Божалар Bojalar
1.38K subscribers
263 photos
3.02K videos
1 file
2.25K links
Bojalar guruhining
qo‘shiqlari
kliplari
qo‘shiq matnlari
kinolari
ko‘rsatuvlari
intervyulari
va boshqa malumotlar barchasi shu yerda.

Adminni qoʻllab quvvatlab donat qilish uchun

86000417779933

Kanalga qo‘shilish

https://t.me/joinchat/URaB6kK4dwKWpeD2
Download Telegram
Bojalar-Kechalar uxlolmayman(qo‘shiq matni)

Go’zal vasling tunlar bedor ko’zga ilindi,
O’rtamizda qalin devor barpo etildi.
Derazang yoniga pinhona keldim,
Dilga yaqin ovozingni tinglash istadim.

Kechalar uxlolmayman,
Nolam unsiz.
Dardim hechkim tinglamas,
Yolg‘izman cheksiz. (x2)

Suratingni yuragimga chuqur joyladim
Mador olay, deb yashashimga unga nazar soldim.
Insonlar ikkimizni teng ko‘rmadilar,
So‘nmoqlikni ishq nurini o‘ylamadilar.

Kechalar uxlolmayman,
Nolam unsiz.
Dardim hechkim tinglamas,
Yolg‘izman cheksiz. (x2+x2)

Dardim hechkim tinglamas,
Yolg‘izman cheksiz…
#lyric
Bojalar-Jamila(qo‘shiq matni)

Ketdik-ketdik, bolalar ketdik,
Mahallada ishkal, ketdik.
Darvozabon Abdusattor
Nog‘orachini quvib ketdi.

A man bo‘lsam zarda qildim,
Bormaylik deb sha’ma qildim.
Bektosh aka do‘kondan chiqib,
Man ham boraman, deb baqirib ketdi.

Do‘stlarim “Jan”ni ustidan kuladi
“Качок” bola deb, “качок” bola deb,
Man yoqtirgan go‘zalning akasi u. (u, u)
Hey go‘zalim, akangga ayt,
Haddidan oshmasin.
Hey go‘zalim, akangga ayt,
Hadeb “протеин” yeyurmasin, yaxshimas-o‘!

Jamila, Sattor akaning erka qizi,
Jamila, mahallaning “fisht-fisht” qizi,
Jamila, Jamila, Jamila.

Ketdik-ketdik, bolalar ketdik,
Mahallakom keldi, ketdik.
Elektrik Anvar aka
Jahl bilan chopib ketdi.

A man bo`lsa ishim yo’q,
O‘zi bitta tishim yo‘q.
Baqir-chaqir to‘polonga
Mani uncha xushum yo‘q.

Do‘stlarim “Jan”ni ustidan kuladi
“Качок” bola deb, “качок” bola deb,
Man yoqtirgan go‘zalning akasi u. (u, u)
Hey go’zalim, akangga ayt,
Haddidan oshmasin.
Hey go‘zalim, akangga ayt,
Hadeb “протеин” yeyurmasin, yaxshimas-o‘!

Jamila, Sattor akaning erka qizi,
Jamila, mahallaning “fisht-fisht” qizi,
Jamila, Jamila, Jamila.

Jamilya, Sattor akaning erka qizi,
Jamilya, mahallaning shaddod qizi,
Jamilya, Jamilya, Jamilya.

Jamila, Sattor akaning erka qizi,
Jamila, mahallaning “fisht-fisht” qizi,
Jamila, Jamila, Jamila.
#clip
Bojalar-Eslamay(qo‘shiq matni)

Ko’zlarim boqa olmaydi nega ko‘zingga?
Tuyg’ularim yetib bormas qalbingga,
Qalbim ishonmas sening so’zingga.
Sahrolarda dardim olib ketadi shamollar,
Qalbim tinchlantiradi sadolar,
Yuragim qiynaydi-ku savollar.

Eslamay turolmayman bugun,
Eslamay uxlolmayman bu tun,
Yuragimdan jonim, seni sevaman,
Sog‘inaman seni. (x2)

Bevafoyim deb bo‘lmaydiku seni,
Beozorim deb bo‘lmaydiku seni,
Beqarorim, ne deb atay seni men, bilmayman.
Sahrolarda dardim olib ketadi shamollar,
Qalbim tinchlantiradi sadolar,
Yuragim qiynaydi-ku savollar.

Eslamay turolmayman bugun,
Eslamay uxlolmayman bu tun,
Yuragimdan jonim, seni sevaman,
Sog‘inaman seni. (x2+x2)
Bojalar-Yoshliging(qo‘shiq matni)

Yoshlar ittifoqi!

Ko‘ngil yoshligini har dam qo‘msaydi,
Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi.
Takror etmas edim bag‘ritoshliging,
Oh, menda bo‘lsaydi sening yoshliging.

Namuncha yengilsan, namuncha daydi?
Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi.
Bo‘lmasdi beg‘amlik, bebardoshliging,
Oh, menda bo’lsaydi sening yoshliging.

Oh, sening yoshliging, sening yoshliging,
Oh, sening yoshliging, sening yoshliging.
Namuncha yengilsan, namuncha daydi?
Oh, sening yoshliging menda bolsaydi. (x2)

Yoshlar ittifoqi!

Tong yulduzi kabi bir on kulsaydi,
Oh, sening yoshliging menda bo
lsaydi.
O‘tda yondirardim kongil g‘ashliging,
Oh, menda bo‘lsaydi sening yoshliging.

