Ulug‘bek Boymurzaev
342 subscribers
29 photos
16 videos
12 files
85 links
🎯 Stomatologiya sohasiga oid qimmatli bilimlarni bepul oling: https://www.youtube.com/channel/ulugbekboymurzaev

Instagram sahifam: instagram.com/ulugbekboymurzaev
Download Telegram
Implantlar orasidagi masofa qanday bo'lishi kerak?

Implantlar orasidagi masofa ham muhim parametrlardan biri hisoblanadi.

Ikkita implantat orasi 3 mm va tish ildiz yuzasidan 1,5 mmda joylashishi kerak.

Misol uchun, agar diametri 4 mmli implantat o'rnatish rejalashtirilgan bo'lsa, unda kamida mezio-distal yo'nalishda 7mm(1,5 +4+1,5=7mm) kerak bo'ladi.

Agar bunday implantatlardan tishsiz qatorga yonma-yon ikkita o'rnatish rejalashtirilsa eng kamida 14mm kerak bo'ladi.(1,5+4+3+4+1,5=14mm).

Ikkita implantat o'rnatish uchun(diametri 4 mm) minimal mezio-distal oraliq 14mm hisoblanadi.

Bu o'z ichiga 3mm implantatlar orasidagi masofa va 1,5 mm implantatdan tish ildizgacha masofani o'z ichiga oladi.

Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
Dahan osti teshikning balandligi mandibulyar kanal ustidagi suyak miqdorini aniqlashga yordam beradi, chunki pastki alveolyar nerv mental teshikka yaqinlashganda doimo ko'tariladi.

A chizig'i - kirish mumkin, panoramali tasvirda ko'rinadigan, implantni joylashtirish uchun mental teshikdan yuqorida suyakning balandligi. Implant alveolyar suyakning markaziga joylashtirilishi sababli, hatto A chizig'i bo'ylab implantatsiya qilingan bo'lsa ham, implant pastki alveolyar nervdan kamida 2 mm masofada bo'ladi.

B chizig'i nerv ustidagi haqiqiy masofani ko'rsatadi va A chizig'idan (odatda 2-5 mm) sezilarli darajada uzunroqdir.

Instagram | YouTube | Telegram
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suyak usti pardasi - periost

Ba'zi hollarda bir necha yillardan beri ishlayotgan shifokorlar ham operatsiyalarda Periost qavatini kesishda xatoliklarga yo'l qo'yadi. Shuning uchun ushbu video orqali:

- Suyak ustini qoplab turadigan qavatning nomi nima?

- Suyakda sinish bo'lsa uni tiklanishi haqida Periost qavatining o'rni qanday?

- Periost qavatini nima uchun yaxshi o'rganish kerak?

- Uning ahamiyati qanday? kabi muhim savollarga javob berib o'tdim.

To'liq videoni bugun (18-aprel) soat 19:40 dan boshlab YouTube kanalimda ko'rishingiz mumkin.

👉 Videoni ko'rish uchun havola: https://youtu.be/PuU9_7K71Is

Mavzu bo'yicha savollaringizni izohlarda qoldiring.

Instagram | YouTube | Telegram
👍1🔥1
Split - finger texnikasi

Split-finger texnikasini bosqichma-bosqich tasvirlash:

(a) Kesish qo'shni tishdan tanglay tomonga to bo'lajak milk so‘rg‘ichigachagacha;

(b va c) To'lqinsimon kesma implantlarning markazidan o'tadi va boshqa tomondan qo'shni tishda yana qat'iy tanglay bilan tugaydi;

(d–g) Burchakli mikrojarrohlik skalpel bilan loskut ajratiladi va tozalanadi;

h) Milk shakllantirgichi vestibulyar loskutni vestibulyar yo'nalishda siqadi ,tanglay loskut unga tanglay tomondan tayanadi;

(i) tanglay loskutlar ajratiladi;

(j) Loskutlar bir-biriga bosiladi va 6-0 va 7-0 ip bilan tikiladi.

Mavzu bo'yicha savollaringizni izohlarda qoldiring.

Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buni bilmasdan Stomatologiyada o‘g‘riqsizlantirish o‘tkazmang

Stomatologiya sohasida o'qiyotgan talabalar va shu soha vakillaridan Og'riqsizlantirish jarayonida ishlatiladigan dori-preparatlar, shpristlar, ignalar haqida turli savollar ko'p kelib tushayotgani sabab ushbu videoni tayyorlashga qaror qildim.

🎯 Video orqali siz:

- Og'riqsizlantirishda shpristlarni qanday tanlash kerak?

- Ampulani ishlatishdagi eng oddiy lekin ko'p takrorlanadigan xatolar...

- Ignalarning qanday turlari mavjud va qanday qilib ularni to'g'ri tanlash mumkin?

- Og'riqsizlantirishda nimalarda ehtiyot bo'lish kerak?

- Turli salbiy asoratlardan qanday saqlanish mumkin?

Yuqoridagi va og'riqsizlantirishga oid boshqa savollarga javob topishingiz mumkin.

👉 To'liq videoni ko'rish uchun havola: https://youtu.be/jXffdYj_kjA

Mavzu bo'yicha savollaringizni izohlarda qoldiring.

Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
​​✳️ Kutib oling: "Nobel" loyihasi

Ushbu loyiha asosan intervyu formatda bo'lib o'tadi.

☀️ Loyiha maqsadi:

O'zbekistonda stomatologiya va implantologiya yo'nalishlarini rivojlantirish hamda sohada yetuk mutaxassislarning yetishib chiqishiga o'z hissamizni qo'shish.

Ko'rsatuvlar davomida stomatologiya sohasida ma'lum muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislarning bosib o'tgan yo'llari hamda ularning yosh kadrlarga maslahatlari yoritib boriladi.

Loyiha muallifi tajribali jarroh stamotolog Ulug'bek Boymurzaev

Videoni ulashish orqali loyihani qo'llab-quvvatlashingiz hamda yanada ko'plab insonlarga yetib borishida o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin.

Tez kunda loyihaning birinchi ko'rsatuvi to'liq formatda YouTube sahifamizga joylashtiriladi.

👇 Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
Аскар Тошпулатов тавсия қилган китоблар
​​​​🖊 Bundan oldingi postda muvaffaqiyatsiz implantatsiyaning belgilari bilan tanishib chiqqan edik.

Xo’sh, o’zi implantatsiya kutilganidek bo’lmasligining sababi nimada bo’lishi mumkin?

Muvaffaqiyatsiz implantatsiyaning to’rtta muhim sabablari mavjud.

1️⃣ Implantning o’zida nuqson bo’lishi;

Odatda bunday muammo, har qanday implantda uchrashi mumkin.

Qo’limizga kelib tushgan mahsulot, ya’ni, implantning ichki va tashqi qismida yaroqsizlik bo’lsa va biz uni ko’zdan kechirmasdan qo’ysak, kutiladigan natija muvaffaqiyatsiz bo’lishi mumkin.


2️⃣ Implantning sinishi

Implantning sinishi kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Agar biz implantni to’g’ri tanlamasdan qo’ysak hamda implant ustiga qo’yiladigan qoplamani noto’g’ri joylashtirsak…

Implantning o’zida sinish kuzatilishi mumkin.

3️⃣ Implantatni qo’yish jarayonida infeksiyaning tushishi hamda bemorning operatsiyadan keyin to’g’ri parvarishlamasligi

Odatda, infeksiya implant qo’yilganidan keyin ham tushishi mumkin.

Shuning uchun, hatto, implant o’rnatilgandan keyin ham gigiyenaga to’liq amal qilish kerak bo’ladi. Bu haqida bemorga to’g’ri yo’nalish berishingiz kerak bo’ladi.

4️⃣ Implantolog tomonidan xatoga yo’l qo’yilishi

Implantatsiya shunday jarayonki, bunda inson omili ham muhim ahamiyatga ega.

📌 Shuning uchun ham bemorlarga implant o’rnatishda yuqori malakaga ega bo’lish uchun o’z ustingizda ishlashingiz kerak bo’ladi.
🔥1