#seminar
Universal kassirlar uchun o'quv mashg'ulotlari
📆Joriy yilning 16-17-fevral kunlari Bank O'quv markazida universal kassirlarning kasbiy bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
🎯 Mashg‘ulotlar davomida:
✅ kassalarda naqd pul va qimmatliklar bilan ishlash tartiblarini mustahkamlash;
✅ xodimlar ish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

📌 Mavzu:
“Bank kassalarida naqd pul va qimmatliklar bilan ishlashni tashkil etishning amaldagi tartiblari”
🎯 Mashg‘ulotlar davomida:
✅ kassalarda naqd pul va qimmatliklar bilan ishlash tartiblarini mustahkamlash;
✅ xodimlar ish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
❤1
⚠️Diqqat⚠️
“BRB Business” masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimining mobil ilovasi texnik sabablarga ko‘ra vaqtinchalik to‘xtatildi. Ilovadagi barcha xizmatlardan “Biznes 24/7” mobil ilovasi orqali foydalanish mumkinligini ma’lum qilamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzur so‘raymiz!
______________________________
По техническим причинам мобильное приложение “BRB Business” временно приостанавливает свое действие. Всеми сервисами данного приложения можно пользоваться с помощью нашего мобильного приложения “Biznes 24/7”. Приносим свои извинения за доставленные неудобства!

👍2
#kiberxavfsizlik
⚠️ DIQQAT: .APK-fayllar orqali fishing
💻 Firibgarlar tobora ko‘proq .apk-fayllarni foydali ilova sifatida tarqatmoqda:
“kommunal to‘lov”, “bank xizmati”, “davlat servisi”, “qarzdorlikni tekshirish”.
Aslida esa bunday fayllar zararli dastur hisoblanadi.
❗️ Eslab qoling:
rasmiy banklar va davlat xizmatlari .apk-fayllarni tarqatmaydi.
Agar sizni shoshirishsa, jarima yoki bloklash bilan qo‘rqitishsa — bu deyarli har doim firibgarlik.

.apk o‘rnatilgandan keyin nima bo‘ladi:
🔴 bank karta ma’lumotlari o‘g‘irlanadi
🔴 SMS va push-kodlar kuzatib olinadi
🔴 messenjer va akkauntlarga kirish qo‘lga olinadi
🔴 telefon firibgarlar nazoratiga o‘tishi mumkin
Firibgarlik sxemasi odatda shunday bo‘ladi:
🟢 SMS yoki messenjerda havola yuboriladi
🟢 QR-kod orqali “to‘lov” yoki “tekshiruv” taklif qilinadi
🟢 “qulaylik uchun ilova o‘rnating” deyiladi
🟢 oxirida .apk-fayl yuklab olish so‘raladi — bu asosiy xavf belgisi
O‘zingizni qanday himoya qilish mumkin:
✔️ SMS, Telegram yoki WhatsApp orqali kelgan .apk-fayllarni o‘rnatmang
✔️ ilovalarni faqat Google Play orqali yuklab oling
✔️ shubhali havolalarga kirmang
✔️ ilova o‘rnatilgandan keyin SMS-kod so‘ralsa — darhol to‘xtating
✔️ shubha bo‘lsa, faylni o‘chirib tashlab, telefonni antivirus bilan tekshiring
❗️ Eslab qoling:
rasmiy banklar va davlat xizmatlari .apk-fayllarni tarqatmaydi.
Agar sizni shoshirishsa, jarima yoki bloklash bilan qo‘rqitishsa — bu deyarli har doim firibgarlik.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
👍1
BRB Info
#seminar Universal kassirlar uchun o'quv mashg'ulotlari 📆Joriy yilning 16-17-fevral kunlari Bank O'quv markazida universal kassirlarning kasbiy bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. 📌 Mavzu: “Bank kassalarida naqd…
#seminar
💰Universal kassirlarning kasbiy bilim va malakasi oshirilmoqda
🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB O'quv markazida “Bank kassalarida naqd pul va qimmatliklar bilan ishlashni tashkil etishning amaldagi tartiblari” mavzusidagi o'quv-mashg'ulotlari davom etmoqda.
👩🏻💻Mashg‘ulotlarda ishtirokchilar naqd pul va qimmatliklar bilan ishlash hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
💰Universal kassirlarning kasbiy bilim va malakasi oshirilmoqda
🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB O'quv markazida “Bank kassalarida naqd pul va qimmatliklar bilan ishlashni tashkil etishning amaldagi tartiblari” mavzusidagi o'quv-mashg'ulotlari davom etmoqda.
👩🏻💻Mashg‘ulotlarda ishtirokchilar naqd pul va qimmatliklar bilan ishlash hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
👍2❤1
#kiberxavfsizlik
🛡 Moliyaviy xavfsizlik — bu ehtiyotkorlikdan boshlanadi
👤Noma'lum internet manbalardan tavsiya etilayotgan “bepul” ilovalarni telefoningizga yuklamang. “Bepul” ilovalar qimmatga tushishi mumkin.
📌Shuning uchun quyidagi oddiy, ammo juda muhim qoidalarni unutmang:
❌ Nomaʼlum va ishonchsiz ilovalarni oʻrnatmang;
💳 Doimiy foydalanilmaydigan ilovalarga bank kartangizni ulamang;
📲 Eski qurilmadagi barcha ilovalar va akkauntlarni oʻchirish unutmang;
📧Telefoningizga kelgan SMS-kod va karta maʼlumotlarini hech kimga bermang.

🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB — xavfsiz moliyaviy hamkoringiz.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
👍1
#kichik_biznes
#seminar
Germaniya davlat banki bilan hamkorlikda o‘quv-seminar o‘tkazildi
🏦"Biznesni rivojlantirish banki" ATB va KFW (Germaniya davlat banki) hamkorligi doirasida “Business & Finance Consulting” (BFC) kompaniyasi ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
👨🏫"Biznesning moliyaviy tahlili asoslari" mavzusidagi mazkur ikki kunlik seminar-trening davomida biznes menejerlarning mazkur yo‘nalishdagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarini nazariy va amaliy keyslar orqali oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
👉Batafsil

❤2👍2🔥1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti boshlandi. Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalardan uchrashuvda 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni samimiy qutladi.
– dedi Prezidentimiz.
Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa mas’ullar hududidagi yoshlarni til va kasb-hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, g‘oya, loyiha va startapiga ko‘mak berib, ularni o‘stirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni e’tiborsiz qoldirmaslikka yanada katta mas’uliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X

“Yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida biz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa mas’ullar hududidagi yoshlarni til va kasb-hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, g‘oya, loyiha va startapiga ko‘mak berib, ularni o‘stirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni e’tiborsiz qoldirmaslikka yanada katta mas’uliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
👍1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida so‘nggi yillarda yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikda o‘qiyotgan o‘g‘il-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshdi.
Yangilikka intiluvchan yoshlarimiz yaratgan 63 ta startap loyihasi AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bozoriga kirib bordi.
Yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medalining sohibi bo‘ldi. Bugun yosh tadbirkorlar yurtimizdagi biznes vakillarining 35 foizini tashkil etmoqda.
Facebook|Instagram|X
Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikda o‘qiyotgan o‘g‘il-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshdi.
Yangilikka intiluvchan yoshlarimiz yaratgan 63 ta startap loyihasi AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bozoriga kirib bordi.
Yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medalining sohibi bo‘ldi. Bugun yosh tadbirkorlar yurtimizdagi biznes vakillarining 35 foizini tashkil etmoqda.
Facebook|Instagram|X
👍1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“O‘zbekiston Yoshlar taraqqiyoti global indeksida eng tez sur’atlarda rivojlanayotgan davlat deb e’lon qilingani bizga g‘urur bag‘ishlaydi”,
– dedi Prezidentimiz.
Bu yil Toshkent shahrida Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi tashkil etilishi, Samarqand shahri Yoshlar parlamenti a’zolarining 12-global konferensiyasi, “Take Off” xalqaro startap sammiti va 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilishi e’lon qilindi.
“Albatta, yangi metodika va innovatsiya olib kirib, ta’lim sifatini oshirish va bolalarni kasbining ustasi qilish haqida izlanadigan rahbarning faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi, ishiga yangicha muhit kiradi”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Dunyoda kun sayin yoshlar ongini egallash bo‘yicha yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan sharoitda barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi ish tizimiga o‘tishi zarurligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.
Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.
Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar ajratadi.
Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.
Facebook|Instagram|X
Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.
Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar ajratadi.
Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib, ular 1 millionga yetadi. Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi.
Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi. Xususan, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.
Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi.
O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.
Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.

Joriy yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi ishga tushiriladi va yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15 foizli kredit ajratish boshlanadi.
Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga garovsiz 20 million so‘mgacha, tadbirkorlik ko‘nikmasiga ega bo‘lib, o‘z biznesini boshlayotganlarga 300 million so‘mgacha, faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga 2 milliard so‘mgacha, kamida 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa 10 milliard so‘mgacha kredit beriladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda “Mening birinchi kasbim” dasturini boshlash topshirildi. Bunda stajirovka dasturi asosida oliygoh bitiruvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, ularga oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.
Tadbirkorlikni endi boshlayotgan yoshlarning 30 foizi biznes ko‘nikmasi yetishmagani uchun qiyinchilikka uchrayotgani qayd etildi.
Shu bois, har bir hududda tadbirkorlikka o‘qitish, g‘oyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank, marketing, ichki va tashqi bozorlarga chiqish bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatadigan “Yoshlar biznes inkubatori” ishga tushiriladi.
Mutasaddilarga yoshlar uchun qulay joylarni belgilab, bu yil Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent shahrida, kelgusi yilda qolgan hududlarda bunday markazlarni tashkil qilish topshirildi.

