holatiga umumiy hisobda 5 549 nafar omonatchiga 204 milliard 873 million so‘mdan ziyod mablag‘ to‘lab berildi.
🏦 Bu kafolangan omonatlar bo‘yicha jami to‘lab berilishi lozim bo‘lgan kompensatsiya mablag‘larining 98 foizini tashkil etadi.

👉 Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2