Forwarded from Bobosher Musurmonov
Form orqali modelga field qo'shib bo'lmaydi.
Formni xuddi qutidek tasavvur qilishingiz mumkin:
Siz uni templatega bo'sh holda chiqarasiz. User esa unga ma'lumot kirgizib, yana o'zingizga qaytarib beradi.
Djangoda ikki xil form bor: Form va ModelForm.
Form bu shunchaki oddiygina 'quti'. Unga xohlagancha field kiritasiz va xohlagan ma'lumotingizni olasiz.
Bu faqat ma'lumot o'tkazish uchun. Bu yerda Modelga aloqador narsa yo'q.
ModelForm esa eng ko'p ishlatiladigan kodlarni kamaytirish uchun ishlab chiqilgan.
Ya'ni siz har bir fieldni qo'lda kiritib chiqish o'rniga faqat bir modeldagi fieldlardan qaysilarini "quti"ga chiqarishni tanlaysiz.
Natijada, bu form faqat sizdagi modelga mos ma'lumot qabul qiladi.

👍5
Forwarded from Bobosher Musurmonov
Bu offtopic bo'lsa ham vijdonim qiynalgani uchun yozayapman.
Eng avval sizga ba'zi savollarni bermoqchiman:
Aynan nega sizga Professionali kerak?
Community version sizning talablaringizga javob bermayaptimi?
Nega boshqa tekin editorlardan foydalanmaysiz?
Nega Professionalni pullik qilib qo'yishgan?
Javoblar katta ehtimol bilan ko'pchilikda o'xshash bo'ladi:
Bu narsa bizga "ODAT" bo'lib qolgan.
Hamma joyda crack version.
Copyright oyoq osti bo'lib bo'lgan.
Yana kamiga crack versiyani chiqarish, uni ishlatishdan faxrlanishadi. Tan olasizmi yoki yo'q, biz, O'zbeklar mana shunday "O'ZBEKCHILIK"larni odat qilganmiz.
Sotib olishga pulim yo'q deysizmi?
Bilasizmi kim ferrari minadi?
Ferrari sotib olishga puli va xohishi bor odam. Agar puli yetmasa sekin boshqa variantlarni ko'radi.
Sizga ham tavsiyam shu. Xohlasangiz narxiga sotib oling.
Sotib olmasangiz o'sha "luxury class" versiondan hozircha voz kechib, oddiyroq biror narsa ishlatib turing.
P.S. Tepadagi gaplarim ba'zilarga shunchaki yetib bormaydi. Kimdir menga aql o'rgatishni ham boshlashi mumkin.
Shunchaki odam bo'laylik. Ertaga kattaroq loyiha ishlab chiqqan vaqtingiz xuddi shu narsa sizning boshingizga tushmasin.
Vijdonni ham ishlatib turaylik...

😢1
Forwarded from Bobosher Musurmonov
Hammaga salom. Pythonni bilmaydiganlarga yordam berishinglar yaxshi, ammo tanganing ikkinchi tarafini ham hisobga olsanglar yomon bo'lmasdi. Hozir siz yordam berayotgan(student)lar aslida shu narsani vaqtida o'rganishi kerak edi(Universitetga kirishdan maqsad nima?). Hozir sizning "sharofatingiz" bilan imtihondan o'tishyapti. Ular xursand, siz xursand, ularning kelajagi esa ... Ertaga 4 yil vaqtini bekorga sarflab, universitetdan diplom bilan chiqishadi, bilim esa yo'q.
Siz ham qaysidir ma'noda ularga vaqtini isrof qilish va o'z-o'zini aldashda ko'maklashayapsiz. Sababi, agar ular bugun o'ta olmasa, ertaga o'zlari o'rganishadi.
Yordam berayapman deb o'ylab, aslida ularning ziyoniga ishlamang, azizlar. Qolgani vijdoningizga havola.
Siz ham qaysidir ma'noda ularga vaqtini isrof qilish va o'z-o'zini aldashda ko'maklashayapsiz. Sababi, agar ular bugun o'ta olmasa, ertaga o'zlari o'rganishadi.
Yordam berayapman deb o'ylab, aslida ularning ziyoniga ishlamang, azizlar. Qolgani vijdoningizga havola.
😢1
Forwarded from Bobosher Musurmonov
Agar siz biror loyiha ustida yillab ishlasangiz-u, uni bittasi chiqib tekinga tarqatsa sizga yoqqan bo'larmidi? Pro versiyani tekinga tarqatish yoki umuman, tekinini topishga urinishdan oldin o'ylab ko'ring, shu ishingiz to'g'rimi?
Dinimiz bu ishingizni ma'qullaydimi yoki vijdoningiz?
Muallif mehnati va mualliflik huquqini hurmat qiling.

