Engineering Notes
2.46K subscribers
137 photos
5 files
208 links
Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi.

Ba'zi postlarda xatoliklar bor.
Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
Download Telegram
Engineering Notes
Click ishlayaptimi?
DNS bilan bog'liq muammo bor ekan, confirmed.
👍3
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Shu sababli ham Westminsterda o'qiyotganimda INHAda o'qiyotgan o'rtoqlarimga havas qilardim.

Chunki web, mobile, va boshqa high-level texnologiyalarni o'zingiz o'rganib olsangiz bo'ladi. Fundamental Computer Science mavzularini esa professorlar bilan o'rganish osonroq va qiziqarliroq (albatta yaxshi professor bo'lsa).

Shuning uchun ham universitetni bitirganimdan keyin 2-3ta yaqin dasturchi o'rtoqlar bilan shu fundamental bilimlarni top universitetlarda yozib olingan CS darslaridan o'rganishni davom ettirganmiz.

Sizga ham shunday kurslar qiziq bo'lsa, Awesome CS Courses github reposini foydalanishni maslahat beraman.
👍21
Forwarded from Bobosher Musurmonov
Category theorydan functional programmingga kirib kelgan idealarni original kontekstda o'rganish sohadagi "pitfall"larga tushib qolishdan saqlaydi va to'g'ri yo'nalishda fikrlashga yordam beradi deb o'ylayman. Masalan, "funksiya kodni duplicate qilmaslik uchun ishlatiladi" degan keng tarqalgan fikr paydo bo'lishiga sabab ham konseptni noto'g'ri kontekstda o'rganish. Natija? Functional programmingni procedural programmingdan ajrata olmaydigan avlod va ular keyingi avlodga ham shunday deb o'rgatishda davom etayapti.
👍9
Well, of course I know him. He's me.
👍14
Bugun birinchi marta ish uchun ChatGPT ishlatib ko'rdim. Ish effektivligini anchagina oshirar ekan. Hozircha yangi narsa o'rganish uchun emas, linux, docker, postgresql va hokazolarga "cheatsheet" sifatida ishlatayapman. Menimcha shunisi yaxshiroq.
👍34👎1
Forwarded from Otabek’s I/O
#TechTalks 2-soni efirda!

Applied Labs kompaniyasida Software Engineer bo'lib ishlagan, Backend va Data Engineering sohasiga aloqador ko'plab foydali postlar yozgan mexmon - Bobosher Musurmonov bilan o'zgacha suxbat.

Ushbu suhbat ochiq, samimiy va boshqalaridan qiziq bo'ladi, ishonavering. Sizga qiziq bo'lgan savollarni esa izohlarda qoldiring.

Vaqt: 21:00 (Toshkent vaqti bilan)
Sana: 26-Noyabr
Mavzu: Trip to Database internals

@otabekswe
👍19
Engineering Notes
Shu yoki keyingi hafta oxirida kanalda audiochat o'tkazib ko'rmoqchiman. 1 yoki 2 ta mutaxassislar bilan, live podcast sifatida. Talk/discussion qaysi mavzuda bo'lishini xohlaysiz? Faqat sohaga oid, chuqurroq texnologik mavzuda. Shunga qarab ustozlarni ham…
Mehmon chaqirmoqchi edim, o'zim chaqiriladigan bo'ldim. Talk database internals'ga endi qiziqishni boshlaganlar uchun foydali bo'ladi deb umid qilaman.

P.S. Anaqqisa, posterni share qilsanglar xursand bo'lardik.
👍25🍾1
Martin Görnerdan ML bo'yicha ko'p qiziqtirgan savollarimga javob oldim.
👍47😁2
Qaysi dasturlash tilidan boshlay deb so'raganingda

P.S. Rasmlarni ruxsatsiz ishlatdim, rozi bo'lasizlar.
😁100👍5
Forwarded from Tabiiy Intellekt
GPT is becoming a Turing machine : "Tegishli "promtpting" orqali, GPT-3 modellarni kompyuter ilmi va intervyularda uchraydigan muammolarni yechuvchi takrorlanuvchi dasturlardek iterativ tabiatga undash mumkin... "

Boshqa joyda o'qigan edim, LLM'larning o'rgatish vaqtida qilingan xarajatlar bilan bashorat/generatsiya vaqtidagi xarajatlar orasida kompromis bor. Ko'p va to'g'ri qilingan o'rgatish tushunarliki kuchli modellarni yuzaga keltiradi. Teskari fikr esa juda qiziqarli: kam o'rgatilgan model ham juda kuchli hisoblovchi bo'lishi mumkin yetarlicha ko'p xarajat qilinsa. Bu qarash LLM'larga berilgan "promtp"lar ahamiyatini oshiradi.

Fikrimcha, kerakli prompt'larni yoza olish va hech kimda yo'q ma'lumotlarga ega bo'lish yaqin kelajak tadbirkorlari xususiyatlaridan biriga aylanadi.
👍19
Bugungi advent of code masalasini hozirgina ko'rdim. Lagrange polynomial interpolation bilan bruteforce* qilib yubordim ))

*Umuman olganda, bu bruteforce emas. Lekin bosh og'rig'ini kamaytirish uchun bezbetlarcha berilgan qo'pol yechim.
👍7
😁28
NEERCga borayotganlar bormi? ))
Ko'pchilik President Tech Award "OpenBudget 2" bo'lib ketgani haqida yozayapti. Ochig'ini aytsam, xuddi shunday bo'lishini kutgandim. Sababi, bizda oddiy aholining katta qismi ovoz berishni hali ham mustaqil tanlov emas, shunchaki kimnidir "podderjka" qilish sifatida qabul qiladi. Do'stini, qarindoshini, ustozini yoki shunchaki biror narsa evaziga. Katta gapirayotgan bo'lsam uzr, lekin menimcha shu ovoz berganlarning katta qismi loyiha qolganlaridan yaxshiroq bo'lgani uchun emas, shunchaki kimdir so'ragani uchun ovoz bergan (ehtimol, qolgan variantlarga umuman qiziqib ham ko'rmagan).

Unda hakamlar g'olibni aniqlashi yaxshiroq variantmi? Balki. Agar hakamlar rostdan ham xolis bo'lsa va sohani yaxshi tushunsa. Sohaga tushunmaydigan qaysidir katta tashkilot rahbarini hakam qilib qo'yish ham foyda bermaydi (yoki "kimgadir" foyda beradi).

Qisqasi, hozircha bu tanlovning men ko'rgan yagona yaxshi tomoni, loyihani ommaga ko'rsatish va ehtimol, yaxshi investor topish imkoniyati. Yutish uchun esa hozircha yaxshi loyihaning o'zi kamlik qiladi.
👍32
Yaqin kelajakda (allaqachon) biror ishga chuqur fokus qilish, zerikib nimadir haqida fikr qilish, yoki shunchaki biror narsadan haqiqatda zavqlana olish ko'pchilik uchun juda jiddiy muammo bo'ladi. Bu haqida allaqachon ko'p o'qigan yoki eshitgan bo'lsangiz kerak. Lekin bunday "botlashish" natijasi qanday bo'lishini badiiy asar sifatida ko'rish boshqacha bo'lar ekan. Qisqasi, hozir "Fahrenheit 451" kitobini o'qiyapman, sizlarga ham "otdushi" tavsiya qilaman.
👍32
Alright
👍22