Ulug‘bek Boymurzaev
342 subscribers
29 photos
16 videos
12 files
85 links
🎯 Stomatologiya sohasiga oid qimmatli bilimlarni bepul oling: https://www.youtube.com/channel/ulugbekboymurzaev

Instagram sahifam: instagram.com/ulugbekboymurzaev
Download Telegram
Tishning apikal sohasi

Alveolyar suyak (AB), periodontal bog‘lam (PDL), sement (C), dentin (D), Falkmanovskiy kanal (VC).

Instagram | YouTube | Telegram
👍1🔥1
Video darslar orqali stomatologiya bilimlarini o'rganing!

Xabaringiz bor, YouTube orqali Stomatologiya sohasiga oid bilimlarni bepul video darslar formatida sizlarga ulashishni boshlagan edim. Bu videolar orqali eng qimmatli bilimlarni olishingizga ishonaman.

Demak, Mart oyida YouTube kanalimga chiqqan video darslar ro'yxati:

🔹 Quloq oldi so'lak bezlari

🔹 Stomatologiyada ishlatiladigan rotatsion borlar

🔹 Autotransplantatsiya va Replantatsiya

🔹 Pastki jag' yon kurak tishlari

🔹 Kofferdam to'plami

🎯 Siz uchun qiziq bo'lgan darslikni tomosha qiling va video ostida savollaringizni qoldiring.

Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
Implantga milk shakllantirgich o'rnatish

Implantatsiya jarayonida eng muhim ishlardan biri - Milk shakllantirgichni o'rnatish hisoblanadi.

Ushbu jarayonni Yanvar oyida Implant qo'ygan bemorimiz bilan amaliy ko'rsatib, tushuntirib berishga qaror qildim.

📌 Videoni soat 19:30 dan boshlab ushbu havola orqali ko'rishingiz mumkin. https://youtu.be/3gHkyTBfLuY

Mavzu bo'yicha savollaringizni video izohlarida qoldiring.

Instagram | YouTube | Telegram
👍1🔥1
Implantlar orasidagi masofa qanday bo'lishi kerak?

Implantlar orasidagi masofa ham muhim parametrlardan biri hisoblanadi.

Ikkita implantat orasi 3 mm va tish ildiz yuzasidan 1,5 mmda joylashishi kerak.

Misol uchun, agar diametri 4 mmli implantat o'rnatish rejalashtirilgan bo'lsa, unda kamida mezio-distal yo'nalishda 7mm(1,5 +4+1,5=7mm) kerak bo'ladi.

Agar bunday implantatlardan tishsiz qatorga yonma-yon ikkita o'rnatish rejalashtirilsa eng kamida 14mm kerak bo'ladi.(1,5+4+3+4+1,5=14mm).

Ikkita implantat o'rnatish uchun(diametri 4 mm) minimal mezio-distal oraliq 14mm hisoblanadi.

Bu o'z ichiga 3mm implantatlar orasidagi masofa va 1,5 mm implantatdan tish ildizgacha masofani o'z ichiga oladi.

Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
Dahan osti teshikning balandligi mandibulyar kanal ustidagi suyak miqdorini aniqlashga yordam beradi, chunki pastki alveolyar nerv mental teshikka yaqinlashganda doimo ko'tariladi.

A chizig'i - kirish mumkin, panoramali tasvirda ko'rinadigan, implantni joylashtirish uchun mental teshikdan yuqorida suyakning balandligi. Implant alveolyar suyakning markaziga joylashtirilishi sababli, hatto A chizig'i bo'ylab implantatsiya qilingan bo'lsa ham, implant pastki alveolyar nervdan kamida 2 mm masofada bo'ladi.

B chizig'i nerv ustidagi haqiqiy masofani ko'rsatadi va A chizig'idan (odatda 2-5 mm) sezilarli darajada uzunroqdir.

