Engineering Notes
2.46K subscribers
137 photos
5 files
208 links
Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi.

Ba'zi postlarda xatoliklar bor.
Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
Download Telegram
Multithreading is just async, but implemented on a lower level.
Change my mind.

P.S. Discussion ochiq deb e'lon qilaman ))
👍5
Xususiy bankdan $1.5M o'g'irlandi va bu katta ehtimol bilan bizning sohamizdagilarning xatosi bilan sodir bo'ldi. Bu qolganlarga dars bo'lishi kerak.
Biz esa hamma kanalda anavi .NETchi yigitni muhokama qilayapmiz.
👍7
Nagle's algorithm + delayed acknowledgment = ❤️
😁20👍2
Engineering Notes
Nagle's algorithm + delayed acknowledgment = ❤️
Rostini aytganda, bu hazil edi (faqat biroz intellektual). "😁" emoji bosganlarning hammasi hazilni tushungan deb umid qilaman. JR aytganidek, endi postlarimga bunisi hazil, bunisi rost deb qo'shib ketaman.

***

Endi postning o'zi haqida.

Nagle's algorithm, TCP delayed ACK, bir-biridan vahimali nomlar juda murakkab tuyulayaptimi? Keling odam tushunadigan tilda gaplashamiz.

Tasavvur qiling 25 ta kursdosh Samarqandga taksida bormoqchisizlar. 6 ta taksiga 4 kishidan 24 kishi yo'lga chiqib ketdi, lekin yana bir kishi qoldi. U o'zi bitta taksiga chiqdi, lekin taksist hali haydamaydi. Nega? Sababi, u hali "to'lmadi". Yana 3 ta odam olsa, keyin yuradi. Faqat 1 kishi bilan haydash o'ziga qimmatga tushadi (metan qimmat). Oddiy mantiq. Xuddi shu narsaning network engineeringdagi nomi Nagle's algorithm deyiladi. Taksi bu TCP segment, talabalar - yuborilayotgan ma'lumot. Oxirgi, to'lmay qolgan segmentga yana data kelmagunicha yoki oldinroq yuborilgan segmentlar uchun ACK kelmagunicha (sheriklari biz Samarqandga yetib keldik demagunicha).
Foydali tomoni - resurslar tejaladi. Zararli tomoni - "kimdir" kech qoladi.

Delayed ACK esa xuddi shu voqeaning davomi, faqat Samarqandda.
Studentlar yetib borganidan keyin yetib keldim deb qolganlarga xabar berishi kerak, lekin xabar berish juda qimmat turadi, studentlar esa tejamkor.
Shunda bittasining aqli ishlab qoladi: hamma alohida-alohida telefon qilmaydi, bir kishi telefon qilib hamma kelganlarni aytib chiqadi (Karl, bizning studentlar tejash uchun nimalarni o'ylab topmagan). Lekin u qachon telefon qiladi? Endi telefonni o'chirganida yana bir kishi yetib kelsa u uchun yana alohida telefon qilish kerakku? Oddiy, yana yarim soat (bu bir misol uchun) kutamiz, hech kim kelmasa telefon qilamiz. Xuddi shu narsa networkingda TCP delayed ACK deyiladi. Studentlar segmentda yetib kelgan ma'lumot, telefon esa server tomonidan segment yetib kelgani haqida yuboriladigan ACK signali.
Foydali tomoni - resurslarni tejaydi. Zararli tomoni - "narigi taraf" segment yetib kelganini kechroq biladi.

