Botir Ziyatov
7.67K subscribers
464 photos
95 videos
1 file
537 links
Shaxsiy blog va texnologiyalar haqida
Hamkorlik: @giglink_admin
Download Telegram
Internetda savol berildi.

Nega startapingizni boshlamadingiz?

Javoblar:

* Hayotim davomida boshqalar uchun ishlab, “kambagʻal” boʻlib qolishimni tushunib, oʻz biznes gʻoyalarimni amalga oshirishga harakat qilishim kerak deb hisoblasamda....
Lekin, mening farzanlarim bor va kundalik xarajatlarim hozirgi ishimni tark etish uchun juda qimmat...

* Startap bilan bogʻliq barcha stresslar, xavf-xatarlar va uyqusiz tunlar uchun 10-10000 baravar koʻp topsa ham u bunga arzimaydi.

* Chunki startaplar xavfli tanlovlardir va men xavfsiz hayot xohlayman.

@botirziyatov
Bu gapda jon bor.

Ingliz tilini bilmaydigan dasturchi:
Yiliga 30 ming dollar topadi

Ingliz tilini biladigan dasturiy ta'minot muhandisi:
Yiliga 100 ming dollar topa oladi

Oʻzbekistonda agar dasturchi 2500$ oylik olsa yiliga 30 000$ boʻladi

@botirziyatov
Bolaligimda ish va oʻyin-kulgi bir-biriga qarama-qarshi boʻlib tuyulardi.

Ikki xil holat bor edi:

- kattalar bizni biror narsa qilishga majbur qilishadi va bu ish deb ataldi;

- qolgan vaqtda oʻzim xohlagan narsani qilishim mumkin edi va bu oʻyin kulgi edi.

Oʻshanda oʻylaridim, nima uchun kattalarni erkinligi oʻzida boʻlib turib, mazza qilib yurmasikin deb. Katta boʻlib bildimki hammani ham erkinligi oʻz qoʻlida emas.

@botirziyatov
latestnews .com domeni sotilmoqda, narxi 3.300.000.00 dollar

Odamlar rostan ham sotib oladimi?
degan savol boʻladi, lekin
Telegramdagi @news username 1.8 mln dollarga sotilgan edi.

@botirziyatov
Xitoy kompaniyalari "Isroil" ni raqamli xaritalardan olib tashlamoqchi.

Xitoyning eng yirik texnologik kompaniyalari Alibaba va Baidu Isroilning rasmiy nomini
Internetda mavjud boʻlgan raqamli Xitoy xaritalaridan olib tashlamoqda.

Isroil Xitoyning onlayn xaritalarida nomsiz qolmoqda

@botirziyatov
Payme ofisidan yangi video oldik.

Nasib qilsa tez kunlarda youtube ga joylaymiz.

Youtube ga oxirgi video bundan 404 kun oldin qoʻyilgan ekan.

@botirziyatov
AI (sun'iy intellekt) - 2023 yil soʻzi

Kollinz lugʻati "AI" ni 2023 yil soʻzi sifatida e'lon qildi.

@botirziyatov
#startup
Nicolas ismli yigit loyihasidan 1-dollarini ishlab olganini aytdi.

Loyiha nomi - getmagicformula.com

Bu Excel, Airtable, GoogleSheets va SQL da xatosiz formulalarni yozish uchun moʻljallangan Google Chrome kengaytmasi.

Loyiha 20-avgust kuni chiqarilgan.

Nicolas aytishicha, keyingi maqsad: $1000 lik daromadga chiqish.

@botirziyatov
Redis asoschisi C tilida atigi 300 qator kod bilan kichik Smallchat chat serverini yozdi.

Antirez akani aytishicha, loyihada juda qiziqarli qismlar bor:

- multiplekslashni amalga oshirish
- mijoz holatini oladigan
- mijoz yangi ma'lumotni olgandagi holati
- va hokazo

Qiziqqanlar uchun kodni koʻrishlaring mumkin

@botirziyatov
Dasturchilarni qilayotgan kichik loyihalari:

* Brush Ninja- Soddalashtiradigan animatsion giflarni hosil qiluvchi.

* Relaxing Journey - "Tinchlantiruvchi tovushlar" ilovasi

* himalayas - davlatlar boʻyicha masofadan ishlaydigan ishlar maoshlarni koʻrsatadigan sayt.

* rockfonts - ochiq kodli shriftlarni topuvchi sayt

* Tailgram - Anonim muhokama platformasi.

