Brain | Psychology & Mind
106 subscribers
127 photos
58 videos
13 files
1 link
BRAIN

▫️ Ilmiy va amaliy psixologiya
▫️ Ong, tafakkur va shaxsiy rivojlanish
▫️ Real hayot uchun foydali psixologik bilimlar

@Brain_guruhi
Download Telegram
🌹 Gullar insonda turli hissiyotlar va xotiralarni uyg‘otishi mumkin. Keling, mashhur gullarning ramziy ma’nolari bilan tanishamiz.

▫️Atirgul — sevgi va ehtiros
▫️Lola — yangilanish va mehr
▫️Pion — baxt va farovonlik
▫️Orxideya — nafislik va go‘zallik
▫️Liliya — poklik va yangilanish
▫️Lavanda — sokinlik va xotirjamlik

Sizning sevimli gulingiz qaysi va u siz uchun nimani anglatadi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
#BrainTrap

Angliyaga kelgan Rim legionlari Angliyaning sovug'idan juda ham qattiq aziyat chekishgan. Ayniqsa askarlarni oyoqlari eng sovuqdan muzlab qolib yura olmaydigan daraja kelib qolishgan. Shunda rim askari Uni oyoqlariga surtishgan va oyoq kiyimlarining ichiga solishgan. Natijada, oyoqda qon aylanishi boshlangan va askarlar yura boshlagan. Sizga yordam bolishi uchun aytib o’taman:Bir ertakda qirolicha uning yordamida 6 ta aka-ukani qutqaradi. U nima?

Javobingizni komentga yozing.
🔥3❤1
#BrainNews | #Neyropsixologiya

Ayol ona bo‘lganida uning hayotigina emas, miyasi ham o‘zgaradi. Bu shunchaki hissiy kechinma emas zamonaviy neyrofan tasdiqlayotgan biologik jarayon.


2017-yil Nature Neuroscience
Elseline Hoekzema va hamkasblari homiladorlikdan oldin va keyin ayollar miyasini tekshirib, ijtimoiy idrok bilan bog‘liq ayrim hududlarda kulrang modda hajmi kamayishini aniqladilar. Bu o‘zgarishlar kamida ikki yil davomida saqlangan. Tadqiqotchilar ularni onalikka moslashish jarayoni bilan bog‘lashdi. 
2024-yil 110 nafar ilk bor ona bo‘layotgan ayol ishtirokidagi tadqiqot homiladorlikning oxirgi davrida miya po‘stlog‘ining ayrim hududlarida hajm kamayishini, tug‘ruqdan keyin esa o‘zgarishlar qisman ortga qaytishini ko‘rsatdi. 
2025-yil BMC Pregnancy and Childbirth
31 ta tadqiqotni qamrab olgan ilmiy sharh homiladorlik davrida verbal xotira va diqqatda mo‘tadil o‘zgarishlar kuzatilishi mumkinligini aniqladi. Ayrim tadqiqotlarda bu o‘zgarishlar tug‘ruqdan keyin ham davom etgan. Biroq ularni sabablari va uzoq muddatli oqibatlari hali to‘liq aniqlanmagan. 

Aziz yoshlar, bir narsani unutmang.
Siz bolaligingizda onangizning vaqtini oldingiz. U siz uchun uyqusiz tunlarni o‘tkazdi, tashvish chekdi, kuchini va e’tiborini sizga bag‘ishladi.
Onalikning miyaga ta’siri haqida ilm-fan hali izlanmoqda. Ammo bir haqiqatni anglash uchun ilmiy maqolani kutish shart emas: onaning mehnati, uyqusiz tunlari va yillar davomida bergan mehrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi.
Balki bir kun kelib onangizning xotirasi avvalgidek bo‘lmas. Balki u sizga bir gapni qayta-qayta aytar. Balki ilgari o‘zi bajargan ishlarida sizning yordamingizga muhtoj bo‘lar.
Shunda uni unutuvchanligini aybga aylantirmang. U sizni bolaligingizda qanday mehr bilan parvarish qilgan bo‘lsa, siz ham uni shunday sabr bilan tinglang.
Chunki bir paytlar siz uning miyasidan kuch olgan edingiz. Endi esa u sizning mehringizdan kuch olishi mumkin. 


