Forwarded from IT taʼlim
Ko'rinmas xavflardan himoyalanamiz!
Hozir turmushimizning bir qismiga aylanib qolgan “karantin”, “pandemiya”, “vaksina” kabi atamalardan bir necha yillar ilgari kundalik nutqimizda deyarli foydalanmas edik. Ular iste`molda keng qo'llanila boshlagach, bolalarda bu boradagi yaxlit tushunchalarni hosil qilish ehtiyojga aylandi.
Darslikka ilk bora 3-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligiga “Covid-19”, "koronavirus" atamalari kiritildi. Darsda atrofimizda sodir bo'lib turgan hodisalarga oid bilimlar berilishi bolalarda shu vaziyatlarga nisbatan munosabatni oson va tez shakllantirishga xizmat qiladi.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

– Asarni ("Galaktikada bir kun" nazarda tutilgan) oʻqiyotgan chogʻimda sochlari jingalak mitti Sanjar Nazar qizgʻonib, rashk qilib turganini sezdim, – deydi Sanjar Nazar. – Oʻzi bolaligimdan fantastik asarlarga oʻchman. Birinchi marta Tixon Semushkin degan yozuvchining “Toqqa qochgan Alitet” degan asarini oʻqib, yarim ilmiy, yarim badiiy asar bilan toʻqnash kelganimni eslayman. “Sevan boʻylarida” degan kitobni ham zoʻr qiziqish bilan mutolaa qilganman. Shuni aytib oʻtishim lozimki, bugungi yosh kitobxon bizdan koʻra ancha baxtli. Chunki ular istagan kitoblarni topish bugun juda osonlashgan. Qolaversa, “Galaktikada bir kun” kabi ilmiy-fantastik asarlar yozilayotgani ham ular uchun nihoyatda foydali deb oʻylayman. Bu asar sof ilmiy maʼlumotlar bilan boyitilganligi sababli oʻquvchi bu kitobni mutolaa qilgach, bitta qoʻshimcha fanni oʻzlashtirgan oʻquvchi darajasiga koʻtariladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2020-yil 2-yanvar “Xalqaro ilmiy-fantastika janri kuni” munosabati bilan “Omon-Omon” koʻrsatuvida boʻlib oʻtgan suhbat...
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!
Bolalikda meni taʼsirlantirgan deyarli barcha voqea (quvonch, hayrat, qaygʻu), kichik tafsilotlari bilan xotiramga muhrlanib qolgan. Ayni shu xotiralar oʻzim va yaqinlarim haqidagi tasavvurlarimni, qadriyatimni shakllantirgan... Oʻzimcha buni “ziyrak”ligimdan deb oʻylaganman. Biroq ota boʻlib angladimki, bunday ziyraklik barcha bolalarga xos. Aytmoqchimanki, farzandlarimiz bilan munosabatda har bir voqea-hodisa ularning xotirasiga oʻchmaydigan siyoh bilan yozilmoqda. Shuni doim yodda tuting!
P.S.
Suratda oʻzim – 6 yosh...

“Galaktikada bir kun” haqida...
Agar asarga eʼtibor bersangiz umumiy holatda muallif asar markaziga hazrati insonni ulugʻlash tamoyilini qoʻyadi. Bu haqida hech qayerda aytilmasa ham asar soʻnggiga yetgach buni his qilasiz. Asar qahramonlarining deyarli barchasining ismi islomiy ekanligi, bosh qahramon Ahmadning xulq-atvori uning haqiqiy moʻmin bolakay ekanligini koʻrasiz. Fikrimcha asar muallifi islom diniga yuksak hurmat ruhida tarbiyalangan, aks holda bu narsa asarda bu qadar tabiiy aks etmas edi. Mana shu jihatdan asar menga juda ham yoqdi.
Baxtiyor Sheraliyev

Ulug‘bek Hamdam, yozuvchi:
Aytish kerakki, bugun dunyo oʻzgardi, dunyoqarash oʻzgardi. Jumladan, bolajonlarimiz ham endi kechagi, sovet davridagi bolajonlar emas. Endi ularga boshqacha qahramonlar, oʻzgacha ideallar kerak boʻlyapti. Oʻylashimcha, "Galaktikada bir kun" qissasi mana shu ehtiyojga javob tarzda bitilgan. U yangilanib kelayotgan avlodning qiziqish olamlaridan darak, xabar sifatida tugʻildi. Albatta, bu kabi asarlar jahon bolalar adabiyoti uchun yangilik emas. Lekin oʻzbek bolalar adabiyoti uchun oʻziga xos yangi gap. Qissaning asosiy yutugʻi shunda.

