Engineering Notes
2.46K subscribers
137 photos
5 files
208 links
Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi.

Ba'zi postlarda xatoliklar bor.
Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
Download Telegram
Live stream scheduled for
Keyingi live streamda technical interview olib ko'rmoqchiman. Backend, language agnostic. Ya'ni aynan bitta stackka bog'liq bo'lmagan, Djangochiyam, .NETchiyam, NodeJSchiyam bilishi zarar qilmaydigan mavzular ustida. Qatnashish uchun commentda "+" qoldirishingiz mumkin. Ertaga kechga qatnashchini tanlab, interview uchun qulay vaqt belgilaymiz.
👍13
Live stream started
Live stream finished (2 hours)
Engineering Notes
Keyingi live streamda technical interview olib ko'rmoqchiman. Backend, language agnostic. Ya'ni aynan bitta stackka bog'liq bo'lmagan, Djangochiyam, .NETchiyam, NodeJSchiyam bilishi zarar qilmaydigan mavzular ustida. Qatnashish uchun commentda "+" qoldirishingiz…
Birinchi marta bo'lgani uchun juda ko'p kamchiliklar sezildi.

Tepadagi 4 ta masaladan 2tasini o'tkaza oldik. 1 tasiga yechim yozdik, o'tmadi. Oxirgisiga yechim bor, implement qila olmadik.

Bu safar stream recordingni yubora olmayman (sababi qiziq nimadir bo'lmadi).

Qatnashgan hammaga rahmat.
👍19👀7🍾4👎2
Javachilar va Microsoft Javachilar, kundalik ishda Java recordlar bilan qanchalik ko'p ishlaysiz?
Ma'lumot uchun Javadagi recordlar Pythondagi dataclasslarga yaqinroq, asosan DTO uchun ishlatiladi.
😁8👍3
Engineering Notes pinned «Ertaga (13-avgust) soat 20:30 da Youtubeda live technical interview o'tkazamiz. Birinchi mehmonimiz Shuhrat O'taboyev. Shuhrat aka hozirda Taqsim Solutions kompaniyasida .NET developer pozitsiyasida ishlaydilar.»
Engineering Notes
Javachilar va Microsoft Javachilar, kundalik ishda Java recordlar bilan qanchalik ko'p ishlaysiz? Ma'lumot uchun Javadagi recordlar Pythondagi dataclasslarga yaqinroq, asosan DTO uchun ishlatiladi.
O'zi nega DTO g'oyasi OOPning belidan ketmon bilan solishi haqida yozmoqchi edimku-ya... Mayli. Baribir ertaga yana DTOni OOPning bir qismi deb o'rgatishda davom etaverishadi. Bahona – bizga shunday o'rgatishgan.
👍9👎2
Engineering Notes
https://www.youtube.com/live/AdSldYcz4Aw
Feedbacklarni yozib qoldirsangiz xursand bo'lardim.
Bir tanishim hozir ko'rsatdi, ancha chuqur hazillar qilarkan.

https://github-roast.pages.dev

P.S. Natijalarni bo'lishing ))
😁12
Forwarded from Tabiiy Intellekt
Deep Learningni o'rganishni istagan iste'dodli yoshlar uchun imkoniyat: Behbudiy Akademiyasi.

Akademiyada ilg'or yoshlar va tajribali muhandislar yangi iste'dodlarga DL o'rgatamiz.

Agar talaba do'stlaringiz orasida olimpiadalar bilan shug'ullangan iqtidorlar bo'lsa, bu ular uchun yaxshi imkoniyat.

Hozircha cheklangan sonda o'rinlar mavjud va topshirish ushbu ilova orqali amalga oshiriladi.
👍11
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da Python kuni!

📆 24-avgust, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks August2024 Python Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣ "Queue va stack pythonda qanday ishlaydi?" - Xojarbu Xaitmetova (Software Engineer, Epam)

2️⃣ "CPython qanday ishlaydi?" - Bobosher Musurmonov (Senior Software Engineer, Epam)

3️⃣ "Odoo bilan birga yuklasamiz! Low Code, No Code..." - Erkin Isoyev (UIC Group, Aurora+)

4️⃣ "Python da sun’iy intellekt bilan ishlash" -
Ayubxon Ibrohimzoda (Python backend o'qituvchi, Ustudy IT Akademiya)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)


Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland

🌐 UzGeeks.uz
👍21