Garvard, Stenford, London iqtisodiyot maktabi kabi nufuzli oliygohlar ilg‘or tajribalar asosida yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitishda hamkorlik qilishga tayyor.
Yoshlar ishlari agentligiga ushbu xorijiy oliygohlar bilan kamida 40 ming yoshlarni biznesga o‘rgatadigan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini boshlash topshirildi.
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxshi 1 ming nafar yoshning loyihasiga uch yil muddatga 200 million so‘mgacha 7 foizli ssuda beriladi.
Har yili “Yosh tadbirkorlar” tanlovi o‘tkazilib, eng yaxshi 100 ta loyihani brendga aylantirish uchun “Yoshlar venchurs” jamg‘armasidan 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Banklar bittadan konsalting kompaniya tashkil qilib, joriy yilda 50 ming yosh tadbirkorga biznes reja tayyorlashiga ko‘maklashib, ularning xarajatini qoplab beradi. Yirik savdo tarmoqlari vakillari va malakali mutaxassislar jalb qilinib, kamida 20 ming yosh tadbirkorlikka o‘qitiladi.
Shu bilan birga, 1-martdan yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarga infratuzilmaga ulanish bilan bog‘liq davlat xizmatlarining xarajatlari Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasidan qoplab beriladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Yoshlar ishlari agentligi “Fikringni ber (Voice Up)” inklyuziv oromgohini tashkil qilib, yoshlar tashabbusi asosida o‘ndan ziyod loyihalarni amalga oshirdi.
Endilikda ushbu loyihani har bir hududda o‘tkazib, 1 ming nafar yoshlarni qamrab olish, eng yaxshi loyihalarni taklif qilgan yoshlar ishtirokida Samarqand shahrida Xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohini tashkil qilish topshirildi.
“O‘sish va rivojlanish (Upshift)” startap loyihasi kengaytirilib, bu yil media, dizayn, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va innovatsiya yo‘nalishlarida ham tanlov o‘tkaziladi.
Yoshlarning eng yaxshi 40 ta startap loyihasini moliyalashtirish uchun 2 milliard so‘m ajratiladi.
Facebook|Instagram|X
Endilikda ushbu loyihani har bir hududda o‘tkazib, 1 ming nafar yoshlarni qamrab olish, eng yaxshi loyihalarni taklif qilgan yoshlar ishtirokida Samarqand shahrida Xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohini tashkil qilish topshirildi.
“O‘sish va rivojlanish (Upshift)” startap loyihasi kengaytirilib, bu yil media, dizayn, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va innovatsiya yo‘nalishlarida ham tanlov o‘tkaziladi.
Yoshlarning eng yaxshi 40 ta startap loyihasini moliyalashtirish uchun 2 milliard so‘m ajratiladi.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘tgan yilda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinib, har bir hududda hokimlar boshchiligida Kasbiy ta’lim kengashlari ish boshladi.
Agentlik va hokimlarga qaysi texnikumda kasbga o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqib, ish beruvchilarning talabiga moslash, qaysi biriga kasb-hunar va “dual ta’lim” bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni olib kelish kerakligi va texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.
Hokimlar texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan yig‘ilishga chaqirilmasligi haqida ogohlantirildi.
Har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlash maqsad qilib olindi.
“Dual ta’lim” qamrovini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Har oyda texnikumlarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari tashkil qilinadi. Texnikumlarga ham oliygohlar kabi “spin-off” ochishga ruxsat beriladi. Bunda o‘quvchilarning startap loyihalariga 1 milliard so‘mgacha ajratiladi.
Joriy yildan xuddi oliygoh talabalari kabi texnikum o‘quvchilari uchun ham “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi. Bunda dasturda ishtirok etuvchi texnikum o‘quvchilariga yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.

Xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga imtihon va o‘qish xarajatini qoplash yo‘lga qo‘yilgani katta samara berdi. Sertifikatga ega yoshlar 600 mingdan oshdi. Eng muhimi, xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 mingta instruktor paydo bo‘ldi.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga xususiy o‘quv markazlarining soni 3 karra ko‘payib, 38 mingdan oshdi.
Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar O‘quv markazlari uyushmasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan. Prezidentimiz buni qo‘llab-quvvatladi.
Endilikda uyushmaga a’zo bo‘lgan xususiy o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.