👀1
Forwarded from Bobosher Musurmonov
Sababi, tepadagi gapning ma'nosini hamma tushuna olmaydi. Kimdir uchun bu gaplar shunchaki safsata. Agar sizga tushuntira olgan bo'lsam, bundan xursandman. Hamma qilayapti degani bu ish to'g'riligini anglatmaydi.
😢1
Forwarded from Bobosher Musurmonov
Python interpreted language va user uchun juda qulaylashgan. User uchun qulay bo'lishi uchun qiyinchiliklarning asosiy qismi komputerga yuklanadi. Mana shu faktorlar asosiy kamchiliklarga sabab bo'ladi. Tezlik pastligi, grafiklar bilan ishlashda noqulaylik va hokazo.
😢1
Forwarded from Bobosher Musurmonov
OneToOneField bir model objectini boshqa bir modelning biror objectiga bog'lash uchun ishlatiladi.
Bizning holda UserDetail objectini User objectiga bog'lash uchun ishlatilgan. Ya'ni Har bir UserDetail objecti aynan bitta User objectiga tegishli. Aynan qaysi object ekanligini ko'rsatish uchun biz

user=user yozdik. Bu yerdagi birinchi user UserDetail modelidagi user fieldi. Ikkinchi(tenglikdan keyingi) user esa biz hozirgina yaratgan User objecti.Forwarded from Bobosher Musurmonov
1) Python bilan NodeJSni taqqoslashning iloji yo'q, biri dasturlash tili, ikkinchisi framework.
2) Django va NodeJSni nazarda tutgan bo'lishingiz mumkin. NodeJSda ishlab ko'rmaganman, qulayliklari haqida ko'p ma'lumot bilmayman.
Djangoning eng katta kuchi bu "batteries included" xususiyatida. Ya'ni web application development jarayonida kerak bo'ladigan deyarli barcha tools ichida bor. Yana bir muhim jihati, o'sha har bir xususiyatni o'zingizga moslashingiz, qayta yozishingiz va hatto o'chirib tashlashingiz mumkin. Ya'ni Djangoni maksimal darajada o'zingizga kerakli tarzda moslashtira olasiz.
3) Bu Python community. Bu yerdan Python bilan NodeJSni taqqoslashni so'rash xuddi C++ guruhda "Python juda zo'r, to'g'rimi?" deb so'rashga o'xshaydi.