Forwarded from “Аkademnashr” nashriyoti
#qayta_nashr Tez kunda...
Bolalarning yozgi ta'tilda galaktika bo'ylab sayohat qilishiga nima deysiz?
Qanday qilib deysizmi?
Sa'dullo Quronovning «Galaktikada bir kun» kitobi yangilangan dizayn bilan uchinchi nashrga tayyorlanmoqda.
Kitob tez kunda qo‘lingizga yetib boradi.
—————————
📍 Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
🛒 Xarid: t.me/akademsavdo
Telegram | Instagram | Facebook

– Dunyoda bolalardan-da donishmand, ulardan-da mahoratli ijodkor yoʻq.
– Nega?
– Chunki ular butun borligʻi bilan samimiy boʻla oladilar!
foto FB.com, "maslahat.uz" guruhidan olindi.
@bolalar_yozuvchisi

TA’LIMDA INQILOB
Ona tili bolalik chogʻlarimdan men uchun biroz tushunarsiz va zerikarli fan edi. Bu fanga doir murakkab qoidalar, grammatik tushuncha va atamalarni nima uchun yod olayotganimni bilmasdim. Yod olayotganlarim mening oʻzbek boʻlishim, oʻzbekcha fikrlab yozishim, oʻqishim, gapirishim uchun nega kerak degan savolga javob topa olmasdim. Abituriyent boʻlganimda savollarimga qisman javob topdim. “Ha, oʻqishga kirish uchun kerak ekan-da”, – dedim. Oʻqishga kirdim, bitirdim, ilmiy ish qildim, ikkita qissa yozdim, 10 yilga yaqin turli tahririyatlarda ishladim... Ishonasizmi, bu jarayonlarda men ona tili fanidan yod olgan qoidalarimning qariyb 50-60 foizini qoʻllamadim. Ular shunchaki kerak emas ekan! Biz maktabda tilni emas, tilshunoslikni oʻrgangan ekanmiz. Aksincha, bizdan koʻproq insho, esse yozishni, biror mavzu yuzasidan taqdimot qilishni, loyiha tuzishni talab qilishganda, turli vaziyatlarda qanday gapirishni, yozishni oʻrgatishganda, xullas, tilni koʻproq amaliyot bilan bogʻlab taʼlim berishganda yangi avlodning savodsizligidan kamroq nolinarmidi...
Endi vaziyat oʻzgardi. Bundan keyin testga moʻljallangan murakkab qoidalar emas, balki tildan samarali foydalanish, oʻzbekcha tafakkur qilish oʻrgatiladi.

Манман кишининг ҳаётда бирор ютуққа эришиши қийин. Зеро, аслида, қилаётган ҳар бир ишимиз кимнингдир кўмаги, бевосита ёки билвосита таъсири билан юзага чиқади. Мен доим шундай хайрихоҳ инсонлар қуршовида яшаб келаётганим фахрланаман, Аллоҳга шукур қиламан! Ўзим улардек бўла олмаслигимдан хижолат бўламан.
Ўтган 3-4 кунда бўлиб ўтган воқеалар – китобим учун берилган 75 миллион мукофот ва Президент билан ушчарув... буларга фақат ўзим, ён атрофимдаги дўстларимнинг, фитрати кенг инсонларнинг ёрдамисиз эриша олмасдим!
Шу сабабли, билдирилган ишонч учун аввало Халқимизга, ислоҳотларнинг бошида турган Президентимизга, доим кичик ишимизга катта баҳо бериб, юзага чиқарадиган Ёшлар ишлари агентлиги ва Алишер Саъдуллаевга, мени болалар ёзувчиси бўлиб қолишимга сабабчи инсонлар Санжар Назаров ва Феруза Назаровага, ҳам ишлаб, ҳам бемалол ижод қилишга шароит яратиб бераётган Республика таълим маркази директори Шуҳрат Сатторовга, мени дунёга келтирган ота-онамга чин юракдан раҳмат айтаман!
Сизларсиз биз ҳеч ким!

Ajoyib xotiralar!
“Jajji akademik” jurnalida ishlab yurgan vaqtlarim kunora bolalar bilan nimadir yasashga, tajriba oʻtkazishga yoki intervyu olishga toʻgʻri kelardi. Bu jarayonlarda bir zumga boʻlsa-da bolaga aylanardim. Dunyoga bolalarning koʻzi bilan qaray olardim...

2021-yilning dekabr oyida NASA “James Webb” nomli teleskopni fazoga uchirgan edi. Bu yangi teleskopning yaratilishi uchun 10 milliard AQSH dollari sarflangan! Shu birgina ma'lumotning o'zidan qurilmaning naqadar qimmatli va ahamiyatli ekanini bilib olish mumkin.
Shu vaqtgacha, astronomlar koinot haqidagi ko'p ma'lumotlarni “Xabbl” teleskopi yordamida aniqlab kelgan. Endi bo'lsa, olimlar “Xabbl” aniqlagan yulduzlarni yana 100 marta kattalashtirib ko‘rish va o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi! Chunki “James Webb” “Xabbl”dan taxminan yuz karra kuchliroq.
Bugun NASA “James Webb”dan olingan ilk suratni e'lon qildi. Bu suratda hali astronomlarga ma'lum bo'lmagan ko'plab yulduz va galaktikalar aks etgan. Olimlar bu suratlarni o'rganib, Yer kabi tirik sayyoralarni topishni orzu qilishmoqda!
Demak, yaqin kelajakda sodir bo‘ladigan aql bovar qilmas kashfiyotlarga tayyor turishimiz kerak, doʻstlarim!