90 subscribers
67 photos
47 videos
8 files
123 links
Telegram bot | Python scriptlar 🆓
Download Telegram
Kanalga 4 ta boost berganga konkursdagi bot kodi oldindan beriladi
Boosterlar soni cheklanmagan!
63
Nima haqida dars tashlay?
6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Docker bo'yicha to'liq kurs
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Til: ingliz
⏭️davomiyligi: 1 soat


#kurs
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Django Aiogram integratsiyasi
311
Bot kodini yutib olish uchun konkurs. Bot haqida qisqacha:
💰 TON tarmog‘idagi skript kuzatuvchi

📱 Python: 3.11+
💾 Modullar:
aiogram, aiohttp
🖥 Ma'lumotlar bazasi: sqlalchemy


🚀 Ushbu Telegram-bot TON tarmog‘idagi hamyonlar, bloklar* va tranzaksiyalar haqidagi ma'lumotlarni kuzatishga imkon beradi.
4211
Guruhda shu oy ichida eng aktiv bo'lgan @mortistubea va mana shu konkursga qo'yilgan bot kodini muddatdan oldin topshiramiz.

Shuning uchun iltimos @yordam_42 ga murojat qiling kodni olish uchun
531
Forwarded from All fikrlog
DevOps nima yoki kim?

Men bir developer sifatida aytaman: DevOps - bu dasturchilar va IT operatsiya jamoasini bir jamoa qilib birlashtirish usuli. Biz kod yozamiz, ular esa uni serverlarda ishga tushiradi. DevOps esa barchamizni birgalikda ishlashga, jarayonlarni avtomatlashtirishga undaydi - shunday qilib, dasturlarni tezroq va sifatli chiqaramiz!

Nega bu muhim?
Ilgari biz alohida ishlaganmiz: men kod yozardim, operatsiya jamoasi esa uni joylashtirar, xatolar bo'lsa, bir-birimizni ayblardik. DevOps bu muammoni hal qiladi - hamma birgalikda ishlaydi, xatolar kamayadi, dasturlar tez chiqadi.

Foydasi nimada?
- Tezlik: yangi funksiyalarni tezroq chiqaramiz.
- Sifat: xatolar erta topiladi.
- Hamkorlik: jamoa o'rtasida do'stona muhit!

Xulosa
DevOps - bu jamoaviy ish va avtomatlashtirish orqali dasturlarni yaxshilash usuli. Bu faqat vositalar emas, balki bizning bir jamoa bo'lib ishlashimiz!

07.06 2025
@fikrlog_all
3211
@bot pinned «Bot kodini yutib olish uchun konkurs. Bot haqida qisqacha: 💰 TON tarmog‘idagi skript kuzatuvchi 📱 Python: 3.11+ 💾 Modullar: aiogram, aiohttp 🖥 Ma'lumotlar bazasi: sqlalchemy 🚀 Ushbu Telegram-bot TON tarmog‘idagi hamyonlar, bloklar* va tranzaksiyalar haqidagi…»
Forwarded from All fikrlog
🚀 Django vs FastAPI: Qaysi birini tanlash kerak?

Backend yozayotgan bo‘lsang, Django va FastAPI orasidagi tanlov muhim. Keling, qisqacha solishtiramiz.


🧰 Asosiy farqlar
- Django — to‘liq "batareyalar bilan" keladi: admin, auth, ORM va h.k.
- FastAPI — zamonaviy, tez, async asosida ishlaydi.

📌 Agar admin panel va to‘liq tizim kerak bo‘lsa — Django
📌 Faqat API va yuqori tezlik kerak bo‘lsa — FastAPI


Tezlik
- FastAPI: async! Juda tez ishlaydi!
- Django: odatda sync, lekin async qilish mumkin.

G‘olib: FastAPI


🔧 Qulaylik
- FastAPI: type hint, Swagger docs va avtomatik validatsiya
- Django: admin panel, katta community, barqarorlik


💡 Xulosa
API, bot yoki tez backend uchun: FastAPI
Admin, user management va full-stack sayt uchun: Django

Ikkalasini birga ishlatish ham mumkin!


Sizning tanloving qaysi?
422
Telegram tomonidan tasdiqlash qo`shilarkan xuddi major kabi manimcha taniqli insonlar yoki telegramga aloqador insonlarga berilsa kerak yana bilmadim!
631
Forwarded from All fikrlog
O'zingizni proyektingizni hostinga qo'yishga yoki serverga qo'yishga qiynalyapsiz yoki tekinini qidirib charchagan bo'lsangiz kerak men ham bu narsani boshimdan kechirganman shu sababli manashu websitelar siz uchun foydali bo'ladi degan umiddaman.

Telegram bot:

- alwaysdata.com
- pythonanywhere.com

Web hosting:

Backend uchun:
- render.com
- digitalocean.com
- alwaysdata.com
- pythonanywhere.com
Frontend uchun:
- vercel.com
- netlify.com

VPC:
- avien.io

Databaselar uchun:
- avien.io
- koyeb.com
- render.com
- neon.tech
- vercel.com

Pulli lekin arzon va universal:

- render.com
- timeweb.cloud
- heroku.com
- digitalocean.com
- billur.uz
4
G'oliblar orasida adminlar ham borligi sababli birinchi 2 ta komentga ham beriladi
📜 Yangi qoida!

Agar siz konkursda yutib olgan kodni sotishga harakat qilsangiz, 1 000 000 so‘m miqdorida jarima to‘lashingiz talab qilinadi. Ushbu qoidaga rozilik bildirgan holda siz konkurslarda ishtirok etishingiz va kanal a'zosi bo‘lishingiz mumkin.