👍1
Forwarded from Bobosher Musurmonov
Yana bir gap. Bu majburiy emas va umuman, shart ham emas. Dasturchi sifatida mualliflik huquqini hurmat qiling. Siz qandaydir tricky usullar bilan ishlatayotgan, aslida pullik dastur ustida ko'plab odam oylar mobaynida ishlagan. Xudo xohlasa, kelajakda real proyektlar qilganingizda, oylab qilgan mehnatingizni kimdir shunchaki "uxlatsa" sizga yoqqan bo'larmidi?
Xulosa qiling.
Nimanidir yaxshi tomonga o'zgartirmoqchimisiz, unda o'zingizdan boshlang.
P.S. bular qoida emas, shaxsiy fikrlarim.
Xulosa qiling.
Nimanidir yaxshi tomonga o'zgartirmoqchimisiz, unda o'zingizdan boshlang.
P.S. bular qoida emas, shaxsiy fikrlarim.
👍5
Forwarded from Bobosher Musurmonov
Slug bu asosan, url tarkibida ishlatishga qulay field.
Masalan, bitta postga id orqali link bersangiz,
Slug buni ancha yaxshi ko'rinishga keltiradi: postdan biror bir qismi(masalan, title)ni olishingiz mumkin. Masalan,
Birinchidan, url tushunarliroq bo'lsa, ikkinchidan, SEOga osonroq bo'ladi.
Masalan, bitta postga id orqali link bersangiz,
/posts/id=12/ kabi bo'ladi. Slug buni ancha yaxshi ko'rinishga keltiradi: postdan biror bir qismi(masalan, title)ni olishingiz mumkin. Masalan,
/posts/what-is-django/ kabi.Birinchidan, url tushunarliroq bo'lsa, ikkinchidan, SEOga osonroq bo'ladi.
Forwarded from Bobosher Musurmonov
while o'zidan keyin shart va o'z blokida kod oladi:
kabi.
Shart rost qiymat qabul qilsa, sikl aylanaveradi. Yolg'on qiymat qabul qilgan zahoti to'xtaydi.
Masalan,
kodning natijasi
1
2
3
Bo'lib chiqadi. Sababi, har safar siklda son chiqarilib, uning qiymatiga 1 qo'shilayapti.
Bu narsa 1, 2 va 3 uchun bo'ladi.
undan keyin son = 4 bo'ladi.
Unda shart bajarilmagani uchun sikl to'xtaydi.
while shart:
kod
kod
...kabi.
Shart rost qiymat qabul qilsa, sikl aylanaveradi. Yolg'on qiymat qabul qilgan zahoti to'xtaydi.
Masalan,
son = 1
while son <= 3:
print(son)
son += 1kodning natijasi
1
2
3
Bo'lib chiqadi. Sababi, har safar siklda son chiqarilib, uning qiymatiga 1 qo'shilayapti.
Bu narsa 1, 2 va 3 uchun bo'ladi.
undan keyin son = 4 bo'ladi.
Unda shart bajarilmagani uchun sikl to'xtaydi.
Forwarded from Bobosher Musurmonov
Sertifikatlarga qiziqmaslikni maslahat bergan bo'lardim.
Muhimi o'sha sertifikat sizga nima uchun berilgani.
O'tgan yili menga ham OMUC sertifikati kerak bo'lib qolib(contestga shusiz qabul qilishmas ekan) fullstack kursini olgandim.
Rostini aytsam, 1 soat ham vaqt ketmadi.
Ertasiga qiziqib kurslariga kirib ko'rdim. Darslari unchalik sifatli emas va butun boshli loyiha ham "Ooooo" deydigan emas. Shunchaki, Udacitydagi kurslarni tagiga subtitr qo'yib, qo'shimchalar kiritishgan.
Bu bilan birovning mehnatiga hurmatsizlik qilib, ko'r-ko'rona yomonlash niyatim yo'q. Shunchaki yangi boshlovchilar vaqtini yo'qotmasin deyapman.
Yaxshi dasturchi bo'lmoqchimisiz?
INGLIZ TILINI ALBATTA O'RGANISHINGIZ KERAK. Bugun bo'lmasa ertaga, baribir shunga to'g'ri keladi.
O'zbekcha darslar orqali o'rganishingiz mumkin, ammo ishlashni boshlagach, ular ortiq sizga foydali bo'lmaydi.
Endi documentation, communitylar bilan ishlaysiz va ular 90% ingliz tilida.
O'zbekcha dars izlashga ketadigan vaqtingizni ingliz tilini o'rganishga sarflasangiz, kelajakda o'zingizga foyda.

@python_coderlast
Masalan, kartoshka to'g'ramoqchisiz.
Buni hatto yapon qilichi bilan ham to'g'rash mumkin, ammo aynan oshxona pichog'ida qilishadi.
Qilish mumkin bilan qilishga mo'ljallanganning orasida farq katta.
Desktop yoki game developmentni o'rganmoqchimisiz?
Pythonda ham qilish mumkin, ammo python ular uchun mo'ljallanmagan. Ularning o'zini "oshxona pichog'i" bor.