Manba: Nature Neuroscience (2017, 2024); BMC Pregnancy and Childbirth (2025).

@brainmindset
❤21
Turli vaziyatlarda o'zingizni yo'qotib qo'ymaslik uchun 5 muhim qoida

1️⃣Kamroq gapiring, vaziyatni kuzatish va qisqa munosib savol berish yokida so'z ishlatish

2️⃣Atrofingizdagilarni va siz qanday muhit doirasida ekaningizni to'g'ri baholay olishingiz shart.

3️⃣O'zingizni chekkadan kuzatib boring. Qaddingizni doim tik tutishga harakat qiling.

4️⃣Kamroq hazil qiling, juda qo'pol ham bo'lmang.

5️⃣Agarda biror vaziyat, muhit yoki suhbatdoshlar yoqmasa uzoqlashing, o'zingizni asrang. Maqsadlaringizga erishish uchun to'g'ri muhitda bo'lishlikka harakat qiling.

@brainmindset
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Maqsad aniq bo‘lsa, diqqat va harakat ham aniq bo‘ladi. Aks holda kun mayda ishlar bilan o‘tib ketadi.

Ushbu testni printerda chiqarib oling va 15 daqiqa vaqt ajrating:

Ong xaritasini to‘ldiring

10 ta savolga halol ball qo‘ying

Eng past 2 ta savolni belgilab, 7 kunlik rejani boshlang

4 haftadan keyin testni qayta topshirib, o‘zgarishingizni ko‘ring.
❤1🔥11
#Brain #Psixologiya #Tafakkur


NIYAT

Inson ilm oladi, mehnat qiladi, maqsadlar sari intiladi. Ammo ba’zan eng muhim savolni unutadi
«Men bularni barchasini nima uchun qilyapman?»
Bir inson bilimini boshqalardan ustunligini isbotlash uchun oshirsa. Boshqasi odamlarga foyda keltirish uchun.
Harakat bir xil, ammo niyat boshqa.
Niyatimizni anglash o‘zimizni anglashning muhim qismidir. Ba’zan muvaffaqiyatga intilishimiz ortida e’tirofga ehtiyoj, boshqalarga yordam berishimiz ortida qadrlanish istagi yashirinishi mumkin.

Bugun o‘zingizga uchta savol bering

✨ Men bu ishni nima uchun qilyapman?
✨ Hech kim meni ko‘rmasa va maqtamasa ham davom etarmidim?
✨ Bu maqsad meni qanday insonga aylantirmoqda?

O‘zingizdan «Nimaga erishmoqchiman?» deb so‘rash bilan cheklanmang. «Nima uchun erishmoqchiman?» deb ham so‘rang.

Agar barcha maqtovlar va e’tiroflar bo'lmasa ham bugun intilayotgan maqsadingiz sari baribir harakat qilarmidingiz?

@brainmindset
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Forwarded from Psixolog Rasulova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Инсон - кичик коинот...

t.me/ongfaoliyati
🔥2
Inson onggiga to'g'ri yo'l
Deyl Karnegi
Deyl Karnegi_-_ Muomala Sirlari.

Inson onggiga to'g'ri yo'l.