Xo'sh, endi qiziq joyi: agar tepadagi ikkita holat bir vaqtda bo'lsa nima bo'ladi.
1 ta student haliyam taksida kutib o'tiribdi. Ketish uchun yo taksi to'lishi kerak, yo yetib borgan sheriklari telefon qilishi kerak. Aksiga olib, boshqa ketadigan odam yo'q, endi sheriklarni kutish kerak. Lekin sheriklar nega telefon qilmayapti? Qizig'i, Samarqandda sheriklari telefon qilmay, hozir sherigimiz kelsa hammamiz bittada telefon qilamiz deb buni kutib o'tiribdi. Bu taksida qolganlarni kutib o'tiribdi, qolganlar Samarqandda buni kutib o'tiribdi, bu nimanidir eslatmayaptimi? DEAD LOCK! Faqat farqi, Samarqanddagilar oxiri sabri tugab, "shuncha kutdik, kelmasang ayb bizdamas" deb telefon qiladi. Taksida o'tirgan talaba buni ko'rib, "4 kishiga to'layman, haydang" deb bir o'zi bitta taksida ketadi. Muammo hal bo'ldi, lekin juda ko'p vaqt bekorchi o'tib ketdi.

Xuddi shu narsa network engineeringda ham bo'lib turadi. Bu tarafda sender segment to'lishini kutadi, narigi tarafda reciever ACK yubormasdan qolgan segment kelishini kutadi, natijada connection UZOQ VAQT "qotib" qoladi.

P.S. Tepadagi postning ma'nosini tushungan bo'lsangiz, endi kulavering ))
👍39😁7
Forwarded from Booktrain
Mostly asked tech books and their prices:
Clean Code: 45$
Grokking algorithmms: 45$
Cracking coding interview: 55$
System design interview: 47$

Contact: @booktrain_bot to order these books
Forwarded from Engineering Notes
RDBMS, umuman DBMSlar haqida 20 ta savol.
Qolganlaridan qiyinroq savollar * bilan belgilangan.


1. ACID xususiyatlaridan biri bo'lgan atomicity nimani bildiradi?

2. RDBMSlarda qaysi holatlarda denormalizatsiya qilish foydali hisoblanadi?

3. Database cursor nima? Server-side cursorning client-side cursordan ustun tomoni qaysi?

4. Database engine nima?

5. Read committed va repeatable read izolyatsiya darajalarining orasidagi asosiy farq nimada?

6. Pessimistic Concurrency control nima? Uning qanday kamchiliklari bor?

7*. Transaction snapshot nima?

8*. Serialization anomaliyalaridan biri bo'lgan rw-conflict qachon sodir bo'ladi?

9. Connection pool haqida ma'lumot bering.

10. Clustered index bilan non-clustered indexning farqi nimada?

11*. B-tree va B+tree orasidagi farq nimada?

12. Master va slave replicalar orasida to'liq consistencyni qanday ta'minlash mumkin?

13. Database sharding nima?

14*. Row-based storage nima? U nima uchun OLAP operatsiyalari uchun yaxshi tanlov emas?

15*. WAL nima?

16. PostgreSQLda vacuuming nima?

17. PostgreSQLda index scan va index-only scan bir-biridan qanday farq qiladi?

18. PostreSQLda view nima?

19. PostgreSQLda ANALYZE buyrug'i nima vazifani bajaradi?

20*. PostgreSQLda SELECT FOR UPDATE komandasi nima vazifani bajaradi?


P.S. Bu savollardan ba'zilari backend developer uchun texnik intervyularda tushishi mumkin.

P.S.2. Agar to'g'ri javoblaringiz soni 20 dan kam bo'lsa tabriklayman, o'rganish uchun sizga yangi mavzu topildi.
👍10
The feeling of power when you correct someone smarter than you ))
👍26😁3
Siz ham menga o'xshab bir vaqtda Pythonning bir nechta versiyalari bilan bir vaqtda ishlashingizga to'g'ri kelsa va versiyalar orasida oson almashish yo'lini izlayotgan bo'lsangiz, pyenv ni ishlatib ko'rishni tavsiya qilaman.
Yengil va foydalanishga oson.

EuroPython 2021 da Sebastian Witowskining shu haqidagi talkini ko'rganimdan beri pyenv ishlataman.
Hozircha biror marta pand bermadi.
👍8
Nima?
Nega?
Qanday?