👍3
Forwarded from Bobosher Musurmonov
Developmentda kuchli ekaningizdan xabarim bor, hurmat qilaman. Ammo competitive programmingni bilmasligingiz ko'rinib turibdi.
Nimanidir qayerda ishlashini bilmasangiz, u foydasiz degani emas. Shunchaki siz uni vazifasini bilmaysiz.
Siz keraksiz degan narsalarga kelsak, unutmang, siz faqat oddiy userdan 1 qadam tepadasiz. Siz foydalanadigan texnologiyalar(Telegram, Python,...) ham kimlardir tomonidan ishlabb chiqilgan. Va aynan o'sha "keraksiz" narsalar yordamida. O'sha texnologiyalar sharofati bilan siz aytgan "keraksiz" narsalarsiz ham dasturlay olasiz.
Ammo CS aynan ular ustiga qurilgan.
P.S guruhni maqsadi savollarni "yaxshi-yomon"ga ajratish emas, bilsangiz, javob berish.

Set va frozenset xuddi list va tuple kabi.
Oddiy setdan yagona farqi, frozensetda elementlar immutable, ya'ni o'zgarmas.
Bu orqali ko'plab joylarda qo'llash mumkin, masalan, dictionaryda key kabi ishlatiah mumkin (Xuddi tuple elementlarini ishlata olasiz, list elementlarini esa yo'q kabi).
Oddiy setdan yagona farqi, frozensetda elementlar immutable, ya'ni o'zgarmas.
Bu orqali ko'plab joylarda qo'llash mumkin, masalan, dictionaryda key kabi ishlatiah mumkin (Xuddi tuple elementlarini ishlata olasiz, list elementlarini esa yo'q kabi).
Forwarded from Bobosher Musurmonov
Avval to'la algoritmni tuzib oling:
n ta sahifali hujjat uchun(misol uchun, n=100):
1-listda albatta n (bizda 100) va 1- sahifalar bo'ladi.
2-listdan boshlab har bir listda katta sahifa raqami 2 ga kamayib, kichigi 2 ga oshaveradi, yig'indisi o'zgarmaydi.
(n-2) va 3. Endi shuni rekursiya orqali yana keyingi safar (n-4) va 5, narigi safar (n-6) va 7, ... (n/2+2) va (n/2-1) gacha davom etadi.
Ikkinchi taraf esa qolganlari.
Algoritmni to'la tushunish uchun 2 ta narsani bilishingiz muhim:
1. Jarayon rekursiv. Ya'ni deylik, 100 sahifali hujjat uchun tuzilgan ikki guruh ketma-ketlikning har birining birinchi juftligini olib tashlasak, (n-4) sahifali xujjat uchun har bir sahifaga +2 qo'shilgan ketma-ketlik hosil bo'ladi(sababi, endi sahifalash 1 dan emas, 3 dan boshlanayapti). Bu xuddi har safar kitobning tashqi 1 juft varag'ini yirtib tashlashga o'xshaydi.
2. n sahifali hujjatda ixtiyoriy sahifalar juftligining yig'indisi n+1 ga teng.
2+. Tepani qayta o'qib ko'ring.

:= (walrus operator) python 3.8 dan boshlab qo'shilgan.Oddiy
= dan asosiy afzal jihati, biror expression(masalan, list comprehension, loop)ni evalute qilish jarayonida yangi variable yaratib ketish imkoniyatini beradi.Forwarded from Bobosher Musurmonov
Yana bir juda oddiy misol, kiritilgan qiymat va uning kvadratini print qilish.
Forwarded from Bobosher Musurmonov
#py
# odatiy
son = int(input())
print(son, son ** 2)
# walrus
print(son := int(input()), son **2)👍2
Forwarded from Bobosher Musurmonov
Kodlarni ixchamlash uchun base funksiyasi yozib olingani developer uchun yaxshi. Lekin, har bir query uchun bir marta connection o'rnatib, yana yopish applicationni sezilarli darajada sekinlashtiradi.
Yaxshisi, bir marta connection o'rnatib, app to'xtab qolguncha shuning o'zidan foydalanish.