@botirziyatov
10 yil davomida loyihalar qilib muvaffaqiyatsizlikka uchragan Joshua Tiernan

Muvaffaqiyatsizlikning koʻp sabablari bor edi, lekin ulardan asosiysi:

men goʻyalarimni pul ishlay oladimi yoki yoʻqligini tekshirmadim, faqat boshqalar buni yaxshi gʻoya deb oʻylagan yoki yoʻqligini tekshirdim.

@botirziyatov
Bu intervyulardan oʻta olmagan va siqilib yurgan odamlar uchun.

Kyle Simpson "You Don't Know JS" kitobini muallifi hisoblanadi. U kuchli dasturchi.

U hozir oʻzini sinab koʻrish uchun ish qidirmoqda, uning 1 xafta ichidagi sayohati:

* 2 ta kompaniya ariza topshirildi, lekin ular umuman javob bermadi

* 1 ta kompaniya men bilan suhbat qilishni xohlamadi

* 1 kompaniya mendan intervyu oldi, Lekin men oʻta olmadim.
aftidan, men hali ham "JSni bilmayman".

Bu nimani anglatadi, dasturchi qanchalik tajribali boʻlmasin u intervyudan yiqilishi mumkin.

@botirziyatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilon Mask oʻzining «Grok» nomli sun'iy intellekt yordamchisini ishga tushirdi.

Grok ni hozir hamma ham ishlata olmaydi, u hozircha twitterdagi premium obunasi borlar uchun asta sekin taqdim qilinmoqda.

Grok ni katta katta afzalliklaridan biri-u real vaqtdagi ma'lumotlar bilan ishlay olishi

@botirziyatov
4 ta startup loyihada ishtirok etgan bir odamning gaplari.

Startap loyihalarda ishtirok etishni yaxshi tomonlari:

1. startap xatolarini koʻrasiz, va oʻz kompaniyangizni ochish ishtiyoqi ortib boradi.

2. mas'uliyat va yetakchilikda oʻsishni boshlaysiz, BigTech (Katta kompaniyalar)da esa zerikasiz.

3. koʻproq narsa oʻrganasiz va oʻrganganlarni amalda qoʻllashni oʻrganasiz.

@botirziyatov
Startap boshlamoqchi bo’lganlar lekin, resursni qayerdan va qanday olishni bilmayotganlar uchun ajoyib yangilik.

Abdulaziz Yakubov 11-Noyabr kuni o’z telegram kanalida “Qanday qilib startap uchun grant yutish mumkin?” mavzusida bepul vebinar tashkillashtirayotgan ekan.

Startap boshlamoqchi bo’lganlar uchun foydali Vebinar.

👉 https://t.me/ayakubofff/522
Bugun OpenAi ning Dasturchilar kuni boʻlib oʻtadi.

Toshkent vaqti bilan soat: 23:00 da
havola: youtu.be/U9mJuUkhUzk

Nimalar boʻlishi kutilyapdi:
- ChatGPT da oʻzingiz uchun shaxsiy ChatBot qilish imkoniyati
- Gizmo V8 deb nomlangan yangi funksiya orqali AI ilovalarini ishlab chiqish arzonroq va tezroq qilish mumkin boʻladi.

Dastuchilar uchun yana yangi narsalarni e'lon qilishi mumkin.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OpenAI taqdimotidagi yangiliklar:

✓ GPT4-turbo taqdim qilindi, u qoʻshimcha qulayliklarga ega va narxi 2 barobar arzon.

✓ Endi ma'lumotlar 2023 yil aprel oyigacha mavjud boʻladi.
✓ Dalle3, Vision uchun API lar taqdim qilindi.
✓ Real vaqt rejimida ovoz bilan ishlash API si taqdim qilindi.
✓ Mustaqil ChatBotlarni qilish imkoni paydo boʻldi.
✓ ChatBotlar uchun tez orada GPT store ishga tushadi.

yana boshqa yangiliklar bor ...

@botirziyatov
Kimningdir gapi:

Men bir kompaniyada ishlayman.

kechalari va dam olish kunlari startap quraman.

Men sogʻinadigan yagona narsa - bu hayot 😉

@botirziyatov
OpenAI Oʻzbekistonliklarga rasman ChatGPTʻdan foydalanishga ruxsat berdi .

@botirziyatov
Loyihani ishlab chiqish oson, foydalanuvchilarni koʻpaytirish qiyin.

@botirziyatov