Brain | Psychology & Mind
106 subscribers
127 photos
58 videos
13 files
1 link
BRAIN

▫️ Ilmiy va amaliy psixologiya
▫️ Ong, tafakkur va shaxsiy rivojlanish
▫️ Real hayot uchun foydali psixologik bilimlar

@Brain_guruhi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hech eslaysizmi? Onamiz " hali o'zing ota-ona bo'lsang tushunasan ". Ustozlarimiz esa " sizlar ham ustoz bo'linglar " deb qo'yardi. Hozir ularni qalblaridan o'tganini his qilib, ulardan chin dildan rozi bo'lib qo'yaman. Bizni qanchalik ko'p hatolardan asrab, hayotda sog'lom shakllanishimiz uchun hizmat qilganliklari uchun Alloh ustoz va ota-onalarimizni sog' salomat, umrlarini uzoq qilsin. Bugungi ustoz va murabbiylar kuni muborak bo'lsin.

@brainmindset
3
#PsixologHuzurigaQabul

#Brainshturm


Bugun ishga kelayotganimda eshik oldida Karl Gustav Yung va uning yonida qorong‘i bir mahluqni ko‘rib qoldim. Iloji boricha hotirjamlashib ularga yaqinroq bordim...

🛸
Salom Janob Yung... Yoningizdagi kim?

Yung🤴
Qo‘rqmang. Bu Black.

🛸
Black? ... U nima uchun menga ko'rinyapti?

Yung
Chunki u sizning tashqaringizdagi mavjudot emas. U siz o‘zingizda hali to‘liq anglamagan va tan olmagan jihatlaringizning ramziy ifodasi. Men esa aynan shu jihatlaringizni sizga ko‘rsatish uchun keldim.

🛸
Demak, undan qo‘rqishim kerakmi?

Yung
Yo‘q. Avvalo uni tushunishingiz kerak. Inson o‘zini soyasini tan olmaguncha, u ko‘pincha boshqalarga o‘zini tan olmagan tomonlarini ko‘chiradi.

🙆‍♂️
Men sendan qo‘rqishingni emas, meni tanishingni xohlayman...

🛸
Dahshat

To be continued...

@brainmindset
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
311
👍#Profayling


ISHDA CHIDAMASLIK KERAK BO‘LGAN 8 HOLAT

🔵Ikki kishining ishini qilib, bir kishining maoshini olish.
🔵Qo‘pollikni “to‘g‘riso‘zlik” deb oqlash.
🔵G‘oyangizni boshqalar o‘zlashtirib olishi.
🔵Ortiqcha ish uchun haq olmasdan doim ishlash.
🔵Toksik hamkasblar orasida bo‘lish.
🔵Rahbariyatning o‘g‘irligi yoki noqonuniy xatti-harakatini ko‘rish.
🔵Hamkasblarning sizni sotishi.
🔵Faqat ishdan bo‘shash qo‘rquvi bilan ishlash.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2211
#Brainshturm

#PsixologHuzurigaQabul

🐾🐾🐾🐾🐾🐾🐾🐾🐾🐾🐾🐾🐾🐾
Bugun bir sirli tush ko'ribman unda juda go'zal farishta kelib shu gaplarni aytib ketdi.

🦴Sen insonlarga yaxshilikni chin dildan hohlab harakat qilmoqdasan. Lekin bu yo'l oson emas. Brain bu seni ko‘rganlaring, o‘rganganlaring, yo‘qotganlaring va yaratganlaring jamlangan yo‘l.
Uning ildizi esa qalbdan vujudga kelgan. Faqat irodali bo'l va gaplarimni eslab qol.
..🦴

🦴Sen bu yo'ldan harakatda to'xtamasang va ishonsang albatta baxtga erishasan. Maqsading tomonga shoshil hech kimni kutib o’tirma. Hatto ortinga qarab ham qo’yma. Kerak bo’lsa uni yulib ol. Zero vaqtning tig’i charxlanib o’tkirlashib umr tezlashib boraveradi. Baxtingni unga ko’z tikkan zararkunandalardan asra. Turmoqchi bo’lganingda joyingda o’tirg’izib qo’yadigan. Ilk poydevorni qo’yganingda uni buzib tashlaydigan. Umid ummoniga sho’ng’iyotganingda seni umidsizlik botqog’iga itaradigan. Hato qilganingda birinchi bo’lib seni ayblay boshlaydigan kaslardan baxtingni asra. Ular shu qadar makkorki, muvaffaqqiyat qozonganingda chapak chaladi. O’zi biz senga boshidan ishongan edik deb og’zini ko’pirtiradi. Ortingdan istehzoli kulib, yuzingga tirjayadi. Bundaylardan hoziroq qutulgin. Ularning mog’or bosgan qalbidan uzoqlashib maqsading va baxting yanada gullab yashnashi uchun imkon yaratgin. Sen shunga haqlisan. Bunga loyiqsan. Harakat qilishga taslim bo'lmaslikka majbursan. Alloh Sen bilan...

@brainmindset
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🕊1111
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21
ODAMLARNI QANDAY “O‘QISH” MUMKIN?

⛔️Ikkiyuzlamachilar ➖ haddan tashqari shirinso‘z bo‘ladi.
⛔️Hasadgo‘ylar ➖ qadrsizlantiradi.
⛔️Olijanoblar ➖ indamay yordam beradi.
⛔️Jasurlar ➖ qo‘rquvini tan oladi.
⛔️Mayda odamlar ➖ boshqalarni muhokama qiladi.
⛔️Buyuklar ➖ g‘oyalarni muhokama qiladi.
⛔️Kuchsizlar ➖ aybdor qidiradi.
⛔️Kuchlilar ➖ kechira oladi.
⛔️Ahmoqlar ➖ doim hamma narsaga ishonch bilan hukm qiladi.
⛔️Donolar ➖ qachon jim turishni biladi.
⛔️Baxtli odamlar ➖ boshqalarning hayotiga tiqilmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🌹 Gullar insonda turli hissiyotlar va xotiralarni uyg‘otishi mumkin. Keling, mashhur gullarning ramziy ma’nolari bilan tanishamiz.