O'rganish uchun men biladigan (va qo'llaydigan) eng yaxshi ketma-ketliklardan biri.
Top-down approach. Kimgadir yoqmasligi mumkin, lekin menga yoqadi.
👍22
O'rtog'lar, bu kanalga faqat ilhom kelganida post yoza olaman.
Havotir olib, so'raganlarga rahmat.
Kimdir keyingi postni kutayotganidan xursandman.
Bollar, biz yutamiz 🙂
👍31
Ungacha bir ikkita eski postlarni repost qilib turaman.
Yoqsa like bosing, yoqmasa...yam like bosib qo'yavering ))
👍16😁4
Forwarded from Engineering Notes
#javob

It includes non-index column values to the actual index (b-tree).

Let's say you have a table named "users" with id, name and a bunch of other columns.
If you include name column in the index on id field:
CREATE INDEX
idx_user_id_include_name
ON users(id)
INCLUDE name;

Each time you query that uses this index and only asks for the columns on the index:
SELECT id, name 
FROM users
WHERE id = 1;
PostgreSQL doesn't necessarily go to the actual table after finding the required row, since it can find both id and name field on the index. This is called index-only scan.

If you query some other columns (let's say age), PostgreSQL first finds the required row id from the index and go to that row on the table to get age value, since it's not presented on the index. Searching on the index and fetching from the actual table. This is called index scan.
👍13
Forwarded from Engineering Notes
#savol
Can anybody explain in simple words to me
What does INCLUDE does in CREATE INDEX?
😁8👍1
Savoldan oldin javobni yuboribmanku ))
😁13👍1
Forwarded from Josh*Developer
"Ishlasa bo'ldide" deb kod yozadigan dasturchilarga haqiqiy maslahatlarimni ulashsam.
Buyerda test uchun birinchi shunaqa kod yozib, keyin to'g'irlab qo'yadiganlar haqida emas, balki keyinchalik kimdir ishlaydigan loyihalarga to'g'ridan to'g'ri, tikkasiga, uyalmasdan shu kodlarni push qiladiganlar haqida gapiriladi.

Maslahatlar:

- Kod ishlashi yaxshi. Ammo ...
Kodingizni ertaga kimdir o'qiy olishi, o'zgartira olishi ham kerak (Yozganingizni ertaga o'zingiz ham tushunmaysizku, bularga yo'l bo'lsin 😄). O'zingiz kimdir sizga shunday kodli proyektni tashlab ketsa qancha qarg'aysiz ortidan, endi sizni nechtasi qarg'ayotganini tavavvur qilavering 😄

- Dastur sekin ishlashida hissangiz juda katta.
Yaxshi yozilmagan kod, ertaga dasturni sekin ishlashiga olib keladi, oqibatda nafaqat dasturchilardan, balki Foydalanuvchilar va Klient tarafdan ham qarg'ishlar yog'iladi.

- Sinash uchun yozgan kodingizni to'g'irlab qo'ying.
Sinash uchun hammamiz ham yomon kodlar yozib turamiz. Ammo haqiqiy mardlar ularni to'g'irlab, yaxshiroq qilib qo'yadi. Xatto ba'zan console.log("Test") ham main branch'da yotgan bo'ladi. Yaxshimaas 🙂

- O'rganib qolishdan chetlaning.
Shunday kodlar yozgan sari, inson shunga o'rganib qoladi. Ertaga jiddiyroq joyga kirganida esa, juda qiynaladi. Chunki unday joylarda "Ishlasa bo'ldi" o'tmaydi. "Eh, o'rganib qolgan 'tryuk'larim endi yo'q 😢" deb yuborasiz.

So'nggi gapim shuki, o'zim ham shunday kod yozib turaman. 🙂

Maslahatlarimga amal qilmasangiz ham, share qilib keting guruh va kanallarga. Zora kimdir
olar bu gaplarni 😄

@JoshDeveloper
👍18
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!

📆 27-avgust shanba kuni Toshkent shahri Progress Academy'da "UzGeeks August2022 Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1. “Indekslar haqida gaplashamiz” - Bobosher Musurmonov (dasturchi, Applied Labs);

2. "Postgres: Partitioning" - Saidolim Djurayev (CTO, Safenetpay.com).


Meetupda qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi.
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

Hamkorlar:
Progress Academy
Thinkland kompaniyasi

✍️ Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda
📆 Google Calendar
👍10