Oh, yuraging sevgiga yana to
lsaydi,
Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi.
Shodlik, ko‘klamliging, serquyoshliging
Jahon yoritadi xuddi yoshliging.

Oh, sening yoshliging, sening yoshliging,
Oh, sening yoshliging, sening yoshliging.
Namuncha yengilsan, namuncha daydi?
Oh, sening yoshliging menda bo’lsaydi. (x2+x2)
#lyric
Jiyda 2010 (@bojalaruz)
Bojalar
remix 2010
Jiyda (remix) (www.Minus.uz)
Bojalar
Bojalar-jiyda
new version,2010(minus)
#minus
Navro‘z (@bojalaruz)
Bojalar
Bojalar-Navro‘z
2012
Bojalar-Navro‘z(qo‘shiq matni)

Shimimga qarab kulma, asalim,
Navro’z keldi, deb atlas ko‘ylak kiygin, go’zalim,
Ey dilbar. (Navro‘z, u-u-u)
Yalpiz somsalar yopgan bo’lsang kerak,
Men ham hovlimga ko‘chat olib ekishim kerak,
Ey dilbar. (Navro’z, o-o-o)

Kiydim to‘n, to‘n, to‘n,
Beqasam to’n, to‘n,
Qani xaloyiq Navro‘zingda kiy to‘n.
Yigitning guli kelar,
Adras to‘nlarda, qalam qosh.

Qo’limda tanburim, shu barmoqlarim dadil,
O‘zbek xalq kuylarini boshlayman men hozir,
Beshubha. (Navro‘z, u-u-u)
Qishlogimda sumalakni yaxshi ko‘rarlar,
Ko‘pkari o‘ynab, varrak uchirib turarlar,
Ey dilbar. (Navro’z, o-o-o)

Kiydim to’n, to‘n, to‘n,
Beqasam to‘n, to‘n,
Qani xaloyiq Navro’zingda kiy to
n.
Yigitning guli kelar,
Adras to‘nlarda, qalam qosh.

( -Hoy Dilshodbek.
-A labbay?
-Men sizni o’xshatdim.
-A nimaga o’xshatdiz?
-Sumalakka!
-Sumalak bo’lsam nima qilardiz?
-Jimjilog‘imni tiqib (aha) yalardim.)

Kiydim to’n, to‘n, to‘n,
Beqasam to‘n, to‘n,
Qani xaloyiq Navro‘zingda kiy to‘n.
Yigitning guli kelar,
Adras to‘nlarda, qalam qosh.

Bir lang-dum-dum,
Qani lapardan ola qol endi, dum-dum.
Cho’ponni belgilab, oraga gum-gum,
Yelkalilar qara raqs, sumalak.
Mana shu harakarim hali raqsda yengillik,
Bir qiyo boqqin, boshqachaman, ha-huv.
Ko’ngil qo‘ygan bo‘lsam, ha, ko’rgin hozirlik,
E, klyoshning hurmati, xo‘bmi jonim?

Kiydim to‘n, to‘n, to‘n,
Beqasam to’n, to‘n,
Qani xaloyiq Navro‘zingda kiy to‘n.
Yigitning guli kelar,
Adras to‘nlarda, qalam qosh.
#lyric
Mani Yorim (@bojalaruz)
Bojalar
sevdim seni)hay hay
2005
Bojalar-Mani yorim(sevdim seni(qo‘shiq matni)

Sevdim seni go'zalim
yonib ishqingda
Sevdim seni asalim
baxtim qo'lingda
Keldim jonim yoningga
ko'zing yashirma
Keldim yorim yoningga
ko'nglim yondirma

Qalbim sirlarini anglagin meni
Yurak dardlarimni tingla meni

Mani yorim,mani yorim
mani ko'zlari xumorim
Mani yorim,mani yorim
sen meni nozik niholim

Mayli ozobla meni
ayla jazolaringni
Faqat yo'q dema menga
yurakdan uzoq ketma

Qalbim sirlarini anglagin meni
Yurak dardlarimni tingla meni

Mani yorim mani yorim
Mani ko'zlari xumorim
Mani yorim mani yorim
Sen meni nozik niholim
#lyric
Yoringman 2 (@bojalaruz)
Bojalar
Bojalar-Yoringman ey 2

Hey guli sanam
Bojalar-Yoringman 2(hey guli sanam(qo‘shiq matni)

Nozlanib qadam tashlar
bu oydin kechalar
erkalab silab o'tar
mayin bu shamollar
shamollar ichra o'tar
go'zal guli sanam
yuragim zor bo'ladi
senga qoshi qalam

Xushro'yi ro'yi pari
dilraboyim mani
nozlaring mast aylab
fig'on etdi mani
kechalar zor bedavo
bo'lgan kunlar qani
manaman yoringmane
degan kuylar qani

Hey guli sanam
qoshi ko'zi qora qalam
sani sevgan yoringmane
sanga bemor o'zimmane

Yoringman yorim bo‘l
oxu ko'zli dilbarim
yuragim zor uradi
sababin bilmadim
dardimga davo bo'lgay
sening shirin so'zing
dilimga navo solgay
nurday yorqin ko'zing

Xushro'yi ro'yi pari
dilraboyim mani
nozlaring mast aylab
fig'on etdi mani
kechalar zor bedavo
bo'lgan kunlar qani
manaman yoringmane
degan kuylar qani

Hey guli sanam
qoshi ko'zi qora qalam
sani sevgan yoringmane
sanga bemor o'zimmane
#lyric
Yorima (@bojalaruz)
Bojalar
Durdona
2010
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bojalar-yorima(Durdona)