Albatta tinglab koring ketgan vaqtingizdan afsuslanmaysiz
❤21
Forwarded from Super Psychology
Brain | Psychology & Mind
Brain_7 kunlik_o'zini_kuzatish_.pdf
7 kunlik o‘zini kuzatish nima?
Bu o‘z fikrlaringiz, niyatlaringiz va xatti-harakatlarizni kuzatish orqali o‘zingizni yaxshiroq anglashga yordam beradigan amaliy mashg‘ulot.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Forwarded from Positive Psychology
Londonga uchadigan samolyotda ajoyib sarguzasht yuz berdi.
Arzon chipta olgan blondinka biznes-klassga o‘tishga qaror qildi. Kresloga qulay joylashib, oyoqlarini uzatdi va rohatlanib uchishni boshladi.
Bir necha daqiqadan keyin styuardessa kelib, biznes-klass uchun pul to‘lamaganini eslatib, undan o‘z joyiga qaytishini iltimos qildi.
Ayol esa: Men blondinkaman, chiroyliman, Londonga uchyapman va shu yerda o‘tiraman! deb javob berdi.
Styuardessa uchuvchilar kabinasiga borib, ikkinchi uchuvchiga hammasini tushuntirdi. Ikkinchi uchuvchi ayolning oldiga kelib, odob bilan o‘z joyiga qaytishini so‘radi.
Ayol yana o‘sha gapni takrorladi: Men blondinkaman, chiroyliman, Londonga uchyapman va shu yerda o‘tiraman!
Ikkinchi uchuvchi kapitanga vaziyatni aytdi.
Kapitan: Mening ham xotinim blondinka. Til topishishni yaxshi bilaman, bu ishni o‘zim hal qilaman, dedi.
Kapitan ayolning oldiga kelib, qulog‘iga nimadir deb shivirladi. Ayol hayratdan ko‘zlarini katta-katta ochib: Rostdan ham shundaymi?! dedi-yu, darhol o‘z joyiga qaytib ketdi.
Styuardessa bilan ikkinchi uchuvchi hayron bo‘lib: Kapitan, unga nima dedingiz? Nega u bir zumda joyiga qaytdi? deb so‘rashdi.
Kapitan jilmaygancha javob berdi:
Men unga biznes-klass Londonga uchmasligini aytdim! 😂✈️
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BrainRelax


Ko'pchilik akvariumga shunchaki xonaning ko‘rki yoki oddiy interyer elementi sifatida qaraydi. Ammo zamonaviy ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, baliqlarni kuzatish inson miyasi va asab tizimiga o‘ta kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy davo vositasi ekan.
[1] ilmiy kuzatuvlarda suv va suv osti olami bilan muloqot qilish inson miyasini "Blue Mind" deb nomlanuvchi chuqur xotirjamlik va ijodiy holatga olib kelishini isbotlagan.
[2] Suv harakati va baliqlarning sokin suzishi miyadagi stress gormoni kortizol darajasini keskin pasaytiradi. Hatto stomatologiya klinikalarida akvarium qo‘yilishi bemorlarning qo‘rquv va xavotirini 15–20% ga kamaytirishi aniqlangan.
[3] Xulosalarga ko‘ra, baliqlar 3 soniyalik xotiraga ega deyishadi. Biroq tadqiqotlar (xususan, tilapiya va oltin baliqlar) o‘z oziqlanish vaqtini, yo‘llarini va hatto dushmanlarini oylarcha eslab qolish qobiliyatiga egaligini ko‘rsatdi.
Baliqlar suv muhitidagi o‘zgarishlarga va egasining energetikasiga o‘ta sezgir bo‘lishadi. Akvariumdagi xotirjam muhit baliqning umrini uzaytirsa, doimiy shovqin va stress ularda ham immunitetning pasayishiga olib keladi.
Og‘ir ish kunidan keyn 10-15 daqiqa akvarium oldida o‘tirish meditatsiyaga teng keladigan miya dam olishini ta’minlaydi.

[1] Uolyas Nikols
[2] Britaniyadagi Plimut va Ekseter universiteti
[3] Sidney universiteti

@brainmindset
1
IIVga kirishga tayyorgarlik: psixologik suhbat mashq hujjati
IIVga kirmoqchi bo‘lganlar ko‘pincha psixologik suhbatga tayyor javob yodlab boradi. Aslida suhbatda yodlangan gap emas sizni o‘z fikringiz va hayotiy tajribangiz ko‘rnadi.
Shuning uchun 9-ta savolli, 3 qismdan iborat mashq hujjatini tayyorladik.