▫️Atirgul — sevgi va ehtiros
▫️Lola — yangilanish va mehr
▫️Pion — baxt va farovonlik
▫️Orxideya — nafislik va go‘zallik
▫️Liliya — poklik va yangilanish
▫️Lavanda — sokinlik va xotirjamlik

Sizning sevimli gulingiz qaysi va u siz uchun nimani anglatadi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
#BrainTrap

Angliyaga kelgan Rim legionlari Angliyaning sovug'idan juda ham qattiq aziyat chekishgan. Ayniqsa askarlarni oyoqlari eng sovuqdan muzlab qolib yura olmaydigan daraja kelib qolishgan. Shunda rim askari Uni oyoqlariga surtishgan va oyoq kiyimlarining ichiga solishgan. Natijada, oyoqda qon aylanishi boshlangan va askarlar yura boshlagan. Sizga yordam bolishi uchun aytib o’taman:Bir ertakda qirolicha uning yordamida 6 ta aka-ukani qutqaradi. U nima?

Javobingizni komentga yozing.
🔥3❤1
#BrainNews | #Neyropsixologiya

Ayol ona bo‘lganida uning hayotigina emas, miyasi ham o‘zgaradi. Bu shunchaki hissiy kechinma emas zamonaviy neyrofan tasdiqlayotgan biologik jarayon.


2017-yil Nature Neuroscience
Elseline Hoekzema va hamkasblari homiladorlikdan oldin va keyin ayollar miyasini tekshirib, ijtimoiy idrok bilan bog‘liq ayrim hududlarda kulrang modda hajmi kamayishini aniqladilar. Bu o‘zgarishlar kamida ikki yil davomida saqlangan. Tadqiqotchilar ularni onalikka moslashish jarayoni bilan bog‘lashdi. 
2024-yil 110 nafar ilk bor ona bo‘layotgan ayol ishtirokidagi tadqiqot homiladorlikning oxirgi davrida miya po‘stlog‘ining ayrim hududlarida hajm kamayishini, tug‘ruqdan keyin esa o‘zgarishlar qisman ortga qaytishini ko‘rsatdi. 
2025-yil BMC Pregnancy and Childbirth
31 ta tadqiqotni qamrab olgan ilmiy sharh homiladorlik davrida verbal xotira va diqqatda mo‘tadil o‘zgarishlar kuzatilishi mumkinligini aniqladi. Ayrim tadqiqotlarda bu o‘zgarishlar tug‘ruqdan keyin ham davom etgan. Biroq ularni sabablari va uzoq muddatli oqibatlari hali to‘liq aniqlanmagan. 

Aziz yoshlar, bir narsani unutmang.
Siz bolaligingizda onangizning vaqtini oldingiz. U siz uchun uyqusiz tunlarni o‘tkazdi, tashvish chekdi, kuchini va e’tiborini sizga bag‘ishladi.
Onalikning miyaga ta’siri haqida ilm-fan hali izlanmoqda. Ammo bir haqiqatni anglash uchun ilmiy maqolani kutish shart emas: onaning mehnati, uyqusiz tunlari va yillar davomida bergan mehrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi.
Balki bir kun kelib onangizning xotirasi avvalgidek bo‘lmas. Balki u sizga bir gapni qayta-qayta aytar. Balki ilgari o‘zi bajargan ishlarida sizning yordamingizga muhtoj bo‘lar.
Shunda uni unutuvchanligini aybga aylantirmang. U sizni bolaligingizda qanday mehr bilan parvarish qilgan bo‘lsa, siz ham uni shunday sabr bilan tinglang.
Chunki bir paytlar siz uning miyasidan kuch olgan edingiz. Endi esa u sizning mehringizdan kuch olishi mumkin. 


Manba: Nature Neuroscience (2017, 2024); BMC Pregnancy and Childbirth (2025).

@brainmindset
❤21
Turli vaziyatlarda o'zingizni yo'qotib qo'ymaslik uchun 5 muhim qoida

1️⃣Kamroq gapiring, vaziyatni kuzatish va qisqa munosib savol berish yokida so'z ishlatish

2️⃣Atrofingizdagilarni va siz qanday muhit doirasida ekaningizni to'g'ri baholay olishingiz shart.

3️⃣O'zingizni chekkadan kuzatib boring. Qaddingizni doim tik tutishga harakat qiling.

4️⃣Kamroq hazil qiling, juda qo'pol ham bo'lmang.

5️⃣Agarda biror vaziyat, muhit yoki suhbatdoshlar yoqmasa uzoqlashing, o'zingizni asrang. Maqsadlaringizga erishish uchun to'g'ri muhitda bo'lishlikka harakat qiling.

@brainmindset
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Maqsad aniq bo‘lsa, diqqat va harakat ham aniq bo‘ladi. Aks holda kun mayda ishlar bilan o‘tib ketadi.

Ushbu testni printerda chiqarib oling va 15 daqiqa vaqt ajrating:

Ong xaritasini to‘ldiring

10 ta savolga halol ball qo‘ying

Eng past 2 ta savolni belgilab, 7 kunlik rejani boshlang

4 haftadan keyin testni qayta topshirib, o‘zgarishingizni ko‘ring.
❤1🔥11