Jarimani to‘lashdan bosh tortgan taqdiringizda, ish sudga oshirilishi mumkin.

📌 Maqsad: Mualliflik huquqlarini himoya qilish va halol raqobatni ta'minlash.
751
Python asoschisi kim ekanligini bilasizmi?
Bilsangiz ham bilmasangiz ham shu komentga yozing
4
@bot pinned «📜 Yangi qoida! Agar siz konkursda yutib olgan kodni sotishga harakat qilsangiz, 1 000 000 so‘m miqdorida jarima to‘lashingiz talab qilinadi. Ushbu qoidaga rozilik bildirgan holda siz konkurslarda ishtirok etishingiz va kanal a'zosi bo‘lishingiz mumkin. »
Shu botga 30 ta odam taklif qilganga hamda anashu taklif qilingan odamlarni kamida 50% 50 ta stars Dan ko'p deposit qilsa bot kodi sovg'a qilinadi

Referal link ni affiliate program Dan olasiz
7
🇺🇿 14-Avgust – Yangi Giftlar!

🎁 Yangi giftlar chiqadi, akkauntingizni tayyorlang va stars deposit qilishni unutmang. Aks holda gift ola olmaysiz.

⚠️ Giftlar soni cheklangan (100 mingdan kam). Avto sotib olishni yoqing.

⏱️ Juda ko'p botlar sovg'alarni tezda sotib oladi. Bizning bot esa bittalab va tezda sotib olib beradi. Agar bu safar olmasangiz, keyingi safar birinchi bo'lib sizga keladi.

---

🇷🇺 14 августа – Новые подарки!

🎁 Готовьте аккаунт и пополните Stars, иначе не купите подарки.

⚠️ Подарков мало (менее 100 тыс). Включите авто-покупку.

⏱️ Другие боты быстро скупают. Наш бот берёт по одному и быстро доставляет. Не успели сейчас — в следующий раз подарок придёт первым вам.
4
Forwarded from All fikrlog
Sun'iy intellektning kelajagi va dasturlash kasblariga ta'siri

Sun'iy intellekt (AI) jadal rivojlanmoqda va bu jarayon kelajakdagi ish o'rinlariga, ayniqsa dasturlash sohasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. AI texnologiyalari rivojlanishi bilan an'anaviy ish o'rinlari qisqarishi kutilmoqda. Bu sharoitda muvaffaqiyatga erishish uchun ikkita asosiy yo'l mavjud: biror sohada chuqur ixtisoslashish yoki zamonaviy texnologiyalarga moslashish orqali raqobatbardosh bo'lib qolish.

Dasturchilar uchun hozirda AI muhim yordamchi vosita sifatida xizmat qilmoqda, murakkab vazifalarni soddalashtirib, samaradorlikni oshirmoqda. Ammo bu yordamchi rol vaqtinchalikdir. Agar biz AI ni o'rganib, uni boshqarishni o'rganmasak, kelajakda u bizning o'rnimizi egallashi mumkin. Shu sababli, dasturchilar kelajakka tayyorgarlik ko'rishlari va AI dan foydalanishni o'rganishlari zarur.

AI ning ta'sirini veb-dasturlash sohasida yaqqol ko'rish mumkin. Hozirda dasturlash bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lmagan odamlar ham AI yordamida funksional veb-saytlar yaratmoqda. Bu texnologiyaning ommalashishi uchun ijobiy holat bo'lsa-da, veb-dasturchilar uchun xavotirli tendensiyadir. Kelajakda veb-dasturlash ishlarining 90% ga yaqini AI tomonidan bajarilishi kutilmoqda. Faqat AI ni samarali boshqara olgan va o'zgarishlarga moslashgan mutaxassislar bu sohada o'z o'rnini saqlab qoladi, ya'ni taxminan 10% ichida bo'ladi.

Ushbu muammolarga qaramay, dasturlashning ba'zi yo'nalishlari kelajakda ham dolzarb bo'lib qoladi. Sun'iy intellekt va mashinaviy o'qitish (AI/ML) bu yo'nalishlarning yetakchilaridir. Shu sababli, men veb-dasturlashdan AI va ML sohasiga o'tmoqdaman va boshqalarni ham shu yo'lni tanlashga chorlayman. PyTorch yoki TensorFlow kabi vositalar yordamida oddiy AI modellari yoki neyron tarmoqlarni yaratishga urinib ko'rishni tavsiya qilaman. Ammo bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun data science va matematikada mustahkam bilim talab qilinadi.

Ko'p odamlar dasturlashda matematika muhim emas deb hisoblaydi. Bu qisman to'g'ri, ammo faqat hozirgi holat uchun. Kelajakda esa AI hali ham oliy matematika masalalarini yechishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda va bu muammo uzoq davom etishi mumkin. AI ning rivojlanishi ortida matematika va dasturlashni uyg'unlikda qo'llay olgan mutaxassislar turibdi. Aynan ular kelajakdagi texnologik yutuqlarni belgilaydi.

Xulosa qilib aytganda, AI boshqaradigan kelajakka tayyorlanish uchun uzoq muddatli ahamiyatga ega sohalarga, masalan, fan va dasturlashga e'tibor qaratish lozim. Bu sohalarda faqat professional mutaxassislar talab qilinadi, chunki qolgan vazifalarni AI osongina bajaradi. Hozirda AI dan foydalanish g'alati tuyulishi mumkin, ammo kelajakda bu odatiy holga aylanadi. Shu bois, doimo kelajagi bor sohalarda bo'ling va AI vositalarini o'zlashtirib, o'z o'rningizni mustahkamlang.
43