Instagram | YouTube | Telegram
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suyak usti pardasi - periost

Ba'zi hollarda bir necha yillardan beri ishlayotgan shifokorlar ham operatsiyalarda Periost qavatini kesishda xatoliklarga yo'l qo'yadi. Shuning uchun ushbu video orqali:

- Suyak ustini qoplab turadigan qavatning nomi nima?

- Suyakda sinish bo'lsa uni tiklanishi haqida Periost qavatining o'rni qanday?

- Periost qavatini nima uchun yaxshi o'rganish kerak?

- Uning ahamiyati qanday? kabi muhim savollarga javob berib o'tdim.

To'liq videoni bugun (18-aprel) soat 19:40 dan boshlab YouTube kanalimda ko'rishingiz mumkin.

👉 Videoni ko'rish uchun havola: https://youtu.be/PuU9_7K71Is

Mavzu bo'yicha savollaringizni izohlarda qoldiring.

Instagram | YouTube | Telegram
👍1🔥1
Split - finger texnikasi

Split-finger texnikasini bosqichma-bosqich tasvirlash:

(a) Kesish qo'shni tishdan tanglay tomonga to bo'lajak milk so‘rg‘ichigachagacha;

(b va c) To'lqinsimon kesma implantlarning markazidan o'tadi va boshqa tomondan qo'shni tishda yana qat'iy tanglay bilan tugaydi;

(d–g) Burchakli mikrojarrohlik skalpel bilan loskut ajratiladi va tozalanadi;

h) Milk shakllantirgichi vestibulyar loskutni vestibulyar yo'nalishda siqadi ,tanglay loskut unga tanglay tomondan tayanadi;

(i) tanglay loskutlar ajratiladi;

(j) Loskutlar bir-biriga bosiladi va 6-0 va 7-0 ip bilan tikiladi.

Mavzu bo'yicha savollaringizni izohlarda qoldiring.

Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buni bilmasdan Stomatologiyada o‘g‘riqsizlantirish o‘tkazmang

Stomatologiya sohasida o'qiyotgan talabalar va shu soha vakillaridan Og'riqsizlantirish jarayonida ishlatiladigan dori-preparatlar, shpristlar, ignalar haqida turli savollar ko'p kelib tushayotgani sabab ushbu videoni tayyorlashga qaror qildim.

🎯 Video orqali siz:

- Og'riqsizlantirishda shpristlarni qanday tanlash kerak?

- Ampulani ishlatishdagi eng oddiy lekin ko'p takrorlanadigan xatolar...

- Ignalarning qanday turlari mavjud va qanday qilib ularni to'g'ri tanlash mumkin?

- Og'riqsizlantirishda nimalarda ehtiyot bo'lish kerak?

- Turli salbiy asoratlardan qanday saqlanish mumkin?

Yuqoridagi va og'riqsizlantirishga oid boshqa savollarga javob topishingiz mumkin.

👉 To'liq videoni ko'rish uchun havola: https://youtu.be/jXffdYj_kjA

Mavzu bo'yicha savollaringizni izohlarda qoldiring.

Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
​​✳️ Kutib oling: "Nobel" loyihasi

Ushbu loyiha asosan intervyu formatda bo'lib o'tadi.

☀️ Loyiha maqsadi:

O'zbekistonda stomatologiya va implantologiya yo'nalishlarini rivojlantirish hamda sohada yetuk mutaxassislarning yetishib chiqishiga o'z hissamizni qo'shish.

Ko'rsatuvlar davomida stomatologiya sohasida ma'lum muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislarning bosib o'tgan yo'llari hamda ularning yosh kadrlarga maslahatlari yoritib boriladi.

Loyiha muallifi tajribali jarroh stamotolog Ulug'bek Boymurzaev

Videoni ulashish orqali loyihani qo'llab-quvvatlashingiz hamda yanada ko'plab insonlarga yetib borishida o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin.

Tez kunda loyihaning birinchi ko'rsatuvi to'liq formatda YouTube sahifamizga joylashtiriladi.

👇 Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
Аскар Тошпулатов тавсия қилган китоблар